Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi


Xalq hikoyat va rivoyatlari


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/56
Sana08.05.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1446201
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   56
Bog'liq
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi

Xalq hikoyat va rivoyatlari. Sharq xalqlari qadimdan maqol - 
matallar, teran ma’noli hikmatli so’zlar, ibratli hikoyat va rivoyatlarga 
moyilliklari bilan ajralib turadilar. shuning uchun ham Sharqda 
didaktik asarlar rivojlangan. Sharqda hikoyat va rivoyatlarning u yoki 
bu darajasidan nafaqat adabiy balki ilmiy, siyosiy, tarixiy, diniy, 
tasavvufiy, tibbiy, falsafiy asarlarda ham keng foydalanilgan. Sharq 
xalqlarida xalq og’zaki ijodi va mumtoz adabiyotning eng ajoyib, 
payg’ambarlar, avliyolar, buyuk tarixiy shaxslar, ulug’ donishmandlar, 
mutafakkir olim va adiblar, xalq qahramonlari hayoti bilan bog’liq eng 
mashhur islom ma’rifati va tasavvuf haqiqatidan bahs etuvchi eng 
ibratli hikoyat va rivoyatlar mavjud. 
Hikoyat 
– Sharq va Janubiy Sharqiy Osiyo xalqlaridagi adabiy 
termin. Hikoya har qanday she’riy va nasriy asarni, ko’pincha 
voqeaband asarni anglatadi. Tor ma’noda muallifi yo’q yozma nasriy 
epos. 
Rivoyat (arab. 
– hikoya qilmoq) – voqea va hodisalarni, inson 
faoliyatini ba’zan uydirmalar vositasida, ba’zan real tasvirlovchi 
og’zaki hikoya shaklidagi, folklor janri. Hajmi qisqa, ikki yoki uch 


55 
epizoddan tashkil topadi, an’anaviy uslubiy shaklga ega bo’lmaydi. 
Odatda, oddiy bir hikoyachi bayo
nidan boshlanib, og’izdan-og’izga 
o’tish jarayonida erkin talqin qilinadi. Rivoyat asosida voqelik va 
tarixiy shaxs bila
n bog’liq hodisalar yotadi. 
Jumladan, rivoyat tarixiy haqiqatga asoslanib, mavzu jihatidan 
cheklanmagan. Unda ko’proq asriy tajribalar ommalashtiriladi, ezgu 
insoniy fazilatlar ulug’lanib, hayotdagi qusur va illatlar qoralanadi, 
mashhur kishilar hayoti va faoliyati bilan bog’liq ibratli voqealar 
hikoya qilinadi, odob axloq me’yorlari targ’ib tashviq etiladi. Ushbu 
xususiyati bilan har bir 
rivoyat o’ziga xos pandnoma, odobnoma 
sifatida namoyon bo’ladi. 
Rivoyat g’oyaviy mazmuniga ko’ra, tarixiy rivoyat hamda 
toponim rivoyatlarga bo’linadi. Tarixiy rivoyatda biror shaxs faoliyati 
va xalq qahramonlari bilan bog’liq hodisalar hikoya qilinadi, axloq va 
odobning ideal me’yorlari tashviq etilib, muayyan dalillar haqida 
axborot beriladi. Bunday rivoyatlar Ibn Sino, Beruniy, Amir Temur, 
Ulug’bek, Navoiy, Mashrab, Sulton Mahmud va boshqalar hayoti 
bilan bog’liq voqea va hodisalar asosida ham yaratilgan. Toponim 
rivoyatlarda shahar, qishloq, qo’rg’on, saroy, maqbaralar nomi hamda 
ularning yuzaga kelish sabablari bilan bog’liq voqealar hikoya 
qilinadi. Xotimasida odatda, hikoyadan maqsad ta’kidlanadi va 
muayyan dalil izohlanadi (Mas, «To’rabek xonim maqbarasi», 
«Guldursun qal’a», «Anda jon qildi», «Odinajonim», «Qo’ng’irot» va 
boshqalar.). Rivoyatlar bizgacha ko’proq og’zaki, qisman yozma 
shaklda yetib kelgan. Avfiy Buxoriyning 
«Javome’ ul-hikoyot va 
lavome’ ul-rivoyot», Vosifiyning «Badoe’ ul-vaqoe’», Xondamirning 
«Makorim ul-axloq» va boshqa asarlarda rivoyatlarning qadimiy 
namunalari keltirilgan. Xalqimizda juda ko’p rivoyatlar yozib 
qoldirilgan va ular xalq tarixi, madaniyati, hamda pedagogik 
qarashlarini o’rganishda muhim manbadir. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling