Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi
Avfiy Buxoriy va uning o’rta asr voqea, hodisalarini hikoya
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi
Avfiy Buxoriy va uning o’rta asr voqea, hodisalarini hikoya
qilish va rivoyatlarni ifoda etish borasidagi xizmatlari. Muhammad Avfiy, Nuriddin Muhammad ibn Tohir ibn Usmon Buxoriy 1172 yilda Buxoroda ziyoli oilasi da tug’ilgan. Adabiyotshunos (tarjimon, taskiranavis) olim, yozuvchi (kotib) hamda qozi lavozimlarida ishlagan . Buxorodagi madrasada o’qigan. 1201 yili Buxoroda ilek (hokim) saroyida kotiblik qilgan. Xorazm, Xuroson shaharlari – Nishopur, Tus, Hirot, Marvga sayohat qilgan, Najmiddin Kubro, Shayx Majdiddin Ba g’dodiy kabi olimlar bilan muloqotda bo’lgan. 57 1219 - yilda Buxoroga qaytgan. Mo’g’ul istilosi davrida Hindistonga ketib, umrining oxirigacha Dehlida yashab, 1233 yilda o’sha yerda vafot etgan. «Lubob ul-albob» («Idrok xulosalari») tazkirasini yaratgan (1222- 23). 12 bobdan iborat mazkur tazkira mo’g’ul istilosidan avvalgi adabiyot va madaniyat arboblari haqida yagona manba sanaladi. Abu Amal-Muhassin Attanuhiyning «Al-faraj ba’d ash- shidda» («Baxtsizlikdan keyingi shodlik») asarini arabchadan forschaga tarjima qilgan. Avfiy Buxoriyning ikkinchi yirik asari «Javome’ ul-hikoyot va lavome’ ul-rivoyot» («Hikoyatlar to’plami va rivoyatlar ziyosi », 1228) nomli hikoyat va rivoyatlar to’plami ham mavjud 1 . To’plamda qadimiy Gretsiya, Hindiston, Movarounnahr va Xurosonning iqtisodiy, madaniy, siyosiy, axloqiy hayoti va tarixiga aloqador bo’lgan hikoyalar hamda jug’rofiyaga doir materiallar va diplamatik munosabatlar borasidagi hikoyat va rivoyatlar o’rin olgan. To’plamda asosan mingdan ortiq turli tarixiy shaxslar, shuningdek o’zi eshitgan, ko’rgan insonlar bilan bog’liq hikoyat va rivoyatni o’z ichiga olgan. Bundan tashqari turli fanlarga oid ilmiy lavhalar, bahslar va xulosalar hikoya va rivoyat tarzida bayon qilingan. Unda Abu Amal-Muhassin Attanuhiyning «Al-faraj ba’d ash- shidda» («Baxtsizlikdan keyingi shodlik») kitobidan olingan hikoyat va rivoyat lar ham talaygina. Kitob to’rt qismdan iborat, uning har bir qismi o’z navbatida 25 bobga bo’linadi. To’plamning birinchi qismida avliyo va anbiyolar karomatu mo’jizalari, xalifalar tarixi, ajam tarixi, hokimu arboblar qiyofasi, adolat fazilati va shung a o’xshash mavzulardagi hikoyatlar jam etilgan. Ikkinchi qismda esa hayo va tavoze, yumshoqlik, odob, sahovat, lutf-u -karam, sabr-u - toqat, shijoat, mehr-u - vafo kabi insoniy xislatlar haqidagi rivoyat va hikoyatlar jamlangan bo’lsa. uchinchi qismda maz kur xislatlarning aksi bo’lgan hirs-u - hasad, tama va yolg’onchilik, baxillik, ziqnalik, zolimlik, xiyonatkorlik va hokazolar qattiq hajv qilinadi. Ayollar ziyrakligi, aqlu zakovati. ularning 1 Авфий Муҳаммад. Нодир ҳикоялар. Форс тилидан И.Низомиддинов ва Т.Файзиев таржимаси. – Т., Адабиёт ва санъат нашриёти, 1977. – 204 б. – 4 бет. 58 xushaxloqligi va badaxloqligi haqidagi hikoyatlar ham shu bo’limdan joy olgan. To’plamning to’rtinchi qismida ajoyib hodisalar, dengiz va quruqlikning xosiyatlari hikoya qilinadi. Ayniqsa Rum, Vizantiya, Arabiston, Habashiston, Kaspiy dengizi va undagi orollar, u o’lkalarda yashovchi xalqlar to’g’risidagi tafsilotlar qayd etilib o’tiladi. Bu kitobning tarixiy ahamiyati shundan iboratki. avvalo, ba’zi tarixiy shaxslar, voqealar, olim va shoirlar haqida manbalar yo’qolib ketgan va faqat shu kitob orqali, ushbu ma’lumotlar bugungi kungacha yetib kelgan. «Javome’ ul-hikoyot va lavome’ ul-rivoyot» asari Avfiydan keyingi yashagan barcha tarixnavis mualliflarga va adabiyotshunoslarga ijobiy ta’sir ko’rsatgan. Avfiy tomonidan sodda tilda yaratilgan ushbu to’plam XII – XIII asrning didaktik asarlar qatoriga kirib, nasrning yorqin namunasi hisoblanadi. Asar Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan, ayrim hikoyalari o’zbek tiliga tarjima qilingan. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling