Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi
Pahlavon Mahmud
– taxallusi Puryoyvaliy yoki Qitoli 1247 yili Qo’hna Urganchga yondosh qishloqlardan birida hunarmand- kosib olilasida dunyoga keladi. Shoir va mutafakkir Pahlavon Mahmud futuvvat-ja vonmardlik guruhining ulug’ peshvolaridan biri. F ors tilida ijod qilgan. Po’stindo’zlik, telpakdo’zlik bilan shug’ullangan. U Sharqning Hindiston, Eronda va deyarli barcha mamlakatlarda polvonlikda dong taratgan, ko’pgina musobaqalarda qatnashgan, faqat zafar quchgan, tushgan in’om-ehsonlarni, sovrin, mukofotlarni beva- bechoralarga ulashib berib, o’zi ota kasbi po’stindo’zlik bilan kun kechirgan. Pahlavon Mahmud 1325 yili ona shahrida vafot etadi. Uning vasiyatiga ko’ra, jasadi o’zining po’stindo’zlik ustaxonasiga dafn etilgan. Vaqt o’tishi bilan maqbara atrofida Pahlavon Mahmud majmuasi vujudga kelgan. Pahlavon Mahmud zikri borasida manoqiblar, hayoti va faoliyati boras ida tazkiralar, yodnomalar, lug’atlar hamda ilmiy merosini o’rganish bo’yicha tadqiqotlar mavjud. «Qomus ul-a’lom» (Sh. Somibek), «Otashkadai Ozariy» (L. Alibek), «Haft-iqlim» (A. Roziy) va «Riyoz al-Orifin» (S. Hidoyat) nomli asarlarda xabar berilishicha, 1 Shаyх Nаjmiddin Kubrо. Jаmоling mеngа bаs. Rubоiylаr. – T.: «Mеrоs», 1994, 19-bеt. 2 Хоразмшоҳ Жалолиддин мангуберди (даври, маданий ҳаёт, манбалар). – Т., 1999. – 51- бет. 73 Pahlavon Mahmud. «Kanz ul-haqoyiq», («Haqiqatlar xazinasi») nomli masnaviy ham yozgan, lekin bu asar haligacha topilmagan. Ruboiylari To’xtasin Jalolov, Muinzoda, A.Boqir, I.Ulfat, Vasfiy, 1 Matnazar Abdulhakimov tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan. Pahlavon Mahmudga nisbat beriladigan «Hazrati Pahlavon ruboiylari »ning qo’lyozma nusxalari O’zbekiston FA Sharqshunoslik institutida 2 saqlanadi. Iste’dodli tadqiqotchi Jasur Mahmudov 3 juda ko’p dastxat manbalarni qiyosiy-tipologik o’rganish tufayli Pahlavon Mahmudning Kubra viya tariqatining javonmardlik tarmog’iga mansub ekanligini asosladi. Xorazmda yozilgan qo’lyozma «Hazrati Pahlavon ota hikoyatlari » nomli manoqibda shoir hayoti haqida ma’lumotlar keltirilgan 4 . Pahlavon Mahmudning yelkasi yerga tegmagan zabardast afsonaviy pahlavon ekanligi hamda rahm-shafqatliligi, insonparvarligi va xalqparvarligi haqida xalq tomonidan juda ko’p rivoyat va afsonalar to’qilgan. Bu uning xalqlar o’rtasidagi shon-shuhratidan dalolatdir. Abdurahmon Jomiyning «Nafahot ul-uns min hazarot al-quds» tazkirasidan «Nafahot ul-uns»ning Zahiriddin Muhammad Xilvatiy bo’limida quyidagilarni o’qiymiz: Mavlono Zahiriddin Xilvatiy, qaddasallohu sirrauhu, ul zohir va botin ilmini o’zida jam’ qilgan zot erdi. Mavlono Zayniddin Toyobodiy «falak toqining ostida Zahiriddindek insonni bilmasman», deya marhamat qilgan ekanlar. «Aytishadiki, har qachon ul zot (Muhammad Xilvatiy) Xorazmda zikrga mashg’ul bo’lsalar, ovozlari to’rt farsax joyga y etardi va Pahlavon Mahmud Pakayor uning hamasri bo’lgan va u bilan suhbat qurgan». Alisher Navoiy «Nasoyim ul muhabbat»da Pahlavon Mahmud haqida quyidagilarni yozadi: «Xiva shahridan. Gehyor laqabi bilan mashhur. Ba’zilar Pakkayor deydilar. Xorazmlik kishidan so’radim, Pakkayor to’g’riroq ekan. O’z davrining mislsiz kurashchisi, Xushtab’ 1 Паҳлавон Маҳмуд (Ҳазрати Паҳлавот ота ҳикоялари) / нашрга тайёрловчи М.Ҳасаний. – Тошкент. “Фан”, 2001.– 4 бет. 2 Паҳлавон Маҳмуд (Ҳазрати Паҳлавот ота ҳикоялари). – Т., 2001.– 4 бет. 3 Ҳомиджон Ҳомидий. Тасаввуф алломалари. – Т.: “Шарқ”, 2009.– 144 – бет. 4 Паҳлавон Маҳмуд (Ҳазрати Паҳлавот ота ҳикоялари). – Т., 2001.– 5 бет. 74 shoir bo’lgani bilan birga, yashirin tarzda tariqatda riyozatlar tortib, fayz olamidan ko’ngli bahramand kishi edi» 1 . Alisher Navoiy Pahlavon Mahmudni hind podshohsi kurashga taklif etgani, biroq Pahlavonning borgisi kelmagani, g’oyibdan nido kelgach , borishga majbur bo’lganini yozadi. Pahlavon Hindistonga borgach, kurash oldidan o’sha yerdagi mo’tabar mozorni tavof qiladi va u yerda bir kampirni nola qilib: «Xudoyo, bu kelgan pahlavon kurashchi ma’rakasidan mening o’g’limni sharmanda chiqarmag’aysen», 2 – degan ovozini eshitadi. Ertasi kuni kurashda Pahlavon kampirning o’g’liga yiqilib beradi. Ertasi kuni podshoh Pahlavonning hurmati uchun ov tashkil qiladi. Qiyalik yerdagi toshdan podshohning oti toyilib ketadi va Pahlavon Mahmu d podshoh va uning otini ushlab, ko’tarib, tekis y erga olib qo’yadi. Hayratga qolgan shoh: «Buncha kuch-quvvating bilan bizning kurashchidan yiqilganing ajablanarlidir » 3 . Pahlavon Mahmud shunday javob beradi: O’z nafsingga hakam bo’lsang, marddirsan, Eslaganda ayb qidirsang, shunda nomardsan. Yiqilganni tepish mardlikdan emas, Yiqilganni qo’llasang, o’shanda mardsan. 4 «Hazrati Pahlavon ota hikoyatlari» nomli manoqibda shoir haqida: «...ul hazrat odamlarni yaxshi ko’rar edilar. Agar odamlar xoh boy bo’lsin, xoh kambag’al bo’lsin, ahil bo’lsalar, ularni maqtar edilar. Bu haqda bir ruboiy iltifot qilib edilar: Ahil bo’lgan odamga jonim fido bo’lsin, Uning qadami boshida bo’lsa ham engildir. Agar do’zaxni aniq ko’rishni astasang, Dunyo do’zaxi bu – noahil odam suhbatidir» 5 , – degan fikr keltiriladi. Shunga ko’ra, Pahlavon Mahmud deb atalgan, fors va turkiy xalqlar adabiyotida Umar Xay yomdan so’ng, faqat ruboiy yozgan 1 Навоий, Алишер. Насойим ул-муҳаббат. Ҳикоятлар ва ҳидоятлар/О.Давлатовнинг насрий баёнию – Тошкент: O’zbekiston, 2015. – 139-бет. 2 Навоий, Алишер. Насойим ул-муҳаббат. – Тошкент, 2015. – 140-бет. 3 Навоий, Алишер. Насойим ул-муҳаббат. – Тошкент, 2015. – 141-бет. 4 Навоий, Алишер. Насойим ул-муҳаббат. – Тошкент, 2015. – 141-бет. 5 Паҳлавон Маҳмуд (Ҳазрати Паҳлавот ота ҳикоялари). – Т., 2001. – 40- бет. 75 shoir Pahlavon Mahmuddir. Umar Xayyomning oddiy taqlidchi bo’lmay, mushohada kuchi jihatidan u bilan barobar turgan Pahlavon Mahmud shahar hunarmand-kosiblarining futuvvat-javonmardlik harakati tashkilotchisi, ma’naviy rahnamosi bo’lgan. Ko’pchilik ruboiylari mardlik, marhamat va shafqat, sahovat va olijanoblik kabi javonmardlik qoidalari asosida yozilgan. Asarlarida tasavvuf ta’limotining nazariy g’oyalari bilan javonmardlik tariqatining amaliy qoidalari o’zaro omuxta holda bayon qilingan. Unga ko’ra, Xudo diydori koinotdagi barcha mavjudotlarda aks etadi. Pahlavon Mahmud moddiy borliqning manguligi, inson va tabiat, yor vasli va uning lazzati haqida fikr yuritadi. Ruboiylari fikrning ravshanligi, mazmunning teranligi, obrazlarning rang-barangligi bilan ajralib turadi. Ulardagi «yor», «do’st», «ma’shuqa», «jonona» kabi so’zlar turli ma’nolarda ishlatilgan. So’fiyona she’rlarida esa, «Xudo» ma’nosida keladi. Pahlavon Mahmudning ruboiylarida shoir mansub bo’lgan tasavvufdagi javonmardlik oqimining axloqiy tamoyillariga xos muhim xususiyatlar (sahovat , shafqat, mardlik) ko’zga yaqqol tashlanib turadi. Ja vonmardlik g’oyasi Pahlavon Mahmudning dunyoqarashiga xos bo’lib, barcha ruboiylariga singib ketgan. U insonning aql- zakovatini ulug’laydi, uning axloqiy kamolotini, axloqiy pokligini qadrlaydi. Pahlavon Mahmud tasavvufiy- axloqiy qarashlarining o’ziga xosl igi shundaki, uningcha, inson ulug’ nom, lekin u ana shu sharafli nomga loyiq bo’lishi uchun, avvalo yuksak axloqli bo’lishi lozim. Mutafakkir fikricha, inson va xalq bir- biridan ajratib bo’lmaydigan tushunchalardir, ayni chog’da inson o’z manfaatini xalq manfaatidan yuqori qo’ymasa, hayotdagi o’z o’rnini yaxshi tushunsa, elga g’amxo’r bo’lsa, uni haqiqiy inson deb atash mumkin deydi: Podsholik istasang, bo’l el gadosi, O’zingni unut-u, bo’l el gadosi. E l toj kabi boshga ko’tarsin desang, E l qo’lini tutgin-u, bo’l xokiposi. Axloqiy fazilatlar o’z-o’zidan vujudga kelmaydi, aksincha, kishilar o’rtasidagi o’zaro munosabatdan kelib chiqadi va rivojlanadi. Odamlar o’z tabiatiga ko’ra turlichadir: shunday odamlar borki, ular ochiq ko’ngil bo’lib: «Ko’ngli pok na kek va na ginani biladi, mevali 76 daraxtga » o’xshaydilar, ularni hamma hurmat qiladi. Ammo shunday odamlar ham borki, «kekdan o’zga undan bo’lmas zahar hech», – deydi. Binobarin, u kishi axloqi pok odamlar bilan birga yashasa, ularning ta’sirida sahovatli odam bo’lib yetishadi, agar axloqi nopok kishilar ta’sirida bo’lsa, ularga qo’shilib, jirkanch xatti-harakatlar qilishi mumkin. Shoir zamondoshlaridan halollik va rostgo’ylik, kamtarlik va saxiylik, shafqat va muruvvat, olijanoblik va mardlik kabi insonga xos axloqiy fazilatlarni singdirishga harakat qilib, bunday deydi: Yomon bilan ulfat bo’lma, yur yiroq, Yo’lingga don sochib, qo’yadi tuzoq. Yoyni egri ko’rib, to’g’riligidan – O’q undan qanchalik qochganiga boq! Mutafakkir shoir o’z o’tmishdoshlari kabi do’stlikka va do’st tanlashga alohida ahamiyat berdi. «Zamonamizda, – degan edi u, – sodiq do’stni topmoq qiyin, shu sababli nomardlardan, nokaslardan vafo istama », «Sodiq kishining iti bo’lishga ham roziman, chunki sadoqatsiz kishidan it yaxshi » deb ta’kidlaydi. U samimiy, sof, beg’araz do’stlikni kuylaydi, biror maqsad bilan do’st tutinganlarni qattiq qoralaydi. O’zaro ahil bo’lib do’stona yashashga, do’stlikning qadriga ye tishga chaqiradi. Haqiqiy do’st – o’z do’stini eng og’ir damlarda ham tashlab ketmaydi, deb ta’kidlaydi: Qora tosh sira ham bo’lmas lojuvard, Toza qalbga yuqmas aslo chang-u gard. Quloq solgin Puryoyvaliy so’ziga Qo’rqoqlardan chiqqanmidi biron mard! Mutafakkir ta’kidlaydiki, «Dono kishilarning davrasida bo’lib suhbatidan bahra olish va ularga izzat-hurmat bilan xizmat qilish nihoyatda sharafli bo’lsa, ammo nokas va nomardlar bilan do’st bo’lish, ularga xizmat qilish» esa kechirilmas sharmandalikdir. Pahlavon Mahmudning talqinicha, inson o’z tabiatida mavjud bo’lgan soflikni asrashi kerak, u ayyorlikka, makr-hiylaga berilmasligi lozim. Inson o’ziga tanqidiy ko’z bilan qaray bilishi, eng avvalo o’zidagi kamchiliklarni ko’ra bilishi, so’ngra boshqalardagini sezishi kerak, m utafakkir boshqalarning arzimagan kamchiligini ko’rib, o’zidagi kamchiliklarni, xatolarni yashirganlarni qattiq tanqid qiladi, 77 o’z kamchiligini ko’rib, o’zgalarnikiga muruvvat bilan qaragan kishilarni esa olqishlaydi: Filday kuching bo’lsa ham mo’r bo’lib ko’rin, Moling oshib- toshsa, ham ur bo’lib ko’rin. Hammaning aybini bilganing holda, Hech narsa bilmaganday, ko’r bo’lib ko’rin. Yaxshilik, yomonlik hamma davrlar uchun xos, lekin ezgulikning yovuzlik ustidan tantana qilishiga ishonish kerak: Donish erur otgan o’qim nishoni, Dadillik manbai – bilim koni. Ezgulik osmonin mahbusiman men, Zanjirim – fazo-yu, samo ummoni. Pahlavon Mahmud rostgo’ylik, to’g’ri so’zlikni ham insonning muhim axloqiy fazilatlaridan hisoblaydi. U rostgo’ylik haqida yaxshi fikrlarni aytish bilan chegaralanib qolmaydi. Uning fikricha, rostgo’ylik faqat kishilarning o’zaro gap-so’zlarida ifodalanibgina qolmasdan, balki kishilarning xatti-harakatida, yurish-turishida, odamlarga va jamiyatga bo’lgan munosabatida, ilm-ma’rifatga intilishida aks etmog’i lozim. Yuksak insonparvarlik tuyg’ulariga ega bo’lgan Pahlavon Mahmud xalq baxti uchun, haqiqat uchun, ilmu- ma’rifat uchun kurashdi: Ma’rifatning tili – cholg’u - noyimdir, Aqlim- qilich, so’zim – o’qu yoyimdir. Imtiyozlar mulkin shohi bilurkim, So’z maydoni – Ishg’ol qilgan joyimdir. Pahlavon Mahmud: «Insonning baxt-saodati uning bilim va ma’rifatga erishuvida», - deydi. Ilm-u ma’rifatning qudratiga ishongan mutafakkir shunday deb ta’kidlaydi: Necha yil ilm- hunar payida bo’ldik, Necha yil zar- zevar payida bo’ldik, Olam sirlaridan bo’lganda ogoh – Bor ishni tashlab q alandar bo’ldik. Xullas, Pahlavon Mahmudning ruboiylari yoshlarni vatanparvarlik, do’stlik, xalq ishiga sadoqat ruhida tarbiyalaydi, jamiyat manfaati yo’lida xizmat qilishga undaydi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling