Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar: San’at, hunarmandchilik, din, ma’rifat, siyosiy- ijtimoiy muhit, madaniy hayot, vatanparvarlik, ma’naviy meros, tarixnavislik.
13 1 – MAVZU. XIII ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI YARMIGACHA MOVAROUNNAHR VA XUROSONDA IJTIMOIY VA MADANIY HAYOT Tayanch iboralar: San’at, hunarmandchilik, din, ma’rifat, siyosiy- ijtimoiy muhit, madaniy hayot, vatanparvarlik, ma’naviy meros, tarixnavislik. XIII asrda Movarounnahr va Xurosonda ijtimoiy hayot. IX- XII asrlarda Movaroun nahr va Xurosonda sodir bo’lgan siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy o’zgarishlar mamlakat madaniy hayotiga ham kuchli ta’sir etdi. Movarounnahr istilo qilingach, zabt etilgan o’zga mamlakatlar qatorida, bu o’lkada ham faqat islom dinigina emas, balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki arab tili xalifalikning ham davlat, ham fan tili edi. Shu boisdan arab tilining o’rni va ahamiyati oshib, uni o’zlashtirishga bo’lgan intilish kuchli bo’ldi. Arab tiliga bo’lgan ehtiyoj va intilish tufayli ko’p vaqt o’tmay Movarounnahrda arab tili va yozuvini yaxshi o’zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo’ldi. Davlatni boshqarishda Abbosiylar ma’muriyati ayniqsa ko’plab bilimdon siymolarga muhtoj edi. Chunki arablar orasida bu paytda davlat boshqaruvi ishlariga yaroqli bo’lgan bilimdonlar hali oz, bori ham zaif edi. Movarounnahr va Xurosonda shakllantirilgan islom madaniyati va huquqiy qadriyatlari jamiyat hayotining turli jabhalari: sud-huquq, til, adabiyot, maorif, din, axloq va maishiy hayotning boshqa qator sohalarid agi an’analarga, mahalliy shart-sharoitlarga muvofiq tartibda kishilarning turmush tarziga kirib bordi. Bag’dod shahri Sharqning yirik ilm va madaniyat markazi edi. I X asrda bu shaharda «Bayt ul-Hikma» tashkil etilgan edi. «Bayt ul- H ikma»da katta kutubxona, Bag’dod va Damashqda astronomik kuzatishlar olib boriladigan rasadxonalar mavjud edi. Bu ilm dargohiga jalb etilgan tolibi ilmlar tadqiqotlar bilan bir qatorda qadimgi yunon va hind olimlarining ilmiy merosini o’rganish va asarlarini arab tiliga tarjima qilish bilan shug’ullanardilar. Al Xorazmiy, Ahmad al- Farg’oniy, Ahmad al-Marvaziy, al-Abbos 14 Javhariy va Yahyo bin Abi Mansur kabi Movarounnahr va Xurosonlik olimlar ijod qilib, o’rta asr ilm-u faniga katta hissa qo’shadilar. Dunyoviy fan olimlari bilan bir qatorda bu davrda movarounnahrlik muhaddis ulamolarning ham islom ta’limotining takomili yo’lida xizmati katta bo’ldi. Bu borada ayniqsa Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810-870), uning zamondoshi va shogirdi Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824- 894)larning hissasi nihoyatda buyukdir. IX asrning ikkinchi yarmida xalifalik hukmronligi tugab, Somoniylar boshqaruvining qaror topishi bilan madaniy hayotning rivoji uchun keng yo’l ochildi. Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv va Nishopur kabi shaharlar ilmiy va madaniy markaz sifatida taraqqiy eta boshladi. Movarounnahrning madaniy hayotida uyg’onish davri boshlandi. Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Balx, Nishopur kabi markaziy shaharlarda kutubxonalar, kitob do’konlari qurildi. Somoniylar davrida siyosiy barqarorlik va iqtisodiy ko’tarilish, keyinchalik Xorazmning yuksalishi, madaniy hayotning ravnaqiga imkon berdi. Movarounnahr va Xuroson jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan buyuk siymolarni o’z bag’rida tarbiyalab, kamolotga yetkazdi. 1004-yil «Dorul hikmat va maorif» («Hikmat va maorif uyi») – «Ma’mun akademiyasi» shakllangan. Uning asosini Abu Nasr ibn Iroq (vaf. 1034), Abulhayr ibn Hammor (991-1048), Abu Sahl Masihiy (970-1011), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu Ali ibn Sino (980- 1037) va boshqalar tashkil etgan. Ularning ilmiy faoliyati tufayli Mavoraunnahr va Xuroson badii y san’ati, adabiyoti, astronomiyasi, matematikasi, sug’orish madaniyati yutuqlari jahon tamadduni xazinasiga kirgan va butun insoniyat manfaatlariga xizmat qila boshlagan. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling