Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi


«Chahor kitob» yoki «Chor kitob»


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/56
Sana08.05.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1446201
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   56
Bog'liq
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi

«Chahor kitob» yoki «Chor kitob». Qur’oni karim va Hadisi 
sharifdan hamda islom ahkomlarini to’kis ta’riflab berilgan alohida 
kitob, darslik bo’lmagan. Qur’oni karim, Hadisi sharif arab tilida 
b
itilgan bo’lib, uning ma’nolariga tushunish, ularni sharhlash har 
kimga ham nasib etavermagan. Madrasa va maktablarda ommabop 
tilda toliblar yosh-xususiyatlariga mos darslik yaratish ehtiyoji paydo 
bo’lgan va «Chahor kitob» yoki «Chor kitob» (To’rt kitob) yaratilgan. 
Qadimiy Turon, Eron, Hindiston, Pokiston, Xitoy, Qoshg’ar va 
boshqa mamlakatlarning ilm toliblari uchun necha asrlardan beri 
«Chahor kitob» darslik hisoblanib kelingan. «Chahor kitob» – islomga 
oid pand-nasihatlar kitobi. 
Zero, «Chahor kitob»da shariat, tariqat, 
ma’rifat, haqiqat yo’li, qoidasi bayon qilingan. «Chahor kitob» har xil 
davrlarda turli mualliflar tomonidan tuzilgan. «Chahor kitob» muallifi 
haqida to’liq ma’lumot mavjud emas. Mualliflari taxminan: 
Sharafiddin al-Buxoriy, Qozi Azudiddin, Jaloliddin Keshiy, Imom 
G’azzoliy, Fariduddin Attor. Kitob fors-tojik tilida yozilgan, turkiy-
o’zbek tilidagi tarjimalari mavjud va hozirgi kungacha yetib kelgan. 
1-jadval. 
Chor kitob asarining tuzilishi va mazmuni 
«Chahor kitob» yoki «Chor kitob» - bu darslik 
Mazmuni: 
islom diniga oid pand-nasihatlar 
kitobi 
Yaratilgan 
vaqti: 
XIII asr 
Muallifi: 
Sharafiddin 
Sanoiy al-Buxoriy 
1-kitob 
2-kitob 
3-kitob 
4-kitob 
12 bob 
nazmiy 
14 fasl nasriy 
Nasriy 
Nazmiy 
toat-ibodat, 
shariatning 
qonun-qoidalari: 
farz, 
sunnat, 
namoz va ro’za 
haqida 
fikr 
yuritilgan 
imon 
ma’rifati; 
islom 
ma’rifati; 
tahorat; namoz 
ma’rifati 
bayon etilgan 
o’quvchilarni 
shariatning 
asosiy 
ustuni, 
ya’ni 
musulmon 
huquqshunoslig

o’rin olgan 
Qur’oni karimdan 
olingan odob-axloq 
masalalariga 
oid 
qoidalar, sharqona 
donolik namunalari 
hamda 
qiziqarli 
voqea va hikoyatlar 
bayon etilgan 


38 
Manbalarga ko’ra birinchi darslik «Chahor kitob» Sharafiddin 
Sanoiy al-Buxoriy tomonidan yaratilgan. Sharafiddin Sanoiy al-
Buxoriy 
faqih va mudarris, mutasavvif shoir XIII asrning 2 yarmi 
XIV asrning boshlarida Buxoro viloyatining hozirgi Shofirkon 
tumanida tug’ilgan. Buxoro madrasalarida mudarrislik qilgan. «Chor 
kitob» Islom diniga oid pand-nasihatlar kitobi sanalib, o’rta asrlarda 
madrasalar va maktablarda asosiy darsl
iklardan biri sifatida o’qitilgan. 
Kitob xotimasida yozilishicha, bu asar milodiy 1300 yilda bitilgan. 
Darslik diniy ta’limot talablarini qamrab olgan, tushunarlilik, 
ilmiylik, izchillik hamda sistemalilik prin
siplariga rioya qiladi. «Chor 
kitob» 2 she’riy va 2 nasriy majmua tarzida yoki 4 bob shaklida 
tuzilgan va uning birinchi kitob (bob)i 
– «Nomi Haq» («Alloh nomi») 
fors-tojik tilida yozilgan. Birinchi kitob
1
bir yuz y
etmish baytu o’n 
ikki bobdan iborat. Kitobda toat-ibodat, shariatning qonun-qoidalari: 
farz, sunnat, namoz va ro’za haqida fikr yuritilgan. 
«Chahor kitob»ning ikkinchi kitob (bob)i
2
Qozi Azmuddinning 
«Bidon» (Bilgil) nomli kitobidan olingan va yuqoridagi masalalar izoh 
shaklida ancha keng yoritilgan parchalar o’rin olgan. Ushbu qism to’rt 
fa
sldan iborat: imon ma’rifati bayonida; islom ma’rifati bayonida; 
tahorat bayonida; namoz ma’rifati bayonida. 
«Chahor kitob»ning uchinchi kitob (bob)i
3
Jaloliddin Keshiyning 
«Muhimmot al-muslimin» (Musulmonlikning muhim masalalari) dan 
olingan. Uchinchi qis
mda o’quvchilarni shariatning asosiy ustuni, 
ya’ni musulmon huquqshunosligi o’rin olgan. 
«Chahor kitob»ning to’rtinchi kitob (bob)i
4
Fariduddin Attorning 
«Pandnoma» (Nasihat kitobi) asaridan keltirilgan nazmiy ma’lumot 
o’rin olgan. 
Darslikda to’rt narsaning amali bayonida: 
To’rt narsa yaxshi bo’lgay shubhasiz, 
Senga aytsam o’rganib ol, ey aziz: 
Avvali uldirki, bo’lsang dodgar, 
O’zligingdan ham aqldan boxabar. 
1
Чор китоб/ [Форсийдан Олим Бўри тарж.] – Т.: Чўлпон, 1992. – 160 б.- 4 бет. 
2
Чор китоб. – Т.: Чўлпон, 1992. – 19 бет. 
3
Чор китоб. – Т.: Чўлпон, 1992. – 55 бет. 
4
Чор китоб. – Т.: Чўлпон, 1992. – 81 бет. 


39 
Sabru toqat birla hal qilmoq kerak, 
Hurmatu mardumni ham bilmoq kerak
1

– deb 
keltiriladi. 
Mazmun
iga ko’ra dodgar (odil, adolatpesha) bo’lish uchun to’rt 
narsani yaxshi bilish lozim. O’zligini anglashi, aql bilan ish yuritishi, 
har bir masalani sabr-toqat bilan hal qilishi hamda xalqni hurmat 
qilishi, e’zozlashi lozimligi aytib o’tilgan. 
Darslikda bun
ga o’xshash pand- nasihatlar Qur’oni karimdan 
olingan odob-axloq masalalariga oid qoidalar, sharqona donolik 
namunalari hamda qiziqarli voqea va hikoyatlar she’riy shaklda bayon 
etilgan. Insondagi yomon xislatlardan qutulish: nafs, ablahlik, zamima 
(yomon) 
xislatlar, mudbir (badbaxt)lik alomati, qahru g’azab 
mazammati, xorlik keltiradigan to’rt narsa (ishni oxirini ko’zlamaslik, 
pushaymonlik, ishni chala qoldirish, g’am chekish), nodonlik, 
axmoqlik, fosiqlik, baxillik
, munofiqlik, toshko’ngillilik, shaytoniy 
ishlar, yolg’izlik bayoni hamda yaxshi xislatlarni egallash: jimlik 
foydasi, xolis (dilni hasaddan, tilni yolg’ondan, amalni, nafsni pok 
tutish) amal, saodatlilik, ofiyatlilik, tavoze’, faqirlik fazilati, aqlu-
oqillik, Ollohni zikr qilish, odob, pand-u n
asihat, to’rt narsadan (aql, 
ilm, shukr, amal) kamol topish, to’rt narsa (tildan uchgan kalom, 
kamondan otilgan o’q, qazo, umr) qaytarilmas, umrni g’animat bilish, 
sahovat
, obro’ni oshirish, turmush tutish, dushmandan asrash, 
shodonlik, nasihat, g’azab payti qahrni yutish, yaxshilar xizmati, 
sadaqa fazilati, mehmon fazilati, hojat so’rash va chiqarish, qanoat, 
sabr, el-
ulusga g’amxo’rlik, qarindosh urug’ ziyorati, futuvvat 
(muruvvat), faqirlik, g’aflatda qolmaslik bayoni keltiriladi. 
Xotimasida: 
Kim bularni bilsa gar, oqil erur, 
Ham amal qilsa agar, komil erur
2

– deb ta’kidlanadi. 
Bir ovozdan ma’naviy-axloqiy tarbiya majmuasi sifatida tan olingan. 
Bundan tashqari maktablarda 
G’azzoliyning eng yirik asari 
«Ihya al-ulum ad-din» («Din ilmlarining tirilishi») fors tilida «Kimyoi 
1
Чор китоб. – Т.: Чўлпон, 1992. – 130 бет. 
2
Чор китоб. – Т.: Чўлпон, 1992. – 141 бет. 


40 
saodat» deb ataluvchi asari hamda Ahmad Yassaviy, Ahmad 
Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib asarlari darslik sifatida foydalanilgan. 
Savodxonlik va arifmetikadan saboq beruvchi boshlang’ich 
maktablar xususiy bo’lgan. Haq to’lay olgan oilalar o’qituvchilar bilan 
uyda shug’ullanganlar. Agar kishi olgan ta’limini davom ettirishni 
istasa madrasa 
– oliy musulmon maktabiga kirishi lozim bo’lgan. 
Ta’lim-tarbiyaning ikkinchi va uchinchi bosqichi madrasalarda 
berilgan. Bu yerda eng mashhur imomlar dars beri
shgan. Ular ma’ruza 
qilganlar va Qur’on, sunna hamda shariat haqida suhbat o’tkazganlar. 
Bu y
erda shuningdek yuksak me’morchilik san’atidan ham ta’lim 
berilgan. Shuning uchun haykaltaroshlik va rassomlik XI-XIII asrlarda 
deyarli rivojlanmagan. Keyinchalik kitoblarga miniatyuralar chiza 
boshlashgan, unda xalq hayotidan manzaralar, tarixiy voqealar va 
badiiy asarlar qahramonlari aks ettirilgan. Tabiatni tasvirlash 
imkoniga e
ga bo’lmagan musulmon rassomlari o’zlarining butun 
mahoratlarini husnix
at san’ati taraqqiyotiga bag’ishlaganlar. 
Umumta’lim madrasalari saltanatning shahar, tuman va 
qishloqlarida faoliyat ko’rsatgan. Mazkur madrasalarda maktab 
muallimlari, masjid imomlari va qozixona xizmatchilari tayyorlangan. 
Ta’limning yuqori, oliy bosqichi «Madrasai oliya» yoki «Madrasat ul-
ulum
» deb atalib, ular hozirgi universitet maqomiga ega bo’lgan. 
Bunday madrasalar Damashq, Bag’dod, Basra, Isfahon, Marv, 
Buxoro, Samarqand, Kat, Gurganj va Xiva kabi olimu fozillar ko’p 
bo’lgan markaziy shaharlarda faoliyat ko’rsatgan. 
Madrasai oliyalar islomiy ilmlarning yetuk bilimdonlarini, 
ulamo, shayxlarni, fiqh-huquqshunoslarni, mudarrislar va davlat 
xizmatchilarini tayyorlagan. Har bir madrasa qoshida ilmning turli 
sohalariga doir qo’lyozmalar saqlangan boy kutubxonalar bo’lgan. 
Shuningdek, madrasani muvaffaqiyatli tamomlaganlar orasidan 
Sharqda mashhur bo’lgan olimlar, shoir-u adiblar yetishib chiqqan. 
Madrasa (arab. 
– dars o’qitiladigan joy, darsxona) – islomda 
o’rta va oliy maxsus diniy o’quv yurti hisoblangan. Madrasalar 
n
afaqat musulmonlarning diniy o’chog’i, balki madaniy qiymatga ham 
ega edi. Madrasa XI asrda Saljuqiylar tomonidan davlat muassasasiga 
aylantirilgan. Ta’lim maqsadi va metodlari bir-biriga o’xshash 
bo’lgan. Xuroson va Movarounnahrdagi madrasalar haqidagi ilk 
ma’lumotlar X asrga oid hisoblanadi. 


41 
XIII asrda 150 ming aholi yashagan Samarqandda 250 ta masjid 
va 40 ta madrasa 
bo’lgan. Buxoroda esa 200 ming aholiga 400 masjid 
va 30 ta madrasa 
to’g’ri kelgan. Olim K.Kattaevning fikriga ko’ra, 
Samarqanddagi Raboti G
’oziyon madrasasi yana ham qadimiyroq 
bo’lib, unda Imom Moturudiy, Abulqosim Hakim kabilar, Muhammad 
ibn Fazl Balxiydan (vaf. 931 y.) tahsil olganlar. 
Madrasaga maktabni tugatgan o’spirinlar qabul qilingan. 
Talabalar yoshi 10 dan 40 yoshgacha bo’lganligi kuzatilgan. Ular 
madrasa yotoqxonalarida yashash huquqiga ega bo’lgan. Talabalar har 
kunlik (
kunduzgi bo’lim) va darslarga erkin qatnovchi (sirtqi bo’lim) 
talabalar toifalariga ajratilgan. 
Madrasalarda ta’lim olayotgan talabalar uchun ta’lim dasturlari 
uch bosqichga ajratilgan: birinchi, quyi 
– (adno yoki ibtidoiy), 
ikkinchi, o’rta bosqich – (avsat yoki rushdiy) va uchinchi, yuqori, oliy 
bosqich 
– (a’lo yoki iqdadiy) guruhi deb yuritilgan. Har bir bosqich 
uchun alohida dastur ishlangan bo’lib, bir bosqichdan navbatdagi 
bosqichga o’tish yakuniy imtihonlar orqali hal etilgan. Shu bilan 
talabalarning oladigan nafaqalari (stipendiya) ham oshirilib borilgan
1

Madrasada o’qish talabalar iqtidoriga qarab, o’rtacha 7-12 yil 
davom etgan
2
. Har bir madrasalarda 60-100 ga yaqin talabalar bilim 
olganlar. O’rta bosqichdagi madrasalarda ta’lim oluvchilar musulmon 
ta’limoti, qonunshunoslik, mantiq, qadimiy falsafa, qiroat, tajvid, 
hisob-
kitob, geografiya, arab va fors tillarini o’qiganlar. O’qish 
kursining birinchisi o’rta asrlarning ilmiy tili hisoblangan arab tili 
grammatikasi 
bo’lib, arabshunoslik (leksikografiya, etimologiya, 
sintaksis, ritorika, tarix), o’quv kursi ikki bo’limga: umumta’lim 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling