Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi
- MAVZU. XIII ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi
4 - MAVZU. XIII ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI
YARMIGACHA TASAVVUF ALLOMALARI VA ULARNING ODOB-AXLOQ HAQIDAGI QARASHLARI Tayanch iboralar: tasavvuf, din, ilm, ma’rifat, futuvvat, javonmardlik, tariqat, yodnoma, ta’lim-tarbiya, odob-axloq, ma’naviyat, kamolot. Xalq ommasi zulmga, istiloga va u vujudga keltirgan parokandalikka qarshi kurash uchun yolg’iz hajv va rivoyatlardan madad olish bilangina kifoyalanmasdi. Kurashning boshqa vositalaridan ham foydalanardi. Tasavvuf ana shunday vosita edi. Tasavvuf kurash tig’ini ezuvchilarga qaratilgan va qutulish vositasi bo’lgan edi. XII-XIII asr ziyolilari ixlos qo’ygan tasavvuf, mo’g’ul istilosi yuzaga keltirgan zulm va tushkunlik qarshisida hech qanday xalos bo’lish yo’lini topa olmaganlar kurashga kuchlari etmaganlar murojaat qilgan yagona yo’l edi. Aslida esa bu odamlarning muayyan hodisalardan o’zlarini chetga olishi degan edi. Kurashdan o’zini chetga olish esa ular uchun qutulish yo’li hisoblanardi. Tasavvuf yo’lini tutganlar uzlatga chekinib, muayyan va moddiy olamdan ko’z yumishga urinadilar. Tasavvuf keng xalq ommasi orasida ham o’ziga ko’plab tarafdorlar to’plagandi. Bu davrda badii y ijod bobida qalam tebratgan so’z ustalarining kattagina guruhi so’fiylik – tasavvuf tariqati yo’lidan bordilar, barcha ilmiy doiralar va fikriy harakatlar esa aqliy dalillar, qiyoslar keltirishga haddan tashqari berilib ketdilar. Ulamolar, allomalarning botiniy haqiqatlarni isbot qilish uchun, albatta, aqliy dalillar va falsafiy muqaddimalar keltirishlari oddiy zaruratga aylanib qoldi. Shuning uchun o’sha davr kalom ilmi (Qur’on tafsiri ilmi) va falsafasi (mushohada ilmi) hamma ilmlardan ustun turdi. Bu ikki narsasiz ish bitmas edi. O’sha davrdan boshlab savod o’rgatish, Qur’on va hadislarni o’rganish, ulardagi ko’rsatmalarni o’zlashtirish bilan birga olib borildi. Shunga ko’ra, Qur’on va hadislardagi pand-nasihatlar ham olimlar, ham adiblar ijodiga ta’sir etgan. Ularda ilgari surilgan musulmonlikning muhim xislatlari: halollik, sahovat, himmat, mehru 66 oqibat, ehson, sharm-hayo, ilm izlash, ustoz-shogirdlik, muomala qoidalari, axloq mezonlari va boshqalar o’z ifodasini topdi. Bular Sharq adabiyotiga, jumladan, ta’limiy-axloqiy asarlarga ta’sir etdi. Bu asarlar bevosita hadislarda ilgari surilgan g’oyalar asosida yaratildi. Islom dini peshvolari (sayidlar, ulamolar, mashoyixlar)ga davlat arboblari juda katta iltifot ko’rsatganlar, elchilik munosabatlarida va turli nizolarni tinch yo’l bilan hal qilishda ular bilan bamaslahat ish tutganlar. O’rta asrlarda markazlashgan yirik siyosiy birlikning mavjudligi, iqtisodiyot, fan va madaniyat yo’nalishlaridagi umumiy o’sish o’z navbatida, ma’naviy madaniyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etdi. Xususan, tasavvuf ta’limoti keng rivojlandi. Bu davrda Xuroson tasavvuf maktabining ta’siri kengayganligi kuzatiladi. Abdulla Ansoriy (1006-1089), Yusuf Hamadoniy (1049-1140), Ahmad Jom (1049-1142) uning yirik namoyondalari edilar. Tasavvufning qator mayda tariqatlari: muhosibiya, qassoriya, tayfuriya, junaydiya, nuriya, sahliya, hakimiya, xarroziya, xafifiya, sayyoriya va boshqalar silsilalar yuzaga keldi. Yagona siyosiy birlik zaminida Xuroson tasavvuf maktabi bevosita Movarounnahrda tasavvuf rivojiga sababchi bo’ldi. Jumladan, Yusuf Hamadoniy tasavvuf maktabi asosida yassaviya va xojagon-naqshbandiya tariqatlari vujudga kelgan. XIII asrdagi tasavvuf taraqqiyoti birinchi navbatda xorazmlik yirik mutasavvuf olim Najmiddin Kubro (1145-1221) nomi bilan bog’liqdir. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling