52
Ko‘rsatma: Tekshiruvchi o‘ziga va bolaga 5tadan domino beradi va o‘yin
qoidalarini tushuntiradi: “men bir dominoimni stolga qo‘yaman, sen esa bu
dominoning ikkala chetidagi
rasmni diqqat bilan qarab, so‘ng qo‘lingdagi
dominolardan mos rasmligini topib, uni meni dominoimni oldiga qo‘yasan”.
Agar bola qiyinchiliklarga duch kelsa, unga yo‘naltiruvchi savol va ko‘rsatmalar
beriladi.
11. “Singan piyola” metodikasi
Maqsadi: bolalarni og‘zaki bog‘langan nutq rivojlanganlik darajasini, o‘zaro
sabab-oqibat aloqalari bilan bog‘langan hodisalarni
tushunish xususiyatlarini
tekshirish.
Jihoz: syujetli rasm: “xonaning o‘rtasidagi dumaloq stolda idishlar turibdi.
Stolning oldida bola turibdi, u stolning tagidagi singan piyolagi qarayapti. Polda
singan piyolaning oldida koptok bor” (sabab – bola xonada koptok o‘ynagan;
birinchi oqibat – koptok piyolaga tegib ketdi; ikkinchi oqibat – piyola sindi).
Ko‘rsatma: Tekshiruvchi bolaga rasmni diqqat bilan ko‘rib chiqib, unda
nima tasvirlanganini hikoya qilib berish taklif etiladi. Agar bola qiyinchiliklarga
duch kelsa, “Stolda nima bor? Polda nima yotibdi? Bola koptok bilan nima
qilayotgan edi? Koptok qayerga tushdi? Piyolaga nima bo‘ldi?” kabi
yo‘naltiruvchi savol va ko‘rsatmalar orqali syujetni
idrok etish va tushunish
faollashtiriladi.
12. “Jonli surat” o‘yin metodikasi (guruhli tarzda o‘tkaziladi).
Maqsad: og‘zaki bog‘langan nutq rivojlanganlik darajasini, ko‘rish idrokini,
diqqatini
rivojlanish darajasini, kuzatuvchanlik,
xotirasini rivojlanish
darajalarini tekshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: