Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi
- Bu sahifa navigatsiya:
- XIII asrda Movarounnahr va Xurosonda madaniy hayot.
Yer egaligi.
Mo’g’ullar hukmronligi davrida O’rta Osiyoda y erga bo’lgan egalikning mulki devon, mulki inju, mulki vaqf va mulk deb ataluvchi to’rt xil shakli mavjud edi. Mulklarning kattagina qismi harbiy ma’murlarga davlat oldidagi xizmatlari uchun hadya qilingan y erlar bo’lib, ular suyurg’ol yerlari deb yuritilardi. Suyurg’ol hajmi jihatidan (uning tarkibiga katta yer maydonlari, suv havzalari, dasht- yaylovlar ham kirib ketar edi) iqtadan farq qilar edi. Bu davrda davlat, 26 mulk (xususiy yerlar), vaqf (diniy idoralar ixtiyoridagi yerlar) yerlarda ko’p hollarda ijarada chorakor dehqonlar mehnat qilishgan. Bir qism ijarador- o’rtahol dehqonlar esa muzoriylar deb yuritilgan. XIII asrning 60-70 yillariga kelib, rasman yagona hisoblangan mo’g’ul imperiyasi aslida erondagi Hulagiylar, Movarounnahrdagi Chig’atoylar, Rusiya, Volga bo’yi, Ural va boshqa yerlar Oltin O’rda deyarli mustaqil qismlarga bo’linib ketdi 1 . XIII asrda Movarounnahr va Xurosonda madaniy hayot. XIII asrning 80 yillarida madaniylanish kuzatildi. Ularning tarafdorlari Munqaxon (1251- 1259) va Chig’atoy ulusi noibi Ma’sudbek (1238-1289)ning xizmatlari va pul islohoti natijasida xo’jalik va iqtisodiy hayotda jonlanish sodir bo’la boshlaydi. Movarounnahr, Xuroson va boshqa o’lkalar bilan mustahkam madaniy aloqalarni o’rnatdi. Mamlakatni tumanlarga, viloyatlarga bo’lib, ularni noiblar orqali idora etish tartibini joriy etdi. Natijada ichki savdo-sotiq tartibga solindi, tashqi savdo munosabatlari ham yaxshilandi. Barpo etilgan yangi tuzumda dinga, xususan ulamolarga bo’lgan munosabat ham anchayin boshqacha bo’ldi. Bungacha O’rta Osiyo taraqqiyoti doirasida islomning to’laqonli, har taraflama boy shakli yuzaga kelgan va yuksak darajada tayyorgarlik ko’rgan mahalliy ulamolar muhiti mavjud edi. 2 Keyinroq istilolar natijasida hududda ko’plab markaziy shaharlar vayronaga aylandi, islom dini davlat dini maqomini yo’qotdi. Xususan, Buxoro va Samarqand hanafiy ulamolari ijtimoiy salmog ’i tobora pasayib bordi. Bu esa mazkur maktab ilmiy salohiyatida avval turg’unlikka, so’ngra esa parokandalikka olib keldi 3 . Yangi sharoitda ulamolarning boshqa bir toifasining ahamiyati osha bordi. Ular avvaliga xarizmatik (karomatli) shayxlar, ovloq yerlik (chekka hududlik) shayxlar nomlari bilan ma’lum bo’ldilar. Masalan: Yahyo al-Boxarziyning bobosi Kubraviya 4 tariqati peshvosi mashhur shayx Sayfiddin Boxarziy (1190- 1261) ham, o’z navbatida, birinchilardan bo’lib islomni qabul 1 Murtazoeva R.H. umumiy tahriri ostida. O’zbekiston tarixi. – Т., 2005 – 206-bet. 2 Абдусатторов А. Мовароуннаҳрлик ҳанафий фақиҳлар меросининг амалий аҳамияти // Истиқлол йиллари: миллий-диний қадриятларнинг халққа қайтиши. –Т.: 2001. –118-121 б. 3 Муминов А. Мавераннахрская школа фикха IX-XIII века // ОНУз. – Т.:1990, № 10. – С.41-42. 4 Кубравиййа // ИЭС.–М.: Восточная лит-ра, 1998. – Вып.1. – С.59-61 27 qilgan mo’g’ul hukmdori Berka(1257-67)ning islomga kirishida bevosita sababchi bo’lgan. Movarounnahr va Xurosonda bu davrga kelib, shahar voyronalari o’rnida mahobatli imorat-u inshootlar qad ko’taradi. Fan, adabiyot, ma’rifat va madaniyatning ayrim tarmoqlari ham tiklana boshlaydi . Xususan, shaharsozlik bilan bog’liq bo’lgan binokorlik va me’morchilik yo’lga qo’yildi. Koshinpazlik, ganchkorlik, parchinsozlik, me’moriy g’isht o’ymakorligi va me’moriy xattotlik asriy ar ’ana va tajribalar asosida tiklanib, hatto birmuncha taraqqiy ham etdi. Binokor- me’morlar qo’li bilan qurilgan ko’rkam imorat-u inshootlar: masjid, madrasa, xonaqoh, maqbara, minora va saroylar qad ko’tardi. Buxorodagi Fathobodda Sayfiddin Boxarziy maqbarasi, Mahmud Torobiy dahmasi, Xoja Orif Revgariy – Mohitobon maqbar asi, Xoja Mahmud Anjir Fag’naviy (Fataviy) maqbarasi, Samarqanddagi Shohizinda me’moriy ansamblining asosiy qismi b o’lgan Qusam ibn Abbos maqbarasining ziyoratxonasi, Ko’hna Urganchdagi Najmiddin Kubro va To’rabekxonum maqbaralari va ikkita katta minora, Xo’janddagi Duvaxon maqbarasi shular jumlasidandir. Buxoroni 1207 – yili (XIII asrda) Xorazmshohlar bosib olib, 1219 yili Chingizxon, 1273 yili Hulagiylardan Oqbek tomonidan talon- taroj qilinadi. Ma’sudbek hukmronligi (1238-1289) davriga kelib Buxoroda qur ilish va me’morchilik ishlari olib borilib, 1000 kishiga mo’ljallangan «Mas’udiya» 1 va Ulug’ Munkexonning onasi qurdirgan «Xoniya» madrasalari qayta bino qilingan 2 . Markaziy Osiyoning mo’g’ullar tomonidan istilo etilishi oqibatida ko’plab mahalliy olim va fuzalolarning Yaqin Sharq musulmon o’lkalariga ko’chib o’tishlari Movarounnahrga xos ilm ma’rifatni tarqatish an’analarining boshqa o’lkalarda ham keng yoyilishiga sabab bo’ldi. Shubhasiz, Chingiz o ’rdalarining bosqini Movarounnahr va Xuroson ilm-fan, adab iyot o’choqlariga katta zarba bo’lib urildi. XIII asr va XIV asr oxirlariga qadar, mo’g’ullar qadami yetmagan yoxud ularning ta’siri kam bo’lgan Dehli sultonligi, Janubiy Eron, Kichik 1 Жуманазар, Абдусаттор. Бухоро таълими тизими тарихи [Матн] / А.Жуманазар. – Тошкент: Akademnashr, 2017. –328-бетлар 2 Бухоро таълими тизими тарихи. – Т., 2017. – 47-бетлар. 28 Osiyo, qisman Suriya va Misrda ilm- fan, ma’rifat adabiyot taraqqiy eta boshladi. Movarounnahr, Xuroson va Xorazmda mo’g’ullar qirg’inidan tasodifan qutulib kelgan adiblar, yozuvchilar, shoir va olimlar o’z ona Vatanini tark etib, Hindiston, Eron, Turkiya, Misr va boshqa Yaqin Sharq mamalaktlariga bosh olib ketdilar. Jumladan, buxorolik shoir, adib va adabiyotshunos Muhammad Avfiy, shoshlik shoir Badriddin Chochiy, naxshoblik Ziyo Naxshabiy, kesh (shahrisabz)lik Amir Sayfuddin Maxmud(Hindistonda), nasaflik olim Aziziddin Nasafiy (Yazd), shoir Kamol X o’jandiy, Nosir Buxoriy (Eronda), xorazmlik Muhammad Izzuddin Xorazmiy (Tabrizda), Shayx Najmiddin Roziy (Bog’dodda), balxlik Bahouddin Valad (Kichik Osiyo) va boshqalar o’zga mamlakatlarda yashab, ijod qilganlar. X- XIII asrlar davomida Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari, Eron, Ozarbay jon, O’rta va Kichik Osiyo xalqari bir-biri bilan uzviy aloqada bo’lib kelganlar. Bag’dod, Sheroz, Tabriz, Buxoro, Samarqand kabi shaharlar madaniyat va taraqqiyotning markazi bo’lib, o’zlarining ko’zga ko’ringan olimlari, shoirlari hamda fan va madaniyat o’choqlari bilan butun dunyoga tanilgan edilar. Buyuk ko’p qirrali olim Nosiriddin Tusiy (1201-1274) falsafa, geografiya, musiqa, optika, tibbiyot, tarbiya, mineralogiya kabi ilmlarda ijod qilgan. Olimning ayniqsa «Axloqi Nosiriy» nomli pedagogik asari mashhurdir. Buyuk olim, tabib, tasavvuf falsafasining yirik vakili, kubroviya mashoyixlaridan biri Aziziddin Nasafiy (1220-1305), Shayx Najmiddin Kubro va Ibn al - Arabiy ta’limotlarini o’zaro bog’lagan, o’zining 22 risoladan iborat «Al-inson al-komil» («Komil inson») asarini yaratadi. Bu as ar olam va odam birligi ta’limoti mohiyatini tashkil etadi. XIII-XIV asrning 2-yarmida fors tojik adabiyoti namoyondasi, mashhur mutafakkir adiblardan yana biri Muslihiddin Sa’diy Sheroziy (1184-1293)dir. U o’zining «Bo’ston» va «Guliston» deb nomlangan axloqiy-falsafiy va didaktik asarlari bilan fors-tojik adabiyotining taraqqiyotida o’chmas iz qoldirgan. Buyuk tasavvuf shoiri Jaloluddin Rumiy (1207-1272) o’zining o’ttiz olti ming baytdan iborat «Masnaviy ma’naviy»sini yaratadi. Bu 29 asarda u so’fiylik falsafasining asoslarini sodda va ayni paytda murakkab bo’lgan hikoyatlarda talqin etdi. O’z davrining buyuk adiblaridan biri Amir Xusrav Dehlaviy (1253-1325) Nizomiy Ganjaviydan s o’ng «Xamsa» asarini yaratib, Sharq adabiyotida xamsachilikni an’ana shakliga kiritgan shoir, musiqashunos mutafakkir hisoblanadi. Buyuk shoir Ziyovuddin Naxshabiy (1263-1350)ning fors, urdu va hind tillarida yaratgan adabiy falsafiy hamda tabobat ilmiga tegishli qator asarlarining deyarli barchasi bizning davrimizga qo’lyozma sifatida yetib kelgan. Ularning eng mashhuri fors tilida bitilgan «To’tinoma»dir. Forsiy tilda ijod qilgan shoir, mutafakkir va faylasuf Pahlavon Mahmud hamda turkiy tilda ilk bor payg’ambarlar tarixi qissasini yaratgan Nosiriddin Burhoniddin Rabg’uziy va boshqalar ham shu davrda yashab ijod etgan. Undan tashqari XIII asrning 2-yarmidan boshlab tarixnavislik ham rivojlandi. Jumladan, Shahobiddin Muhammad ibn Ahmadan- Nasaviy (vaf. 1249)ning «Siyrat as-sulton Jaloliddin Munkburniy» 1 va Minhojuddin Abu Umar Usmon ibn Muhammadal-Juzjoniy (1193- 1262)ning «Tabaqoti Nosiriy» (Nosirga atalgan tabaqalar) asari, Al- Juvayniy – Oloviddin Atomalik ibn Bahouddin Muhammadning «Tarixi jahonkusho», Rashiduddin ibn Fazlulloh ibn Imoduddavla Abulxayral Hamadoniy (1247-1318)ning jahon tarixini o’z ichiga olgan «Jome’ ut-tavorix» («Tarixlar majmuasi») 2 kabi tarixiy asarlari yaratildi. Ushbu asarlarda bayon etilgan XIII asr boshlaridagi ijtimoiy- siyosiy hayotiga oid ma’lumotlar benihoyat qimmatlidir. Tarixiy manbalarga murojaat etadigan b o’lsak, Ibn al-Asirning (1160-1234) «Al-komil fit-tarix» («Mufassal tarix») asari Sharq mamlakatlari x alqlari, shuningdek, O’rta Osiyo xalqlari tarixini o’rganishda alohida ahamiyat kasb etadi. Asar 12 jilddan iborat bo’lib, dunyoning «yaratilishi»dan to 1231 - yilga qadar Sharq mamlakatlarida bo’lib o’tgan ijtimoiy-siyosiy voqealarni yilma-yil bayon etib beradi. Asarning, ayniqsa mo’g’ullar istilosiga bag’ishlangan XII jildi alohida e’tiborga molik bo’lib, O’rta Osiyo 1 Шиҳобиддин Муҳаммад ан-Насавий. Султон Жалолиддин Мангуберди. -Тошкент: O’zbekiston, 2006. – 384 б. 2 Рашидиддин Фазлуллоҳ. Жомеъ ут-таворих. //Ўзбекистон Тарихи: Хрестоматия. – Т., 2014. – Б 137-138 30 hamda Sharq mamlakatlarining XIII asrning birinchi choragidagi ijtimoiy- siyosiy tarixini o’rganishda asosiy manba vazifasini o’taydi. Yoqut al-Hamaviyning «Mu’jam al-buldon» (Mamlakatlar qomusi) asari qomusiy xarakterga ega bo’lib, unda O’rta Osiyo xususida qimmatli ma’lumotlar mavjud. Asarda mo’g’ullar istilosigacha bo’lgan davr tarixi, madaniy hayoti (taniqli shaxslar, ularning faoliyati) to’g’risida hikoya qiluvchi ma’lumotlar to’plangan. Alouddin Otamalik Juvayniy (1226- 1283) Mo’g’uliston, O’rta Osiyo, O’zbekiston hamda Eronning XIII asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixidan hikoya qiluvchi «Tarixi Jahonkushoy» («Jahongir (Chingizxon) tarixi ») 1 nomli shoh asari bilan shuhrat topdi. Asar 1260 yilda yozib tugallangan. Asar uch qismdan iborat: 1) Mo’g’ullar; ularning Chingizxon (1246-1249) davrigacha , shuningdek, Jo’chixon, Chig’atoyxon va avlodlarining tarixi; 2) Xorazmshohlar va Xurosonning mo’g’ul hukmdorlari davridagi (1258 yilgacha) tarixi; 3) Eronning 1256-1258 yillardagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, shuningdek, Ismoiliylarning diniy- harbiy uyushmasi va Ismoiliylar davlati (1090-1258 yy.) tarixi. O’rta Osiyo tarixining XIII asrlarning ijtimoiy-siyosiy holatini o’rganish uchun bu asarning I-II qismlari alohida qimmatga ega. Asarning Xorazm va Xorazmshohlar tarixiga oid (II qism), Movarounnahr va Sharq iy Turkiston tarixi, shuningdek, Mo’g’uliston haqidagi xabarlar asosan muallifning bu mamlakatlarga qilgan sayohatlari vaqtida to’plangan ma’lumotlar asosida yozilgan. Faxriddin Abu Sulaymon Dovud ibn Abulfazl Muhammad Banokatiy(vafoti 1330)ning jahon tari xini o’z ichiga olgan «Ravzat ulil-albob fi tavorix al-akobir va-l – ansob» («Akobirlar va asil (kishilar ») tarixi xususida oqillar bog’i») 2 nomli asari bilan mashhur bo’ldi. Asar muqaddima va to’qqiz qismdan iborat. To’qqizinchi qismda, m o’g’ullarning tarixi va ularning istilochilik yurishlari bayon etilgan . Xullas, Banokatiyning mazkur asari O’rta Osiyonning XIII- XIV asrning birinchi choragidagi tarixi, geografik holati va aholisining turmushini o’rganishda muhim manbalardan hisoblanadi. 1 Жувайний. Тарихи жаҳонгушой. // Қўлёзма, ЎзФАШИ № 12148; №610; № 4597. 2 Банокатий. Равзат ули-л-албоб фи таворих ал-акобир ва-л-ансоб. // Қўлёзма, ЎзФАШИ № 7330. 31 O’rta Osiyo, balki o’rta asr butun musulmon Sharqi tarixida muhim bo’lgan Xorazm davlatchiligi tarixining eng murakkab va fojiaviy davrini yoritishda Shahobiddin Muhammad an-Nasafiyning «Siyrat as-sulton Jaloliddin Mankoberti» («Sulton Jaloliddin Mangubertiy (yoki Mankubirni) hayotining tafsiloti ») asari muhim o’rin egallaydi. Aytish joizki, Ibn al-Asir, Nasaviy va Juzjoniylar Chingizxon, uning harbiy boshliqlarining yurishlari tarixini to’la bayon etmaganlar. O’rta Osiyoning XIII asri tarixini to’liqroq bayon qiluvchi asarlardan yana biri Abulfazl ibn Muhammad Jamoliddin Al- Qarshiyning «Al-Mulxaqot bi-s-Suroh» («Suroh lug’atiga ilovalar») asaridir. Ushbu asar Chig’atoy ulusidagi (1227-1370) Qayduning vorisi Chopar 1 hukmronligi davrida bitilgan hamda mahalliy musulmon olimig a tegishli, mo’g’ullar hukmronligi davrida ayni shu usulda yozilgan yagona tarixiy asar hisoblanadi. Aynan shuning uchun mazkur asar mo’g’ullar hukmronligi davrida (1218-1370) O’rta Osiyo va Sharqiy Turkiston tarixi, hamda madaniy hayotini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi 2 . Jamol al- Qarshiy O’rta Osiyo tarixshunosligida musulmon namoyondasi, tarixchi, adabiyotshunos hamda tilshunos sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Asarni Chig’atoy ulusi va Qoshg’ar madaniyati tarixiga bag’ishlangan ensiklopedik xarakterga ega bo’lgan mustaqil asar deb hisoblasak, mubolag’a bo’lmaydi. Unda mo’g’ullar davridagi diniy va dunyoviy hayot, islom madaniyati markazlari, O’rta Osiyo shaharlarining olimu-ulamolari, fozilu- fuzalolari haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lishimiz mumkin. Asarda shuningdek, avtobiografik x arakterdagi ko’plab ma’lumotlarga duch kelish mumkin. O’lkaning har bir shahrida hayot qaynab, savdo-sotiq, hunarmandchilik g’oyatda rivojlangan. Hunarmandlar ishlab chiqargan turli xildagi gazlamalar, zargarlik buyumlari, kiyim- kechaklar, gilam- poyondoz, teri, jun, yog’-moy, sovun, qurol-aslaha, egar-jabduq lar, ho’l meva, quruq meva, ipakliklar, javohirlar va 1 Чопар ибн Қайду ибн Қистой ибн Ўқтой – 1302 йилда тахтга ўтирган. 2 Мирза Мухаммад Хайдар. Тарих-и Рашиди / Введение, перевод с персидского А. Урунбаева, Р. П. Джалиловой, Л. М. Епифановой. – Ташкент: Фан, 1996. – С. 611. 32 boshqa ko’plab mahsulotlar ham ichki bozorda, ham tashqi bozorda xaridorgir bo’lgan. O’rta Osiyoni ta’rif etar ekan, bir vaqtlar ushbu zamindan o’tgan Yoqut Hamaviy: «Uning barcha viloyatlarida yurasanmi, yo bozorlarida yurasanmi – buning farqi yo’q. O’ylaymanki, Xorazm singari bepoyon va keng ye r, shu singari aholisi ko’p yurt dunyoda bo’lmasa kerak», – degan hayratomuz so’zlarni yozgandi. Yoqut Hamaviy Xorazm, Movarounnahr va Xuroson viloyatlarini o’zaro olib borilgan savdo-sotiq munosabatlari taraqqiyot uchun muhim rol o’ynaganligi va obod shaharlar bo’lganligini ta’kidlagandi 1 . Ushbu davrda ijodining butun islom olamiga tarqalishini xohlagan olimlar o’z asarlarini arab tilida yozar edilar. Hatto, ular mahalliy ehtiyojga ko’ra forscha yozgan asarlarini arabchaga tarjima qilardilar. Bu asrda har ikki tilni bilgan mualliflarning ta’siri ostida ko’pgina arab kalimalari forscha kalimalar o’rnini egallagan, arab tiliga xos ba’zi uslubiy xususiyatlar ham forschaga o’tgan. O’zlari yashagan muhit taqozosiga ko’ra, arabchadan ko’ra forschani yaxshiroq bilgan Movarounnahr va Xuroson sulton va beklari o’z buyurtmalariga muvofiq yozilgan asarlar forscha bo’lishini istar edilar. Xuddi shuningdek, devon ishlarida ham davlatning rasmiy tili sifatida fors tili ishlatilgan, farmonlar shu tilda yozilgan. Keyinchalik kuzatiladiki, fors tili ilm tili sifatida arab tilidan ustunroq mavqega erishdi va bu ahvol XIII asrda yanada kuchaydi. Avvallari arabcha yozilgan ilmiy va tarixiy asarlar bu davrda forschaga o’girildi. Masalan: Narshaxiyning kitobini «ko’pchilik kishilar arab tilida yozilgan kitobni o’qishga rag’bat ko’rgazmaganliklari» sababli do’stlarining iltimosiga binoan arabchadan fors tiliga tarjima qilingan. Sulton Alouddin Muhammad davridagi xorazmshohlar davlatining atoqli arboblaridan Shihobiddin Abu Sa’d ibn Imron al- Xevaqiy mashhur faqih, shofi’iya mazhabining muftiysi edi. Eng zukko va ziyrak odamlar ham unga xizmatkorlikka yarar edi. Sulton juda muhim ishlarda u bilan maslahatlashardi. Uning 1 Ёқут ал-Ҳамавий. Муъжам ал-удабо. Миср, 1925, 1929, 1931; Элмуродов И. Ёқут ал- Ҳамавийнинг «Муъжам ал-удабо» асари X-XII асрлар Хоразм илм-фани ва адабиёти тарихини ўрганишда муҳим манба. Тарих фанлари номзод. дисс. Т., 2002. 33 ostonasida podsholar, vazirlar, amirlar navbat kutib turishar, ul zot esa o’z davrining imomlariga ta’lim berar edi. Shihobiddin Xorazmning beshta madrasasida dars o’qir, faqat darslari tamom bo’lganidan keyin u sultonning hojiblari bilan turli ishlar haqida gaplashar edi. U Xorazmdagi Shofi’iya masjidi qoshida shunday ajoyib kutubxona ochganki, avval ham, keyin ham unga teng keladigani bo’lmagan 1 . Buxoroning mashhur mudarrislaridan biri Muhammad Umar ibn Muhammad Qutbiddin ibn Umar al-Ansoriy al-Aqliy al-Buxoriy edi (vaf. 1220). U Buxorodagi eng obruli shayx-mudarrislardan hisoblangan. Madrasa mudarrisligi obr o’li mansab bo’lib, ba’zan iste’foga chiqqan yuqori martabali amaldorlar mudarris bo’lib ishlar edilar. Sulton yangi madrasalar qurilishini odatda taniqli din arboblariga topshirar edi. Masalan, Xurosondagi bir madrasa qurilishi muftiy va imom Aziziddin Alp Balxiyga, Nishopurdagi bir madrasa qurilishi – muftiy va mudarris imom Faxriddin Abu Sobit Abdulaziz ibn Abduljabbor Kufiyga topshirilgan. XIII asrda Buxoroning Dehqon tumanida Xizonatul-kutub Dorul-fuqaro – xalq kutubxonasi ochilgan bo’lib, bu yerda nodir qo’lyozmalar saqlanar edi. Xorazm va Xuroson shaharlarida mumtoz fors she’riyati namunalari uslubiyoti asosida turkiycha she’rlar yozilgan, arabcha va forscha asarlar turkiychaga ham tarjima qilingan. Bu jarayon mo’g’ul istilosidan so’ng ham davom etdi. Ushbu mutafakkirlar va ular asarlarining ta’lim-tarbiyaviy jihatlari shaxsning shakllanishi, rivojlanishi va kamolotiga qaratilgan edi. Jumladan, asarlarda shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar – nasl, muhit, ta’lim-tarbiya, mezonlar – insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, haqsevarlik, ilmlilik hamda komponentlar: tan, aql, ruh, muloqotning o’rni va ahamiyati ilmiy asoslanganligini ko’ramiz. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling