Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/56
Sana08.05.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1446201
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   56
Bog'liq
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi

kursi 
– mushkulot (falsafa, mantiq, geografiya, tibbiyot, tabiy fanlar 
va kalom il
mi), so’ng fiqh kursimasala - dinshunoslik va 
qonunshunoslik (Qur’on tafsirlari, hadislar, shariat qonunlari, faroiz – 
meros huquqi, matematika, mol-mulkni taqsimlash) 
bo’limlariga 
ajratilgan. Talabalar o’z xohish-istaklari va qobiliyatlariga qarab 
mush
kulot yoki masala bo’limlaridan birini, agar istasalar, har ikki 
bo’limni o’qib tamomlashlari mumkin edi. Madrasalarda to’liq kursni 
o’qib tamomlash uchun talabalardan falsafa va huquq fanlariga oid 
1
Бухоро таълими тизими тарихи. – Т., 2017. – 58- бет. 
2
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Тошкент: ЎзМЭ, 2003. V ж. – Б.376 


42 
taxminan 140 ga yaqin darslik-
qo’llanmani o’zlashtirish talab etilgan. 
Madrasalarda yuridik (fiqh) va diniy ilmlar (
Qur’on, qiroat, tafsir, 
hadis) 
birinchi o’rinda turib, talabalarning qiziqishlari va 
mudarrislarning mavjudligiga qarab, falakiyot, handasa, kimyo, tarix, 
adabiyot, aruz ilmi, me’morlik asoslari, xattotlik, musiqa, axloq, 
notiqlik kabi fanlar ham o’qitilgan. Ko’pgina madrasalarda o’quv 
fanlari quyidagi tartibda bo’lgan: 1) arab morfologiyasi; 2) arab tili 
sintaksisi; 3) mantiq; 4) kalom; 5) falsafa (hikmat); 6) usuli fikh; 7) 
islom qonunchiligi (fikh); 8) Muhammad s.a.v.ning hikmatlari; 9) 
Qur’on sharxi (tafsir); 10) huquq (faroiz), 11) elementar arifmetika va 
handasa
1

Asosiy ta’lim metodlari ma’ruza va bahs-munozaralarni tashkil 
qilgan. Ma’ruza(va’zxonlik)larda 100 tadan 400 tagacha tinglovchilar, 
ta’lim oluvchilar qatnashgan. O’rta tipdagi madarasalarning 
vazifalariga maktablar uchun mullalar va masjid uchun din 
peshvolarini tayyorlash kirgan. Oliy tipdagi madrasalarning 
vazifalariga davlat idoralari, boshqaruv mahkamalariga qozilarni 
tayyorlash, 
shariat 
ulamolarini 
tayyorlash, 
musulmon 
qonunshunosligini tushunadigan mutaxassislarni tayyorlash kirgan. 
Madrasalarga nafaqat diniy bilimlarga qiziquvchilarni balki turli 
ziyolilar tabaqalari, o’qituvchilik, tabiblik kasbini egallashni 
xohlovchilarni ham 
o’qitganlar. Oliy tipdagi madrasalar Samarqand, 
Buxoro, Urganchda bo’lganligi uchun turli yurtlardan tolibi ilmlar 
kelib ta’lim olib, bu yurtlarning dong’ini dunyoga tanitganlar. O’rta 
Osiyodagi madrasalarda ta’lim beradigan mudarrislar arab tilida dars 
olib borishlaridan tashqari, adabiyot va ilmiy talablar asosida fors 
hamda turkiy tillarda ta’lim berganlar. Bundan tashqari arab va fors 
tilida yozilgan kitoblar o’qitilib, ular mudarris tomonidan talabalarga 
turkiy tilda sharhlab berilgan.
2
Madrasada mudarrislar va boshqa 
xizmatchilar maosh, talabalar stipendiya, o’quv jihozlari (daftar, kitob, 
qalam va b.) va turar joy bilan ta’minlanganlar. 
Madrasada arab, fors va turkiy allomalarning asarlaridan tashqari 
qadimgi hind va yunon olimlaridan Klavdiy, Ptolomey, Sokrat, Platon, 
Aristotel va boshqalarning arab tiliga o’girilgan asarlari hamda ularga 
1
http://knowledge.allbest.ru/pedagogics 
2
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Тошкент: ЎзМЭ, 2003. V ж. – Б.376 


43 
yozilgan sharhlar darslik sifatida o’qitilgan. Badiiy adabiyotga doir 
asarlardan Abulqosim Firdavsiy, Forobiy, Ibn Sino hamda Beruniy 
asarlari sevib o’rganilgan
1

Madrasalarda bilim berishda asosan 
«Suhbat» va «Munozara» 
metodlariga amal qilingan, talabalarning mustaqil fikrlashiga alohida 
e’tibor qilingan. Madrasai oliyalar nafaqat ta’lim-tarbiya, ayni vaqtda 
ilm-
ma’rifat markazi ham bo’lgan. Talabalar imtihon yoki tanlov 
asosida o’qishga qabul qilinganlar. Mudarrislar ham imtihon qilingan 
va davlat rahbari tomonidan tayinlangan. Mudarrislar dars berishdan 
tashqari qozilik, muftiylik kabi davlat ishlari bilan ham shug’ullanib 
turishgan. O’qish yili oxirida ham talabalar o’tilgan fanlar yuzasidan 
imtihon topshirishgan. Imtihon bevosita ota-onalar ishtirokida qabul 
qilingan. 
Madrasani 
muvaffaqiyatli 
tamomlagan 
talabalarga 
shahodatnoma (diplom) topshirilgan. Madrasani muvaffaqiyatli 
tamomlaganlar islomning yetuk ulamolari: shayx, shayxulislom, 
mulla, imom, mudarris, maktab muallimi, yoki qozi, muftiy, a’lam, 
mirza sifatida davlat mahkamalariga yuborilgan. 
XIII asr oxiri XIV asr boshlaridan boshlab madrasalar 
xonmadrasalari, eshonmadrasalari, xususiy madrasalar kabi turlarga 
bo’lingan
2
. Muassislarga 
madrasani ta’minlash uchun maxsus mulk – 
vaqf ajratilgan. Ularning moliyaviy xarajati vaqf daromadi hamda 
davlat xazinasidan ajratilgan qo’shimcha mablag’ hisobiga qoplangan, 
har bir madrasaning o’z vaqf mulki va vaqfnoma hujjati bo’lgan. 
Vaqfnomada madrasaning chiqimi, undagi xizmatchilar: mutavalli, 
mudarris, hofiz, muhri, naqib, farrosh, oshpaz va boshqalar, 
shuningdek, talabalar soni, ularga berilgan maosh va nafaqalar aniq 
ko’rsatilgan.
3
Madrasalarni boshqarish, o’qitish jarayoni va xo’jalik 
ishlariga shayxulislom va qozilar rahbarlik qilishgan. Ular vaqf 
yerlaridan kelgan daromadlarni, ushr, sadaqa va ehsonlarni madrasa 
ehtiyojlariga 
taqsimlab 
sarflagan. 
Mutavalli 
vaqf 
kirimlari, 
madrasaning moliyaviy xarajati, ta’mirlash, xodim va talabalarga 
to’lanadigan haq va boshqa ishlarga mas’ul bo’lgan. Madrasa 
1
Бухоро таълими тизими тарихи. – Т., 2017. – 52- бет. 
2
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Тошкент: ЎзМЭ, 2003. V ж. – Б.376 
3
Бухоро таълими тизими тарихи. – Т., 2017. – 52- бет. 


44 
xizmatchilari, mudarrislari va talabalarga beriladigan yillik maosh 
miqdori naqd pul va ovqatlik don hisobidan ajratilgan
1

Madrasalarning ehtiyojlariga vaqf daromadlaridan bir qismi vaqf 
mulkini saqlab turish, madrasa binosini 
ta’mirlash uchun ajratilgan
ma’lum qismi esa mutavvali, mudarrislar, talabalar, masjid imomi, 
muazzini, sartaroshi, farroshi va boshqa xizmatchilarga berilgan. 
XIII asrga kelib madrasa-maqbaralar vujudga kelib bitta 
gumbazli xonasi shu madrasa asoschisiga daxma sifatida xizmat 
qilgan. U 2 qavatli, 
to’g’ri burchakli hovli, mudarris va toliblar uchun 
hovli atrofida yashash uchun hujralar va dars xonalardan tashkil 
topgan. Har bir madrasa qoshida o’zining kutubxonasi
2
ham bo’lgan. 
Madrasa 
o’quv dasturining umumiy jihatlari X-XII asrlarda 
ishlab chiqilgan va keyinchalik takomillashib 
borgan. Mashg’ulotlar, 
odatda, sentyabrda boshlanib, mart oyigacha davom etgan. Yoz oylari 
va ramazon oyida 
ta’tilga chiqilgan. 
Madrasalarda shanba, yakshanba, dushanba, seshanba kunlari 
mashg’ulotlar olib borilgan. Haftada ikki kun ya’ni chorshanba va 
payshanba kunlari mustaqil mutolaa kunlari, juma kuni esa dam olish 
kuni bo’lgan. Madrasalarda bir o’qish yili 7 oy davom etadi. O’qish 
yili mezon oyining birinchi kuni 21 sentyabrda boshlanib, hamal 
oyining birinchi kunida 21 martda tugallangan. Qolgan oylar ta’til 
kunlari hisoblanib, talabalar bu vaqtda xo’jalik ishlari bilan 
shug’ullanganlar
3

Darslar quyosh chiqish payti (bomdod namozidan keyinroq) 
boshlangan. Madrasalarda talabalarning ta’lim va tarbiya olishlari 
uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ularga har kuni to’rt mahal issiq 
ovqat va iqtidorli talabalarga qo’shimcha mukofotlar ajratilgan. 
Mutaallim (ilm oluvchi), ustozining huzurida quyidagi odoblarga 
rioya etishi shart hisoblangan: 
- a
vvalo salom berish va kirishga izn so’rash; 
- behuda gaplarni gapirmaslik; 
- ustoz r
uxsatisiz so’z boshlamaslik; 
- ustoz 
so’zlariga e’tiroz bildirmaslik; 
- shaxsiy manfaat istagida ustozga qarshi chiqishdan saqlanish; 
1
Бухоро таълими тизими тарихи. – Т., 2017. – 82- бет. 
2
Бухоро таълими тизими тарихи. – Т., 2017. – 110- бет. 
3
Бухоро таълими тизими тарихи. – Т., 2017. – 63- бет. 


45 
- dars 
vaqtida boshqalar bilan so’zlashmaslik; 
- dars
dan boshqa narsalar bilan chalg’imaslik; 
- u
stoz turganda shogird ham o’rnidan turishi; 
- ustoz 
haqida yaxshi gumonda bo’lish, ya’ni ko’rinishidan 
noto’g’ri ishdek tuyulgan bir ishini ko’riboq, u haqida yomon fikrga 
bormaslik. 
Madrasalarda ichki tartib-
intizomga qat’iy amal qilingan. 
Madrasa nizomini buzgan talaba va xizmatchilar uch marotabagacha 
ogohlantirilgan, kamchilik yana takrorlansa, bunday shaxslar 
madrasadan chetlashtirilgan. Lekin bu kabi 
ko’ngilsizlik, kamdan-kam 
hollarda 
sodir bo’lgan. Madrasaning ichki hayotiga daxldor masalalar 
mutavalli, mudarrislardan tarkib topgan hay’at kengashida hal etilgan. 
O’qituvchi-mudarrislik eng mas’uliyatli va sharafli kasb 
hisoblangan. 
Eng iste’dodli, barcha bilimlardan xabardor, hurmat-
e
’tibor qozongan allomalar maxsus komissiya sinovidan o’tib, 
mudarrislik vazifasiga tavsiya etilgan. Ba’zi madrasalarga butun 
boshli qishloqlar vaqf qilib berilgan. Ba’zan iste’foga chiqqan yuqori 
martab
ali amaldorlar mudarris bo’lib ishlagan. 
Yozma manbalarda Anushteginlar davrida Xorazmda 12 
mingdan ziyod masjid, ular qoshida shuncha maktab, 4440 ta madrasa 
bo’lganligi qayd etiladi. Faqat Gurganjda madrasalar soni 700 taga 
yaqin 
bo’lgan. Xorazmshoh anushteginiylar davrida madrasalarning 
imomlari va mudarrislari sulton yoki uning noibi tomonidan 
tayinlangan. Masalan, xorazmshoh Elarslon 1162 - yilda Turkiston 
xoqoni Abulmuzaffar 
Tabg’ach Bug’roxon zimmasiga boshqa ishlar 
bilan birga, madrasalarga munosib mudarrislar tayinlash vazifasini 
ham yuklangan. 
Uzoq yillar madrasaning mudarrisi maktab darslariga rahbarlik 
qilishi 
mumkin bo’lgan. Madrasaning barcha vaqflari shu kishining 
tasarrufiga berilgan, mudarrisga vaqf daromadlaridan munosib 
ishlarga, imoratlar qurish, ziroat uchun pul ajratilgan. Madrasaning 
barcha ilohiyotchi, faqih, ulamolari, talabalari mudarrisni izzat-hurmat 
qilishlari, uning 
yig’inlariga qatnashishlari zarur bo’lgan va mudarris 
shayx deb ham yuritilgan. 
Yangi madrasalar qurilishi odatda taniqli din arboblariga 
topshirilgan. Masalan, Xurosondagi bir madrasa qurilishi muftiy va 
imom Aziziddin Ali Balxiyga, Nishopurdagi yana bir madrasa 


46 
qurilishi muftiy va mudarrisi imom Faxriddin Abu Sobit Abdulaziz 
ibn Abduljabbor Kufiyga topshirilgan. 
Xorazmshoh 
Jaloliddin 
taniqli 
ma’rifatparvar 
olim 
Muqarrabiddin Muhammad ibn Ibrohim Pahlavon al-Xorazmiyga 
Isfahonda otasi sulton Alouddin Muhammad xotirasi uchun katta 
madrasa qurishni topshirgan va bu ishga 30 ming dinor 
mablag’ 
ajratgan. Bu 
mablag’dan tashqari yana Iroqdan keladigan xirojlarning 
bir qismi 
«…madrasa qurilishini tamomlash uchun qo’shimcha 
mablag’lar berilgan. Muqarrabiddin Isfahonga borib, madrasa 
qurilishini 
boshladi. To’rt oydan keyin madrasa qurilishi nihoyasiga 
yetdi
»
1

Xorazmshohlar davrida Buxoroning Dehqon tumanida Xizonat 
ul-kutub Dor ul-fuqaro 
– xalq kutubxonasi ochilgan bo’lib, bu yerda 
nodir 
qo’lyozmalar saqlangan
2

Madrasalarda yetishib chiqadigan ilm ahlining hammasi ham 
qozi, imom 
bo’lavermay, ular orasidan dunyoviy ilmlar: tabobat, 
matematika, falakiyot, falsafa, mantiq, jo’g’rofiya, huquqshunoslik, 
grammatika, adabiyot, san’at va boshqa sohalar bo’yicha puxtagina 
bilim orttirgan olimlar yetishib chiqqan. Bunday bilim egalari xalq 
o’rtasida obro’ qozonib, ular atrofida, shubhasiz, iqtidorli shogirdlar 
to’plangan. Shu yo’sinda bilimdon allomalar soni ko’paygan. 
XIII asr boshlarida mo’g’ullar bosqini va ularning 
Movarounnahr, Xuroson va Xorazmda bir yarim asrlik hukmronligi 
boshqa sohalarda bo’lganidek, ta’lim-tarbiya va ma’naviy hayotga 
ham salbiy ta’sir ko’rsatdi. Bosqinchilar bosqini vaqtida Buxoroda, 
Samarqandda, Urganjda bir nechta maktab, madrasa, kutubxonalar 
yonib ketgan. Masalan: 1273 
– yili Hulagiylarning bosqinchiligi 
vaqtida Buxoroda 
«Mas’udiya» madrasasi va katta kutubxona 
yondirilgan
3

Qanchadan qancha qo’lyozmalar, muqaddas kitoblar 
yoqib yuborilgan. Kitob jovonlari otlarga oxur sifatida ishlatilgan. 
Vaqf yerlari tortib olinib, bosqinchilar 
o’zining mulklariga 
qo’shganlar. 
1
Буниёдов З. Ануштагин Хоразмшоҳлар давлати (1097-1231). – Тошкент: Адабиёт ва 
санъат, 1998, 157-б. 
2
Ануштагин Хоразмшоҳлар давлати (1097-1231). – Т., 1998, 163-б. 
3
Бухоро таълими тизими тарихи. – Т., 2017. – 117- бет. 


47 
Mo’g’ullar tomonidan madrasalar qoshidagi vaqf yerlari uchun 
yuqori soliq solingan. Toliblar ta’lim olishi hamda har kunlik ehtiyoji 
uchun soliqlar to’lashga qurblari yetmay o’qishni tashlashga majbur 
bo’lganlar. Maktab va madrasalarda ta’limning davom etishi uchun 
Shayxlar bor-budlarini soliqlarning q
iymatiga qaramay to’lashga 
qaratganlar. Shu bilan oz bo’lsa ham madrassalarda ta’limning davom 
ettishiga erishganlar. Birgina Shayx Majididdin Bag’dodiy bu xayrli 
ishga 20000 oltin sarflagan
1

Mulla va mudarrislar o’ldirilgan yoki qul sifatida ishlatilgan. 
Ayrim ma’lumotlarda mulla va mudarrislarning bir qismi Chingizxon 
xonadoni farzand
lariga ta’lim bergan. Ayrim shayx va maktabdorlar 
o’z shogirdlari va mulozimlari bilan o’zga yurtlarga bosh olib 
ketganlar. 
Ayrim mo’g’ul xonlari tomonidan tasavvuf vakillariga 
hurmat ehtirom ko’rsatganlar, buning sababi xalq bunday kishilarni 
qattiq hurmat qilib ularga ergashganligidadir. 
Bunday tasavvuf vakillaridan biri, kubroviylik tariqatining yirik 
namoyandasi, mashhur valiy va shayx Sayfiddin Boxarziydir. U 1190 
yili X
urosonning Boharz qishlog’ida tug’ilgan, 1261 yili Buxoroda 
vafot etgan. Sayfiddin Box
arziy mo’g’ullar bosqiniga qattiq qarshilik 
ko’rsatgan. Uning xalq o’rtasidagi kuchli nufuzidan cho’chigan 
mo’g’ul hukmdorlari u bilan hisoblashishga majbur bo’lishgan. 
M
o’g’ul hoqonlari Munkexon (1251-60), Hulaguxon (1256-65), 
Xubilayxon (1260-94)larning onasi 
– Suyurko’ktani beka (Tuluyning 
bevasi) Buxoroda 
«Xoniya» madrasasi va xonaqoh qurdirib, unga juda 
ko’p qishloqlarni vaqf qilgan hamda shayx Sayfiddin Boxarziyni 
mudarris va mutavalli qilib tayinlagan. Movarounnahrdagi ijtimoiy-
siyosiy hayotda shayxning o’rni katta bo’lgan va Sayfiddin 
Boxarziyga 
«Shayx ul-olam» (Olam shayxi) unvoni, Buxoro shahriga 
esa, 
«Buxoroi sharif» maqomi berilgan. Shayx vafotlaridan so’ng 
Buxoroning Fathobod degan mavzeida u kishining sharafiga maqbara 
qurdiriladi va bugungi kungacha bu maqbaraning muayyan qismi 
saqlanib qolgan bo’lib, hamisha insonlar ziyorat qilib turishadi. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling