Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi


Nosiruddin Burhoniddin Rabg’uziy (1250-1330)


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/56
Sana08.05.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1446201
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56
Bog'liq
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi

Nosiruddin Burhoniddin Rabg’uziy (1250-1330). Adibning 
hayoti va ijodi h
aqida bizgacha juda kam ma’lumot yetib kelgan. U 


78 
XIII asrning oxiri XIV asrning boshlarida Xorazmning Raboti 
O’g’uz 
degan joyida yashab ijod etgan. Bizga uning 
«Qissasi Rabg’uziy»dan 
boshqa asari ma’lum emas. Mazkur kitobda u o’zi haqida 
musulmonlarga xos kamtarinlik bilan 
«...bu kitobni tuzgan, toat 
yo’lida tizgan, ma’siyat yobonin kezgan, oz ozuqliq, ko’p yozuqliq 
Raboti o’g’uz qozisi Burhon o’g’li Nosiruddin..
1
», - deb yozadi. 
Ko’rinadiki, allomaning oti Nosiruddin bo’lib, otasi Burhoniddin 
Raboti 
O’g’uzning qozisi bo’lgan. Rabg’uziy taxallusi ham u 
yashagan joy bilan bog’liq. Yetuk ulamo va dindor oilasida 
tarbiyalangan Nosiruddinning o’z zamonasida taniqli tarixchi, yetuk 
shoir va iste’dodli tarjimon sifatida tan olinganligidan dalolat beruvchi 
bir talay yordamchi manbalar mavjud. 
Rabg’uziyning qissalari ma’nosini anglatuvchi «Qissasi 
Rabg’uziy» asarida olam va odamning yaratilishi, insonning yo’ldan 
ozishi va komillik sari mashaqqatli hamda 
uzoq yo’l bosib 
borayotganligi haqida g’oyat mantiqli va qiziqarli tarzda hikoya 
qilinadi. Ushbu asar musulmon dinini qabul qilgan e’tiborli mo’g’ul 
beklaridan biri Nosiruddin To’qbug’aning iltimosiga ko’ra, hijriy 109 
(milodiy 1309-1310) yilda yozilgan. 
«Qissasi Rabg’uziy» asarida markaziy o’rinda komil insonni 
tarbiyalash masalasi turadi. Komillikning birinchi belgisi aql va 
bilimlilik barcha yaxshi ishlar, ezguliklar manbai bo’lsa, aqlsizlik va 
bilimsizlik esa johil, tuban va yomon ishlarga asos bo’ladi, deyiladi: 
«Mas’iyatdin (shariatga xilof ish tutishdan) yig’iling, kuch qilmang, 
zino qilmang, qon to’kmang, xiyonat qilmang
2
». 
Asarda barkamol insonni tarbiyalashning ikkinchi belgisi 
pokizalik, xushxulqlilik, adolatparvarlik, odob-
ikromli bo’lish, 
n
ojo’ya xatti-harakatlardan saqlanish, halol mehnat qilish, havoyi 
nafsoniyatga va ortiqcha ehtirosga berilmaslikdir, deyiladi. 
Umuman, Rabg’uziy, «Qissasi Rabg’uziy» asaridagi 
hikoyatlarda 
«Ey, Odam, seni g’am-u kulfatdan doimo to’g’rilik, 
halollik va sadoqat qutqaradi
3
» degan jumlalardan ham bilish 
1
Rabg’uziy, Nosiriddin Burhoniddin. Qissasi Rabg’uziy. – Toshkent: Yoshlar nashriyoti uyi, 
2018. 
– 216 b. 
2
Qissasi Rabg’uziy. – T., 2018. 45- bet.
3
Qissasi Rabg’uziy. – T., 2018. 35- bet.


79 
mumkinki, dunyodagi bar
cha ezguliklarning merosxo’ri bo’lgan 
barkamol insonni tarbiyalash g’oyasi ilgari surilgan. 
Asosan payg’ambarlar hayotidan hikoya qiluvchi bu asarning 
o’ziga xos yaratilish tarixi mavjud. Musulmon Sharqida bu mavzuda 
«Qisas ul-anbiyo» (payg’ambarlar qissasi) nomi bilan mashhur 
ko’plab asarlar yaratilgan. Lekin, asarda yozilishicha, ularning 
«ba’zisi mustaqim (to’g’ri, haqiqiy) bor, ba’zisi nomustaqim. Bir 
onchasi (bir qanchasi) muqarrar (puxta, tugal) va bir onchasi mubattar 
(notugal) bor
». Shuning uchun ham bek To’qbug’a adibdan 
«o’qimoqg’a keraklik, o’granmakka yarog’liq» payg’ambarlar 
qissalaridan iborat asar yozib berishini so’ragan edi. Mazkur vazifani 
ulkan salohiyot, katta mahorat bilan uddalagan adibning asari 
«Qissasi 
Rabg’uziy», «Qisas ul-anbiyoi turkiy» nomi bilan shuhrat topdi va 
yaratilgandan to bugungi kungacha sev
ib o’qib kelinmoqda. 
Rabg’uziyning «Qissasi Rabg’uziy» asari Sharq xalqlari og’zaki 
ijodini, ayniqsa, rivoyatlarni, avliyo-
anbiyolar to’g’risidagi qissalarni 
izchillikda 
chuqur o’rgangan. O’zi ham ko’pgina ibratli hikoyatlar, 
qissalar yozgan. 
Qur’oni Karimdagi lavhalar keltirilgan, islomga oid 
boshqa kitoblardan unumli foydalanilgan. Asar jami 72 qissadan 
iborat. Asarning bosh g’oyasi inson o’zligini anglashi ham ilm, ham 
amal birligida faoliyat yuritish lozimligi belgilangan.
Turkiy xalqlarning bebaho ma’naviy mulkiga aylangan «Qissasi 
Rabg’uziy»da keltirilgan hikoyalarning asosiy maqsadi insonni 
h
alollikka, o’z mehnati bilan pokiza kun ko’rishga, boshqalarga zulm 
qilmaslikka undashdir
. Mavzu doirasiga ko’ra, asar qissalari juda 
rang-
barang. Olamdagi butun mavjudot egasi bo’lgan Allohni 
ulug’lash, payg’ambarlar hayotiga doir lavhalarni eslash, kamtarlik, 
tavoze va takabburlik, ota-ona va farzand munosabatlari, erk va 
adolat, yaxshilik mavzulari shular jumlasidandir.
Adib takabburlik alomatlarini ko’rsatib: «Takabburlik qilmoq 
nokaslar sifatikim, kibrdan g’arazlari o’z qabohatlarini yopishdir. 
Ammo bilmaslarki, takabburlik bilan o’z qabohatlarini oshkor 
qiladilar. Tavoze kishini xo’b ko’rsatadi, ammo davlat ahlini xo’broq 
ko’rsatadi. Chunki tavoze ulug’lik ziynatidi
1
r», - deb tavozeni 
ulug’laydi. 
1
Qissasi Rabg’uziy. – T., 2018. 103- bet. 


80 
Adib 
yaxshilik 
borasida: 
«Hukamolar aytibdilarkim, 
yaxshilikning o’n nishonasi bor: Yaxshi ish borasida elga muxolifatlik 
qilmaslik; o’z nafsidan insof ko’rgazmak; kishi aybini istamaslik; har 
kishidan nomaqbul ish sodir bo’lsa, uni yaxshi yo’lga solmoq; 
gunohkor uzr aytsa, qabul qilish; muhtojlarning hojatini ravo qilmoq; 
kishi uchun mashaqqat tortmoq; o’z nafsiga muxolifat bo’lish; 
xaloyiqqa qiy
ofasini toza ko’rsatish; kishilarga yaxshi so’z aytish
1
», - 
deb hukamolar fikrini keltiradi va inson zimmasidagi yaxshilik sari 
amalga oshiradigan vazifalarni ko’rsatadi. 
Adib a
sarning ta’limiy tuzilishini: «Alloh odam vujuduga to’rt 
narsani ato etdi: aql, 
ruh, nafs, ko’ngil. Har birini bir narsadan oldi: 
ko’ngilni suvdan, ruhni shamoldan, aqlni tuproqdan. Tuproqni har 
rangga bo’yasa, shu bois o’sha rangga kirar, aqlga ham har narsa 
o’rgatsa, shuni o’rganar edi. Nafsni o’tdan oldi
2
», - mazmunda 
ifodalaydi va asar 
so’ngigacha shu ta’limot mazmunida har bir fikrni 
izohlab beradi. 
Asarda ma’rifiy-didaktik hikoyatlar keng o’rin olgan (Luqmon 
hikoyasi va b.), qissalardagi hikoyatlarga dunyoviy ruh ham 
singdirilgan (Yusuf qissasi va b.). Muallif 
«Ming obiddan bir olim 
yaxshi
3
», - deb ilm, marifatni ulug’laydi. «Qissasi Rabg’uziy»da 
keltirilgan bir hikoyada, bir kishi 
Payg’ambar sollallohu alayhi 
vasallamdan aytilishicha, odil podshoh jasadini tuproq chiritmas. 
Xalifa Ma’mun aytdi: «Payg’ambar alayhissalomning hadislariga hech 
shak keltirmasman, lekin No’shiravonning jasadini ochaman, negaki 
No’shiravon odillikning timsoli erur», deb No’shiravonning 
xilxonasiga bordi. Madoyin shahrid
a xilxonani ochdikim, No’shiravon 
uxlagandek yotgan ekan. Qo’lida uchta uzuk, uzuklarga nasihat 
bitilgan: 
do’st va dushmanni farqlagin; har ishga donishmandlar bilan 
kengashmay, boshlama, kirishma; raiyatning rioyasini tashlamagin. 
Bosh tomoniga lavh yozilgan: «Har kishi tilarkim mulki ko’payishin, 
o’z davrida olimlarni do’st tutsin
4
». Ushbu bitikda insonni odob-
axloqqa, 
ilm-
ma’rifatga chorlash hamda insonparvarlik va 
vatanparvarlik g’oyalari tarannum etilgan. 
1
Qissasi Rabg’uziy. – T., 2018. 120- bet. 
2
Qissasi Rabg’uziy. – T., 2018. 10- bet.
3
Qissasi Rabg’uziy. – T., 2018. 17- bet. 
4
Qissasi Rabg’uziy. – T., 2018. 100- bet. 


81 
Adib asarning axloqiy va estetik jihatlarini yoritishda «Hech 
mahal dunyoga ko’ngil qo’ymaginki, dunyo bevafodir. Bir ish qilsang, 
o
xirini o’ylab qilgin. Har ishni qilishdan oldin yaxshi do’st bilan 
maslahat qilib, keyin qil
1
», - misolida tarbiyaning maslahat, o’rnak, 
namuna usullaridan keng foydalanadi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling