Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi
Naqqoshlik va o’ymakorlik
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Musiqa san’ati.
Naqqoshlik va o’ymakorlik. IX-XIII asr boshlarida
me’morchilik bilan birga naqqoshlik va o’ymakorlik san’ati ham ancha rivoj topadi. Imoratni o’ymakor ustun va to’sinlar, devorlarini bo’yoqli yoki ganchkori naqshlar bilan bezash keng tarqaladi. Bu davrga kelib naqqoshlik va tasviriy san’at o’zgacha tus oladi. Endilikda jonli mavjudotlarni tasvirlashdan murakkab geometrik va islimi gulli naqshlar ishlashga o’tiladi. Imoratning peshtoqi, eshigi va devorining ayrim qismlari turli mazmundagi bitiklar bilan qoplanar edi. Xattotlik. Bu davrda xattotlik xalq san’atining muhim va keng tarqalgan sohalaridan biri edi. Hali kitob bosish kashf etilmaganligi, qo’lyozma kitoblarning nusxalari faqat qo’lda ko’chirilishi tufayli xattotlik san’ati ancha rivoj topdi. Turli uslubda husnixat bilan bitilgan xattotlik namunalari me’moriy naqshlarda ham hayotiy mazmun va estetik zavq beruvchi bezak sifatida ishlatiladi. Shunday qilib, IX-XIII asr boshi me’morchiligi va unda ishlatilgan naqsh uslublari, xattotlik 16 namunalari o’z navbatida mehnatkash aholining did-nafosat, binokorlik g’oyalari va sermazmun ijodini yaqqol namoyon etadi. Musiqa san’ati. IX-XIII asr boshlarida musiqa san’ati ham g ’oyat taraqqiy qiladi. Bayramlar, to’ylar, xalq sayillari va boshqa marosimlar, shubhasiz, kuy va qo’shiqsiz o’tmas edi. Bu davrda sozandalar ud, tanbur, qo’biz, rubob, nay, surnay, karnay, qo’shnay va qonun kabi g’oyat xilma-xil torli, zarbli va puflab chalinadigan cholg’u asboblaridan keng foydalanganlar. Xalq kuylari asosida keyinchalik tojik va o’zbek xalqlarining mumtoz kuyi «Shashmaqom» uchun poydevor bo’lgan «Rost», «Xusravoniy», «Boda» «Ushshoq», «Zerafkanda», «Buslik», «Sipohon», «Navo», «Basta», «Tarona» kabi yangi- yangi kuylar ijod etilgan. Bu soz va kuylarning ko’pi o’zbek va qardosh xalqlarining madaniy merosi tarzida hozirgi kungacha saqlanib kelmoqda. Musiqa san’ati she’riyat hamda musiqashunoslik ilmi bilan uzviy bog’langan holda taraqqiy etadi. XIII asrda bastakor, musiqa nazariyotchisi Safiuddin al-Urmaviy mashhur bo’ldi. Yaqin va O’rta Sharq mumtoz musiqa nazariyasida XIII asrga qadar Maqomlar soni aniq belgilanmagan edi. Safiuddin al- Urmaviy musiqa nomlaridagi parda tuzilmalarini ilmiy tas niflab, o’n ikki maqom tizimini ishlab chiqqan. Darvishali Changiyning musiqa risolasida ta’kidlanishicha, Safiuddin al-Urmaviy butun Sharqda mashhur o’n ikki maqom tizimini sozanda, bastakor, musiqashunos, shoir Devonai Gulxaniy (XIII asr o’rtalari – Bag’dod – XIV asr boshlari) taklifi bilan ishlab chiqqan. Devonai Gulxaniy ko’pgina naqsh, savt, peshrav, debocha kabi shakllarda asarlar yaratgan. Ushbu tizim birmuncha takomillashtirilgan holda qariyb XVII asrga qadar qo’llanib kelingan. Safiuddin al-Urmaviy tomonidan ud cholg’u asbobi pardalariga mo’ljallab yaratilgan 2 xil tabulaturalar ma’lum bo’lgan. Ular jadval shaklida bo’lib, tovushlar balandligi turli xarflar bilan, davomiyligi esa raqamlar (yoki nuqtalar) yordamida ifodalangan. Din. IX- XIII asr ma’naviy hayotida islom dini muhim o’rin egallaydi. Bu davrda musulmon Sharqida keng tarqalib, jahon dini darajasigacha ko’tarilgan islom dini va shariati musulmon dunyosining mafkurasiga aylandi. Movarounnahr aholisi islom dinini qabul qilib, shariat ahkomlarini bajarishga, arab tili va yozuvini o’rganishga kirishdi. Markaziy shaharlarda qator masjid va madrasalar 17 qad ko’tardi. Movarounnahrda birinchi madrasa X asrda Buxoroda ochilgan. U «Farjak madrasasi» deb atalgan. XIII asrga kelib esa Buxoroning Darvoza mahallasida hatto qonunshunoslar uchun maxsus «Faqihlar madrasasi» qurilgan. Bunday oliy dorilfunun asosan islom dini ta’limotining asosiy manbalari: Qur’oni Karim, hadisi sharif va arab tilini mukammal o’rganishga katta e’tibor bergan. Shariat ahkomlarini har tomonlama chuqur o’rgatishda «Tafsir» – Qur’oni Karimning sharhlari juda boy va qimmatli manba hisoblangan. Fiqh fani (islom huquqshunosligi) axloq va shariat ahkomlari borasida mukammal ma’lumot beradi. Islom dini ta’limotining ravnaqi va targ’ibotining kengayishida, ayniqsa, Buxoro shahri mar kazga aylandi. Buxoro madrasalaridan juda ko’p yetuk fiqhshunos olimlar, qozilar, imomlar yetishib chiqdi. Shu boisdan Buxoro IX asrdan boshlab «Qubbat ul-islom» - «Islom dinining gumbazi» nomi bilan shuhrat topadi. Bu xususida tasavvufshunos olim, professor N.Komilovning fikrlari ahamiyatlidir. «XIII asr boshlarida tasavvuf tarixida alohida bir mahsuldor davr bo’ldi. Bu davrga kelib, tasavvuf ham nazariy-ilmiy nuqtai nazardan, ham amaliy harakatchilik nuqtai nazari dan o’zining yuksak cho’qqisiga ko’tarilgan edi. Ayniqsa, Muhiddin Ibn al-Arabiy, Yahyo Suhravardiy, Najmiddin Kubro kabi mutafakkir shayxlar, Farididdun Attor, Ahmad Yassaviy, Jaloliddin Rumiy kabi ulug’ so’fiy shoirlar tasavvuf ilmining doirasini kengaytirdilar, uni hikmat bilan boyitdilar. Tasavvuf Sharq fikriy taraqqiyotidagi ko’p asrlik tajribalarni qamrab olib, uni rivojlantirdi, din va falsafa, hikmat va vahdat, kalom va hadis ilmlarini birlashtirdi, ilohiy ilmlar bilan dunyoviy ilmlarni o’zaro bog’lashga harakat qildi. Natijada tasavvuf Sharq kishisining tafakkur tarzi va axloq normasini belgilaydigan hodisaga aylanib qoldi 1 ». Tasavvuf ta’limotining buyuk siymolaridan biri Najmiddin Kubro (1145- 1221) edi. U Xorazmda «Kubraviya» tariqatiga asos soladi . Yassaviy tariqatidan farqli o’laroq, Kubraviya tariqatida tarkidunyochilik rad etil adi. Kamolot yo’lida olib boriladigan mashaqqatli mehnat jarayonida bu dunyo noz- ne’matlaridan bahramand bo’lishning joizligi g’oyasi ilgari suriladi. Ushbu tariqatning j avonmardlik g’oyasi xalqqa va Vatanga bo’lgan 1 Тасаввуф/ Н.Комилов; - Т.: “Movarounnahr” – “O’zbekiston”, 2009. – 15 б. 18 muhabbatni, har qanday og’ir damlarda ham omma bilan birga bo’lish, Vatanni mudofaa qilish va uning mustaqilligi uchun kurashni targ’ib etadi. XIII asrlarga kelib Xorazmshoh (Anushteginiy)lar (1077 –1231) hukmro nligi ostida bo’lgan Movarounnahr markaziy shaharlarida yangi masalalar bo’yicha fatvolar berilib, majlislarda ixtilofli masalalar o’zaro bahs-munozaraga sabab bo’ldi. Natijada, faqihlar muayyan yechimlarga asoslangan fatvolarni tartibga soldilar, qator allomalar, fiqh va huquqiy hujjatlar tuzishning metodologik hamda amaliy sohalariga oid asarlar yozdilar. Movarounnahr faqihlari chiqargan fatvolarning anchagina qismida muammoga yondashuvning o’lkaga xos shart-sharoitlar va an’analardan kelib chiqqanligini kuzatish mumkin. Shuni inobatga olish kerakki, o’lkada markazlashga shaharlarning shakllanishi savdo-sotiq, pul va mulk munosabatlariga tegishli fatvolar ko’lamining ortishi bilan xarakterlanadi. Movarounnahrlik faqih va qozilar oila-nikoh munosabatlariga ham ko’p o’rinda murojaat etganlar. Shunisi qiziqki, ular nikohdan ko’ra ko’proq taloq masalalarini yechishga e’tibor qaratganlar. Ushbu munosabatni oilaning mustahkamligi va uni saqlab qolishga intilish bilan asoslash mumkin. Movarounnahrning X-XIII asrlardagi voqeligini aks ettirgan bu qarorlar va rasmiy hujjatlarga bag’ishlangan asarlari o’z davrida yuksak qadrlanib, mintaqaning o’zida va undan tashqari hududlardagi qozilik devonlarida qo’llanma sifatida foydalanildi. Islom o’lkalarida X-XIII asrlarda faoliyat yuritgan faqih va qozilar musulmon dunyosining huquq ijodkorlari bo’lib, ijodiy va amaliy faoliyatlarining bosh mezoni mulkchilik, savdo-sotiq, ijtimoiy- axloqiy munosabatlarni huquqiy jihatdan asoslash, tartibga solish va mustahkamlashga erishish bilan belgilanadi 1 . XIII asr boshida Xorazmshohlar hukmdori Sulton Muhammad Oloviddin davriga kelib yangi hududlar bosib olinib, o’z chegaralari maydoni 1203 – yili G’o’r, 1204 – yili Hirot, 1207 – yili Buxoro, 1212 – yili Samarqandni bosib olinishi hisobidan toboro kengayib 1 Бекмирзаев Илхомжон Исроилжонович. X-XIII асрлар Мовароуннаҳр ижтимоий муносабатларига оид процессуал ва нотариал ҳужжатлари (07.00.05 – ислом тарихи ва манбашунослиги) тарих фанлари доктори (DSc) диссертацияси автореферати - Тошкент – 2017 йил 19 bormoqda edi. 1212 – yilga kelib xorazmshoh Anushteginiylar davlati s harqning eng buyuk davlatiga aylanib, o’z ichiga Movorounnahr, Xuroson, Mozandaron, Kirmon, Iroqi Ajam, Ozarbayjon, Seyiston, G’azna, Balx, Qandahor o’lkalarini olgan edi. Badavlat Movarounnahr, Xuroson va Xorazm savdo ahli, o’lkamiz behisob boyliklari, yuqori madaniyatli ajdodlarimiz yaratgan ajoyib me’moriy binolari, qolaversa, qadimiy yurtimizning fayz- u tarovati mo’g’ullarni ham anchadan beri o’ziga jalb qilgan. XIII asr boshlariga kelib, mo’g’ullarning qiyot bo’rjig’inlar qabilasi sardori Temuchin 1 ko’plab qabilalarni bo’ysundirib, boshchilikni qo’lga olgach, 1206 – yilda bo’lib o’tgan qurultoyda «Chingizxon» unvoni bilan oliy mo’g’ul hukmdori – xon deb ko’tariladi va shundan e’tiboran Chingizxon qo’shinining ko’chmanchi xalqlar va o’troq davlatlarni bosib olishdan iborat yurishlari boshlanadi. Mo’g’ullar davlatida qurultoydan avvalroq 1203 – yildayoq hali bir tizimga ega bo’lmagan qonunlar to’plami vujudga kelib, u o’z ichiga yorliqlar (buyruqlar), yasoq (qonunlar), bilik (nasihat)larni o’z ichiga olgan bo’lib, ayniqsa «Yasoq» o’z ichiga quyidagilarni kiritgan: xalqaro, shaxsiy va sud huquqlari. «Yasoq»qa qarab ish tutish qat’iy belgilab qo’yilgan bo’lib, undagi qonunlar mo’g’ullarning qadimiy urf- odatlari, an’analari, mavjud siyosiy tuzum mohiyatidan kelib chiqqan holda keskin va juda qattiq tarzda, patriarxal harbiy tuzumni o’zida aks ettirgan ravishda tuzilgan edi. ««Yasoq» qonunlarining asosiy yo’nalishi quyidagilardan iborat bo’lgan: 1. Hukmdor (xon) «Yasoq»da qat’iy rioya etish xususida qasamyod qilishi, amal qilmagudek bo’lsa, xonni umrbod qamash mumkin bo’ladi. 2. Chingizxon mo’g’ullar orasida diniy adovat kelib chiqmasligi uchun barchaga to’la diniy erkinlik beradi. Ruhoniylar soliqdan ozod etiladi. 3. Ayollar naslni davom ettiruvchi bo’lganliklari uchun ham urush vaqtida ularning gunohlari kechirilishi lozim. 1 Тошов Н. Алоуддин Жувайниийнинг «Тарихи жаҳонгушо» асари – Марказий Осиёнинг XII-XIII асрлар тарихига оид муҳим манба. Тарих фан. ном… дисс. – Тошкент, 2004. –Б.39. 20 4. Jazolash darajasi sifatida o’lim jazosini eng ko’p miqdorda qo’llash belgilangan. 5. Bosib olinayotgan mamlakatlar xalqiga butkul rahm-shafqat qilmaslik ta’kidlangan» 1 . Ana shunday qonunlar ostida qariyb XIII asr oxiriga qadar davom etgan istilolar Chingizxon hukmronligi davrida va uning vafotidan keyin ham davom etdi. Natijada qirqqa yaqin davlat mo’g’ullar tomonidan bosib olindi. Shu jumladan, O’rta Osiyo hududi 1219 – 1221 yillarda istilo qilindi. Chingizxon davlati Xitoyni bosib olishidan avval Xorazmshoh Muhammadning sharqda joylashgan davlatlar qiziqtirgan, Xitoy tomoniga harbiy yurish qilish niyati bo’lgan. Chingizxonning Xitoyni bosib olganligi to’g’risidagi xabarni eshitgan Xorazmshoh bu voqeaning to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini bilib kelish uchun Chingizxon huzuriga o’zining mashhur elchisi Sayid Bahoviddin Roziyni yuboradi. Bu har ikkala hukmdor davlatlari o’rtasida elchilik munosabatlarining o’rnatilishiga asos bo’ldi. O’z navbatida, Chingizxon ham javob tashrifi bilan o’z savdo karvonlarini elchilar bilan Xorazmshoh yurtiga yuborgan. Bu elchilarga taniqli savdogar Mahmud Yalavoch al-Xorazmiy, Aliakbar Xo’ja al-Buxoriy va Yusuf Kenka al- O’troriylar boshchilik qilgan edilar. Xorazmshoh Muhammad elchilarni 1218 – yilning bahorida Buxoroda kutib oladi. Lekin Muhammadga Chingizxonning «o’zining eng ardoqli o’g’illari qatorida» ko’rishni bayon etgan qismi yoqmaydi. Albatta, o’zini «Iskandari Soniy», «Allohning yerdagi soyasi» 2 deb yer-u ko’kka qo’yarga joy topmay yurgan Xorazmshoh Oloviddin Muhammad yana kimsan bir sahroyi, g’ayri din Chingizxonga o’g’il bo’lsa-ya. Xorazmshoh Oloviddin Muhammad yoniga Mahmud Yalavochni chorlab bor haqiqatni bayon etishni, uning xizmatiga o’tib, maxsus josus bo’lib xizmat qilishni buyuradi. O’z hayotidan xavfsiragan Mahmud Yalavoch, muarrix an-Nasafiyning yozishicha, 1 Murtazoeva R.H. umumiy tahriri ostida. O’zbekiston tarixi (Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlaritalabalari uchun darslik) – Т., 2005 – 181-bet. 2 Шарқнинг машҳур сулолалари / Ш.Воҳидов, А.Қодиров. – Тошкент: Akademnashr, 2013. – 191-бет. 21 «sulton eshitishni xohlagan» ma’lumotni aytib, sulton taklifiga ko’nadi. Xorazmshoh unga qimmatbaho javohir sovg’a qilib, Chingizxon bilan shartnoma tuzishga rozi ekanligini bildiradi. Chingizxon Mahmud Yalavoch guruhi xizmatidan, to’plangan ma’lumotlardan mamnun bo’ladi. Zero Yalavoch o’z rahnamosiga sodiq qolib, bor haqiqatni Chingizxonga yetkazgan edi. 1218 – yili yana takror Chingizxon Xorazmga juda katta savdogar va elchilarni yuboradi. Savdo karvoni Urganchga yetib bora olmaydi. U O’tror shahar hokimi Inalxon buyrug’i bilan talanadi va qirib tashlanadi. Xorazmshoh Muhammad tomonidan tashkil etilgan diplomatik munosabat tufayli Chingizxonning O’rta Osiyo hududlariga yurishi boshlanadi. 1219-yilning oxirlarida Chingizxon Xorazmshoh Muhammadga qarshi urush harakatlarini boshlaydi 1 . 1220-yil 7-10 fevralda Chingizxon Buxoroga yetib boradi. Buxoroda bu vaqtga 12 ming janchidan iborat shahar qo’shini va 20 minglik «lashkari berun» (tashqari lashkari) mavjud edi. Qamalning uchinchi kuni Inalxon boshliq lashkar mo’g’ul saflarini yorib o’tib, Amudaryo tomon chekinadi. Buxoroliklar shahar qozisi Badriddinxon boshliq o’z oqsoqollarini Chingizxonning oldiga shafqat so’rab yuboradi. Hijriy 617 (milodiy 1220) yilda muharram oyining boshida mo’g’ullar Buxoroni egallaydilar. Gurxon (Ko’kxon) boshliq 400 mudofaachilar qamalga olingan Buxoro arkida 12 kun davomida mo’g’ullarga qarshi qahramonona kurashadilar. Movarounnahrning qadimiy markazlaridan bo’lgan Buxoroni bir necha kun talon-taroj qiladilar. «Muqaddas kitoblar saqlangan sandiqlarni otlarga oxur sifatida ishlatdilar. Ilm yulduzlari bo’lgan mullalar, shayxlar qullar kabi, e’tiborli mo’g’ul janchilariga xizmatkor qilib, goho esa mo’g’ul baxshilariga masxara uchun berildi ... O’zlarining san’atlari, ilm-ma’rifatlari, nozik tabiatlari va axloqlari go’zal bo’lgan Buxoro baxtsiz va masxara etildi» 2 . Ibn al- Asir (XIII asr)ning yozishicha, «asirlar otliq va qurollangan mo’g’ullar orqasidan piyoda yetib yurolmasa, ko’plari yo’lda ochlik 1 Шарқнинг машҳур сулолалари. – Т., 2013. – 195-бет. 2 Вамбери, Ҳерман. Бухоро ёхуд Мовароуннаҳр тарихи. – Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1990. – 23-бет. 22 va sovuqdan o’lib ketar edilar». Sayohatchi Ibn Battuta (XIV asr) ham o’zining «Sayohatnoma» asarida mo’g’ullar istilosi paytida «Buxoroliklar xor-zor bo’lib, obro’lari qolmadi», 1 – deb ta’kidlaydi. Chingizxon 1220-yil martida Samarkand shahriga yaqinlashadi. Shahar mudofasida 110 ming askar (shuning 60 ming nafari turkiy, 50 ming nafari tojiklar edi) 2 . Shahar noibi Sulton Muxammadning tog’asi Tug’oyxon edi. Chingizxon bu joyga hamma qo’shinlarini yig’adi. U shahar tashqarisida joylashgan Ko’ksaroy qo’rg’onidan turib shaharni qamal qilinishiga boshchilik qiladi. Qamalning beshinchi kuni lashkarboshilar va shahar ahli mo’g’ullarga taslim bo’lishga qaror qiladi. Qozi va shayxulislom boshchiligida mo’g’ullarga vakillar boradi. M o’g’ullar Samarqandning bosh suv inshooti «Jo’yi arzis» (Qo’rg’oshinnova)sini buzib tashlab, shaharni suvsiz qoldiradi. Namozgoh darvozasidan bostirib kirib, barcha istehkomlarni vayron qiladilar. Bir guruh himoyachilar shahar uchun kurash olib boradi. Mo’g’ullar masjidga o’t qo’yadi. Aholining 30 minga yaqin hunarmandlari asirga olinadi. Chingizxon xizmatida bo’lgan Xitoy ruhoniysi Chan Chunning so’ziga qaraganda mo’g’ullar bosqinidan so’ng shaharda ilgarigi aholining chorak qismigina qolgan edi. Shu tariqa Movaraunnahrning poytaxti qadimiy Samarqand yer bilan yakson etiladi 3 . Mo’g’ullarning qattiq zarbasidan keyin ko’pgina shaharlar oyoqqa tur ib, hatto madaniyati gullagan bo’lsa ham, ammo Buxoro va Samarqand ilgarigi ma’naviy hayotiga qaytishiga ancha vaqt kerak bo’ldi. M o’g’ullar istilosiga qarshi xalqning ozodlik kurashida asli turkiy sarkardalardan bo’lmish Temur Malik hamda Xorazmshohlar davlatining so’nggi hukmdori Jaloliddin Manguberdi xizmatlari hurmatga sazovordir. Vatan ozodligi yo’lida jon fido qilgan buyuk ajdodimiz Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi mustaqil O’zbekistonda 1999-yili keng nishonlandi. Xorazmda unga haykal o’rnatildi, yirik ko’cha va maydonlarga uning nomi qo’yildi, 1 Ибн Баттута. Саёҳатнома «Туҳфат ан-нуззор фи ғаройиб ал-амсор ва ажойиб ал- асфор». – Т.: – «Sharq», 2012. – 688 б. 2 Самарқанд тарихи. 2 томлк. Масъул муҳаррир И.М.Мўминов. Таҳрир ҳайъати В.А.Абдуллаева ва бошқ. 1-том. – Т.: «Фан», 1971. – 159-бет. 3 Вамбери, Ҳерман. Бухоро ёхуд Мовароуннаҳр тарихи. – Т., 1990. – 24-бет. 23 videofilm, pyesa va dostonlar yaratildi. 2000-yil, 30-avgustda «Jaloliddin Manguberdi» ordeni ta’sis etildi. XIII asrning ikkinchi yarmi – XIV asrning boshlarida yashagan Rashididdin shunday yozgan edi: «Solnomalarni aql-idrok bilan o’rganish shu haqda guvohlik beradiki inson zoti dunyoga kelgandan buyon mo’g’ul qo’shinlari tomonidan qilingan vayronalar hech bir mamlakatda bo’lgan emas. Chingizxon va uning avlodlariga o’xshab odamlarni ko’p qirgan va ko’p mamlakatlarni bosib olgan hukmdorlar hech qachon bo’lmagan. Hatto, nomi chiqqan jahongashta makedoniyalik Aleksandr ham Chingizxonga tenglasha olmaydi. Chingizxon shoshmay harakat qili b ko’p xalqlarni bo’ysundirdi. Uning o’g’illari va so’ngra avlodlari urushib olingan yerlarni saqlash bilan bir vaqtda boshqa mamlakatlarni ham bosib oldilar. Bosqinchilarning urushlarida yirik shahar va viloyatlarning aholisi shu darajada ko’p o’ldirildiki, tirik qolganlar ozchilikni tashkil etdi. Masalan, Turkiston, Balx, Shaburgan, Talikan, Marv, Saraxs, Hirot, Ray, Hamadon, Qum, Isfahon, Marag, Ardabil, Barda, Gyandja, Bag’dod, Mavsil, Irbil va boshqa bu shaharlarga tegishli viloyatlarda shunday fojea s odir bo’lgan edi. Mo’g’ul qo’shinlari ko’p o’tib turgan viloyatlarda esa odamlar ko’p o’ldirildi yoki ular qochib jon saqladilar. Turar joylari esa kultepaga aylantirildi. Hozirda faqat o’ndan bir qism joylardagina obodonchilik va bunyodkorlik ko’zga tashlanmoqda. To’g’ri ayrim joylarda sun’iy sug’orish, bozorlarni va shaharlarni tiklashga harakat qilinmoqda, lekin bu ishlarning oxiriga yetkazilmaganligining guvohi bo’lib turibmiz. Bordiyu ko’rsatilgan ishlar nihoyasiga yetkazilganda ham vayrona bo’lib yotgan joylarga solishtirilsa hech narsaga arzimaydi » 1 . Darhaqiqat Movarounnahr hududida shahar va qishloqlar o’zlarining asl holiga kelmagan edi. Bu kamdek mo’g’ul hukmdorlarining zulmi va talon-taroji tobora kuchayib boraverdi. Mo’g’ullar istilosidan so’ng Movarounnahr, Xurosonning gullab yashnagan dehqonchilik vohalari tamomila halokatga uchradi. Sharqda dong’i ketgan qadimiy va obod shaharlar, jumladan 1 Рашидиддин Фазлуллоҳ. Жомеъ ут-таворих. //Ўзбекистон Тарихи: Хрестоматия. – Т., 2014. – Б 137-138 24 Samarqand, Buxoro, Urganch, Xo’jand, Marv, Termiz, Balx, Nishopur va boshqa shaharlar xarobazorlarga aylantirildi. Bir necha asrlik tarixga ega bo’lgan mashhur ipak savdo yo’llari izdan chiqdi. Ilm-fan, madaniyat namoyondalari xor-zor etildi. Shaharlar ahlining barchasi ona shaharlarini tark etdilar, yoki qirib tashlandilar. Istilochilar ilk bora yuqori madaniyatli aholining ilm-fan, me’morchilik sohalaridagi yutuqlarini, yuksak darajadagi hunarmandchilik, tijorat, sug’orma dehqonchilikni shu o’lkaga kelib ko’rdilar. Chingizxon o’limi arafasida (1227 yil avgust) zabt etilgan turli y erlarni o’g’illariga ulus qilib bo’lib berdi. Mo’g’ullar ko’chmanchi xalq bo’lgani uchun boshqaruv tizimini tushunmas edilar. Chingizxonga bu o’lkalarni yaqindan biladigan, sodiq do’sti Mahmud Yalavoch rahnamolik qildi. Unga soliqlar tushumini muntazam nazorat etish va o’lkada mo’g’ullarga qarshi g’alayon bo’lishining oldini olish mas’uliyati yuklatilgan edi 1 . Xullas, mo’g’ullarning hukmronligi moddiy va ma’naviy qashshoqlikni, adolatsizlik va zo’ravonlikni keltirdi, xolos. Agar xalq mana shunday misli ko’rilmagan og’ir hayotga qarshi bosh ko’tarsa, yuqorida ta’kidlangan fojealarning takrorlanishi turgan gap edi. Shunga q aramay, xalqning erksevarligi ustun kelib qo’zg’olon ko’tardi. Bu qo’zg’olonga Buxoro yaqinidagi Tarob qishlog’ida elakchilik kasbi bilan shug’ullanuvchi Mahmud Tarobiy (1238) boshchilik qildi. Qo’zg’olonning ko’tarilishi va dushmanga qarshi olib borilgan qattiq janglar o’zbek xalqining mustaqillik va ozodlik g’oyasining mahsuli hisoblandi. Bu g’oya mo’g’ul hukmdorlarining vahshiyona qirg’ini va vayronalariga qaramay o’zining kuch-qudratini namoyish etgan edi. Mahmud Torobiy boshchiligida Buxoroda mo’g’ullar zulmiga qarshi ko’tarilgan xalq harakati, qo’zg’oloni mo’g’ullarga qattiq zarba bo’ldi. Ancha yo’qotishlardan so’ng mo’g’ullar Buxoroga kirib, shahar va uning atrofid agi kishilarni talashga va o’ldirishga kirishgan. Xo’jandda turgan Maxmud Yalavochning bu yerga kelishi bilan Buxorodagi qirg’in to’xtatilgan. U talangan va vayron etilgan shahardan hech qanday soliq yig’ib, bo’lmasligiga Chig’atoyni 1 Шарқнинг машҳур сулолалари. – Т., 2013. – 199-бет. 25 ishontira olgan. Mahmu d Torobiy qo’zg’oloni mag’lubiyatga uchrasa ham, u izsiz ketmagan. Mo’g’ul ma’murlari endilikda mahalliy aholi bilan ehtiyotkorona munosabatda bo’lib, o’lpon va soliqlarni kamaytirishgan. Ma’lum muddat turli o’zboshimchaliklarga chek qo’yilgan. Chig’atoy ulusini mo’g’ul xoqon (qoon)lari nomidan boshqargan Mahmud Yalavoch va uning o’g’li Mas’ud Yalavoch bu paytda ham xoqonlar manfaatini ko’zlab, ham mahalliy xalqqa xayrixoh bo’lib nozik siyosat yuritganlar. XIII asr o’rtalarida Chig’atoy ulusining mo’g’ul amaldorlari doirasida o’troqlikka ko’chish, shahar hayotiga yaqinlashish, mahalliy o’troq aholining boy madaniyatidan foydalanish jarayoni kuchayadi. Mo’g’ulistonning ulug’ xoqoni Munke soliq va hashar ishlarini tartibga solish to’g’risida maxsus-farmon yorliq chiqardi. Yomlar bo’ylab pochta xizmati uchun ajratilgan otlar soni belgilanib, aholidan ortiqcha ot talab qilish man etildi. Shuningdek, elchilarga, qo’llarida bevosita topshiriqlari bo’lmasa, shahar yoki qishloqlarga kirmasligi va aholidan ular uchun belgilanadigan ortiqcha yem-xashak hamda oziq- ovqat olmasligi uqtirildi. Shu tariqa aholi o’zboshimchalik bilan yig’ib olinadigan hisobsiz to’lovlardan ozod bo’ldi. Mamlakat ijtimoiy hayotida sodir bo’lgan jiddiy o’zgarishlar, shubhasiz uning iqtisodiy jih atdan jonlanishiga turtki ham bo’ldi. Mo’g’ullar istilosi davrida xarob bo’lgan hunarmandchilik, savdo- sotiq va dehqonchilik asta-sekin tiklana boshladi. Hunarmandchilik va ichki-tashqi savdoning jonla nishi, shubhasiz, xarob bo’lgan shaharlarning qayta tik lanishiga sabab bo’ldi. Garchi hali ko’pgina shahar va viloyatlar xaroba va yarim xaroba holida yotgan bo’lsa-da, Urganch va Buxoro shaharlari qayta tiklanadi. Qadimgi Samarqand vayronalari yonginasida yangitdan shahar qad ko’taradi. Shaharlarda turli xil davlat, jamoat va ma’rifat binolari qad rostlaydi. Shahar bozorlari gavjumlashadi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling