Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi
shayxlar
– Najmiddin Kubro (1145-1221),Fariduddin Attor (1148-1221 ), Majididdin Bag’dodiy (1150-1219), Bahovuddin Valad (1152- 1231), Muslihiddin Sa’diy (1184-1292), Shams Tabriziy (1185- 1248), Sayfiddin Boxarziy (1190-1261), Sa’diddin Hamaviy (1191- 1252), Jaloliddin Rumiy (1207-1273), Najmiddin Roziy (vaf. 1278), Hasan Bulg’oriy (1208-1273); Hazrat Sayyid Amir Kulol (1288- 1370); 11 huquq ijodkorlari – Muhammad Izzuddin Xorazmiy (vaf. 1250), Abdulmanoqib Zanjaniy (vaf. 1258), Shamsuddin Xusravshoxi (1184-1252); tarixchilar – Ibn al-Asir (1160-1244), Shahobiddin Muhammad an-Nasafiy (1177 -1249), Yoqut al-Hamaviy (1179-1229), Minhojuddin al-Juzjoniy (1193-1262), Alouddin Otamalik Juvayniy (1226-1283), Fazlulloh Rashididdin (1247-1318), Nosiruddin Burhoniddin Rabg’uziy (1250-1330); faylasuf olimlar – Shaxobiddin Suxravardiy (1145-1294), Sirojiddin Urmaviy (1198-1283), Nosiriddin Tusiy (1201-1274), Aziziddin Nasafiy (1220-1305), Mahmud Shabustariy (1287-1320); adabiyotshunos, shoirlar – Ahmad Yugnakiy (XII-XIII), Avfiy Buxoriy (1177-1233), Sayfiddin Isfarangiy (1261 yilda vafot etgan), Yunus Emra (1240-1321), Pahlavon Mahmud (1247-1326), Rukniddin Qubaviy (XIII), Xusrav Dehlaviy (1253-1325), Ziyovuddin Naxshabiy (1263-1350) ijodi, ilmiy faoliyati tahsinga sazovordir. Ularning ilmiy merosi Sharq xalqlari qalbida kelajakka ishonch, insonparvarlik, ma’naviyat o’chog’ini yoqdi. Ushbu davr allomalari arab, fors va turkiy tillarda ijod qildilar. Asarlarida diniy va dunyoviy qarashlarni yoritib, insonning kamoloti va kelajagi haqida qayg’urdilar. Nafsni tiyish, manmanlik va takabburlikka berilmaslik, ilm egallashi, uztoz va shogird munosabati, ajdodlar merosiga sadoqat, ota-ona va qavm-qarindoshga hurmat, oila madaniyati, vatanparvarlik hamda insonparvarlik g’oyalarini tarannum etdilar. Ushbu o’quv qo’llanmada: – Mo’g’ullar hujumi arafasida Movarounnahr, Xuroson va Xorazmda ijtimoiy- ma’naviy hayot; Mo’g’ullarning Movarounnahr, Xuroson va Xorazmga istilochilik yurishlari; Temur Malik jasorati; Buxoro va Samarqandning bosib olinishi; Gurganj (Urganch) qamali; Najmiddin Kubro jasorati; Jaloliddin Manguberdi – Vatan himoyachisi; Uning Xurosondagi faoliyati; Mahmud Yalavoch; Mahmud Torobiy qo’zg’oloni; Mas’udbekning noib etib tayinlanishi; – Buxoro, Samarqand, Xorazmda ta’lim tizimi, maktab va madrasalar, ta’lim maqsadi, shakl, metod va vositalari, ustoz va shogird munosabatlari haqida; 12 – Xalq pedagogikasi: hajviya, latifa, hikoya va xalq rivoyatlarida vatanparvarlik, insonparvarlik g’oyalari; Muhammad Avfiy Buxoriyning «Javome’ ul-hikoyot va lavome’ ul-rivoyot» («Hikoyatlar to’plami va rivoyatlar ziyosi»); – Alohida ta’kidlab o’tish joizki, ijtimoiy-siyosiy beqaror davrda ham ijodkor va iste’dodli shaxslar, shoir-u – yozuvchilar, fuzalo va olimlar, me’morlar, san’at ahli ma’naviy hayot sohalariga o’z asarlari bilan hissa qo’shganlar. Shuning uchun ushbu asrda yashab ijod qilgan Najmiddin Kubro (1145-1221), Muslihiddin Sa’diy Sheroziy (1184- 1292), Nosiriddin Tusiy (1201-1274), Jaloliddin Rumiy (1207-1273), Aziziddin Nasafiy (1220-1305), Pahlavon Mahmud (1247-1326), Nosiruddin Burhoniddin Rabg’uziy (1250-1330), Xusrav Dehlaviy (1253-1325), Ziyovuddin Naxshabiy (1263-1350) kabi buyuk siymolarning hayotiga alohida e’tibor qaratilib, ijodidan namunalar keltirilgan hamda pedagogik qarashlari yoritilgan. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling