Guliston-2022 mundarija: kirish


Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti


Download 57.73 Kb.
bet7/15
Sana26.01.2023
Hajmi57.73 Kb.
#1124618
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Mustafoqulova Rayhona (2)

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST, ingl. World Health Organization, WHO) — Birlashgan millatlar tashkilotining maxsus bo’linmasi bo’lib, 193 a’zo davlatlardan iborat, uning asosiy maqsadi sog’liqni saqlashning xalqaro muammolarini hal etish va dunyo aholisi salomatligini muhofaza qilishdir. 1948 yilda Shveytsariyaning Jenevadagi shtab-kvartirasi bilan tashkil etilgan.
BMTning ixtisoslashtirilgan guruhiga JSSTdan tashqari UNESCO (Ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti), XMT (Xalqaro mehnat tashkiloti), UNICEF (bolalarga yordam ko’rsatish jamg’armasi) ham kiradi. JSST tarkibiga BMTga a’zo davlatlari qabul qilinadi, lekin nizomga muvofiq, BMTga a’zo bo’lmagan davlatlarni qabul qilish ham mumkin.
Valeologiya (lot. valeo — «sog’lom bo’lish») — «salomatlikning umumiy nazariyasi», insonning jismoniy, hush ko’rish va ruhiy salomatligiga tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar — tibbiyot, gigiena, biologiya, seksologiya, psixologiya, sotsiologiya, falsafa, madaniyat, pedagogika va boshqalarga integral yondashishga nomzod fan. Ayrim mutaxassislar tomonidan alternativ va marginal paramedik retrograd oqimlar deb qaraladi.
XVII-XVIII asrlarga kelib, Yevropada jamiyat rivojining kuchayishi, ahloqiy me’yorlarining xristiancha me’yorlari doirasiga sig’may qoldi. XVIII asr mutafakkirlari ijtimoiy me’yor va undan chekinish muammmosini yanada chuqurroq tahlil qildilar. SH.L.Monteske, J.J.Russo, Ch. Bekkariya, K.Gelbetsiy, D.Didro. P.Golbax. Morelli va Sh. Furyelar o’z ilmiy izlanishlarida ijtimoiy me’yorlar, qadriyatlar umumiy bo’lgan qonuniyatlarni topishga intildildilar.
XIX asr oxirlarida tabiiy fanlarda erishilgan ilmiy yutuqlar ijtimoiy fanlar taraqqqiyotiga holatlarini tushuntiruvchi dastlabki ta’limot. E.Dyurkgeymning “anomiya “ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Xususan, sotsiologiyada“ ijtimoiy me’yordan og’ish “g’oyasi edi. E.Dyurkgeym fanga o’zi kiritgan “anomiya” atamasi orqali qonunchilikni, qonunlarni tan olmasligi va ularga amal qilinmaslikni, qonunlarni tan olmasligi va ularga amal qilmaslikni tushunadi. Bu g’oyani zamonaviy ilm-fanda P.Solis, M.Klaynerd va boshqalar rivojlantirib kelishmoqda.
Amerika sotsiologiyasida katta o’rin tutuvchi ta’limotlardan biri E.Sterlendning differensial aloqalar ta’limotidir. Bunga ko’ra, har qanday xulq-atvorga, shu jumladan deviant xulq-atvorga ham o’rganiladi, ya’ni mavjud jamiyat a’zolari tomonidan mazkur xulq-atvor boshqalarga o’rgatiladi.
Deviant xulq-atvor muammolarini tahlil qilishda P.Merton ishlab chiqqan ta’limot sotsiologiyada yetakchi o’rin tutadi. E.Dyurkgeymning anomiya g’oyasini rivojlantirib, Merton deviant xulq-atvorga quyidagicha ta’rif beradi:” Deviant xulq-atvor jamiyatda e’lon qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-atvor motivlari hamda mavjud imkoniyatlarining bir-biriga mos kelmay qolishi natijasidir”. Shaxslarda yuz beruvchi deviant holatlarni paydo bo’lishi, shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan uchta omilni ko’rsatish mumkin. Bular shaxs xususiyatlari, muammoli holat va ijtimoiy nazorat institutlari. Aynan mana shu omillar shaxsning qanday faoliyat yuritishini belgilab beradi.
Shaxs xususiyatlarining shakllanishida asosan 3ta omil muhim ahamiyat kasb etadi, bular:
1. Irsiy omillar
2. Psixofiziologik omillar
3. Shaxsning bilim darajasi
Shuningdek, ijtimoiy oqimlarning yuz berishiga shaxsning qat’iyatli yoki qat’iyatsizligi, prinsipiallik yoki prinsipsizligi, qoidalarga bo’ysunish yoki bo’ysunmaslik odatlari, biron bir qarorga kela olish imkoniyati, tashqi ta’sirga qanchalik berilishi, irodasi va boshqa shu kabi psihofiziologikholatlari, mijozi ham katta ta’sir ko’rsatadi.

Download 57.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling