Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi
Afandi latifalari
(Parcha) Afandi zamonning zayli bilan boshqa bir shaharga borib qoldi. U bozorni tomosha qilib yurgan edi, holvapurushning do’konida turgan har xil holvalarga ko’zi tushib qoldi. Afandining og’zidan suvi keldi- da, holvalardan olib, yeyaverdi. Buni ko’rgan holvafurush qo’liga kaltak olib, uni savalay boshladi. Afandi tayoqning zarbini pisand qilmasdan, holvani to’yguncha yedi, keyin: – Bu shahar xo’p ajib shahar ekanu, holvafurushlari odamni urib holva yedirgani yomon ekan, – deb ketaverdi. *** Afandining oshnasi undan so’radi: – Mulla Nasriddin, bola-chaqangiz ko’pmi? – Bolam ko’pu, chaqam kamroq, – deb javob berdi Afandi. *** Poshsho saroyidagi hamma a’yonlar Afandini yomon ko’rardilar. Ular poshshoga Afandining ustidan g’iybat qilishar, uning haqida turli-tuman uydirmalar tarqatishar edi. Biroq Afandi bilan uchrashganlarida hamisha o’zlari sharmanda bo’lishardi. Bir kuni ular to’planishib podshoning oldiga kirishdi-da, Afandining og’zi sassiqligiga uni ishontirmoqchi bo’lishdi. Ig’vo 53 ustiga tasodifan Afandi kelib qoldi . A’yonlarning rangi-ro’yi o’chib, damlari ichiga tushib ketdi. Pod sho haqiqatni bilmoqchi bo’lib Afandidan so’radi; – Qani, yaqinroq o’tirchi, a’yonlar senga qattiq kasallik yo’liqqan deydilar, rostmi? – Shohim, ularning hammasi mening qadrdon do’stlarim, ular yolg’on gapirishmaydi, eshitaychi, ular nimalar deyishdiykin? – Bularning aytishlaricha, sening og’zing yomon sassib ketgan emish. – Ularning gaplari juda to’g’ri, shohim, – dedi Afandi, – hozirgacha men ularning xiyonati, ahmoqona qiliqlarini birovga aytmay ichimga yuta berganimdan, o’sha illatlar ichimda sassib, og’zimdan chiqmoqda. *** Afandining anjiri pishgan edi, bir savatga terib Podshoga olib bordi. Ammo qorovullar uning anjirini tortib olishdi-da, ichkariga olib kirib ketishdi. Afandi darvoza tagida qoldi. Shu vaqtda yasovullar besh- o’nta bandini haydab kelishayotgan edi, ularning biri yo’lda qochib ketdi, uning o’rniga Afandini ham bandilarga qo’shib qorovullarga topshirishdi. Afandi qanchalik dodu faryod qilib yopishmasin, foyda bermadi, uni zindonga tashladilar. Kunlar, oylar o’tsa ham Afandi hamon zindonda qoldi. Bir kuni podsho zindonga kirib Afandidan nima sababdan qamalganini so’ragan edi, u butun voqeani so’zlab berdi. Poshsho uni bo’shatishga buyurib, so’radi: – Sening anjiring menga juda ma’qul bo’lgan edi, tila tilagingni? – Anjir evaziga shuncha mukofot oldimki, buning ustiga yana biror narsa so’rashga ham uyalaman. Bir dona o’tkir bolta hadya qilsangiz, shuning o’zi bas. – Boltani nima qilasan? – Bog’imdagi anjirlarni bitta qo’ymay kesib tashlamoqchiman, – dedi u. *** Afandi shayx bilan qabristonni ziyorat qilib yurar edi. U qabr toshiga yozilgan bir lavhani o’qib hayron qoldi, unda: «Bu shaharning podshosi Sulton Abdulmalik jahonga mashhur bo’lib uch yoshida vafot etdi» deb yozilgan ekan: 54 Afandi taajjublanib shayxdan so’radi: – Uch yoshida o’lgan bola qanday qilib jahonga mashhur bo’ladi? Shayx javob berdi: Sulton Abdulmalik yetmish yil yashab shundan faqat uch yilini xursandchilik bilan o’tkazgan ekanlar. Shuni umr hisoblab, vasiyat qilganlar. – Agar shunday bo’lsa, – dedi Afandi, – men o’lganimda qabrimga lavha tosh qo’yiladigan bo’lsa, unga: «Mulla Nasriddin tug’ildi-yu o’sha zamoni o’ldi» deb yozilar ekan-da! *** Afandidan birov so’radi: – Afandi, muchalingiz nima, necha yoshga kirdingiz? – Muchalim ajdar, ellikka kirdim. – Muchalning ilon bo’lishini eshitib yurardimu, ajdar bo’lishini shu yoshga kirib, endi sizdan eshitishim. Afandi tushuntirib berdi: – Yoshligimda onam rahmatlik, sening muchaling ilon degan edilar. Hozir ellikka kirdim, ellik yil ichida har qanday ilon ham ajdar bo’lib ketadi-da. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling