Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/56
Sana08.05.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1446201
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56
Bog'liq
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi

Parvez va Bahrom qissasi 
Bahrom Cho’bin Parvezning pahlavonlaridan edi. Parvez uni 
g’oyatda ulug’lar va unga ehtirom nazari bilan qarardi. Bir kun 
xiradmand kishi Parvezga quyidagi xabarni y
etkazdi: «Bahrom 
Cho’binga tegishli xizmatkorlardan biri xiyonat qilgan edi. Bahrom 
Cho’bin xizmatkorni ushlab yigirma tayoq urishga farmon berdi». 
Parvez rind tabiatli shoh bo’lganligi sababli, bu so’zdan 
nafratlanib, g’oyatda ranjidi. Ertasi kuni Bahrom saroyga kelgach, 
Parvez xazinachiga xazinadan ikki qilich va bir qin keltirishni 
buyurdi. Ikki qilich va bir qinni keltirib Bahromga berib: «Har ikkala 


61 
qilich qanaqa ekan», deb so’radi. «Nihoyatda yaxshi qilichlar ekan», 
de
b javob berdi Bahrom. «Buyur! Har ikkala qilichni bir qinga 
solsinlar», dedi Parvez. «Ikki qilich bir qinga sig’maydi», dedi 
Bahrom. «Shunday, – deb davom etdi Parvez, – ikki hukmdor ham bir 
shaharga sig’maydi!» 
2.
Yaxshi xulq va vafo zikrida 
Muoviyning rozi 
Valid Utayba deydiki, kunlardan bir kun Muoviya menga bir 
sirni aytdi va hech kimga aytmasligimni ta’kidladi. Uyga kelib otamga 
dedim: «Muoviya menga bir sirni aytdi, agar maslahat ko’rsangiz, 
huzuringizda aytay!..» Otam menga rad javobini berib, dedi: 
– Ey o’g’lim, har kim birovning sirini saqlasa, xohlagan paytida 
birovga aytishi mumkin. Ammo sirni birovga aytib ko’rgandan so’ng, 
sir uning ixtiyoridan chiqadi va uni yana o’z tasarrufiga qaytarib 
ololmaydi. Ya’ni sirni qayta saqlay olmaydi. 
– Ota bilan farzand o’rtasida bunday hol yuz bermasa kerak. 
– Shundayku-ya, ammo tiling birovning sirini fosh qilishini ravo 
ko’rmayman!... 
Ertasi kuni Muoviyaning oldiga borib, otam bilan bo’lgan 
voqeani gapirib berdim. «O’z o’g’lini shunday xatodan qaytargan 
otaga ming 
rahmat!», - dedi Muoviya. 
O’g’ri
Bir kishi erta tongda hammomga yo’l oldi. Yo’lda yaqin do’stini 
uchratdi va undan: «Sen ham hammomga bormaysanmi?», - deb 
so’radi. 
«Hammomgacha senga hamroh bo’laman, so’ng muhim ish 
bilan boshqa y
erga boraman», - deb javob berdi do’sti. 
Ular hammom tomon ketdilar. Hammomga yaqinlashganlarida u 
kishining 
do’sti o’z yo’liga burilib ketdi. Shu payt kishining orqasidan 
bir o’g’ri kelayotgan edi. U kishi hammom eshigigacha yetgach, 
orqasiga qaradi. Hali tong otmagan, qorong’u edi. U kishi o’g’rini 
ko’rib, o’z do’sti bo’lsa kerak, deb o’yladi. Shundan so’ng hoji 
yonidagi yuz dinor qizil oltin solingan hamyonni o’g’riga berarkan
buni omonat saqlab tur, hammomdan chiqqanimdan so’ng qaytarib 
berasan, dedi-da, hammomga kirib ketdi. Hoja hammomdan qaytib 
chiqqanda kun yorishgan edi. O’z uyiga ketmoqchi bo’lib, yo’lga 
ravona bo’lgan ham ediki, o’g’ri uning yo’lini to’sib: «Ey hoja, 
mendan hamyoningni qaytarib ol!», - dedi. Hoja o’girilib o’g’riga 


62 
qaradi va o’g’rining qo’lida o’z hamyonini ko’rib: «Sen kimsan?» - 
deb so’radi. «Men nontalab, tomteshar, kissabur o’g’riman», - deb 
javob berdi. 
– Men hamyonimni senga topshirgan ekanman, nima uchun olib 
ketmading? 
– Agar o’z san’atim bilan yoningdan kesib olganimda edi, u 
holda senga qaytarib bermas edim. Ammo sen hamyonni menga 
omonat topshirding. Binobarin, omonatga xiyonat qilmoq ravo 
emasdur. Omonatni saqlasang-u, pastkashlik qilsang, hargiz yaxshi 
bo’lmaydi («Qobusnoma»dan – G.I.). 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling