Guliston-2022 mundarija: kirish
Kurs ishini tuzilishi, maqsadi, kutilayotgan natijalar
Download 57.73 Kb.
|
Mustafoqulova Rayhona (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishini maqsadi, vazifasi va tuzilishi: Kurs ishining asosiy maqsadi
- Kurs ishining vazifasi
Kurs ishini tuzilishi, maqsadi, kutilayotgan natijalar. Nogironlikni tushunishga genetik yondashuv mamlakatimizda professional faoliyat ko`rinishi sifatida shakllanishi va rivojlanishi ijtimoiy hayotni barcha sohalarini qamrab olgan intensiv sifatiy o`zgarishlar davriga to`g`ri keladi. Ijtimoiy muammolarning qo`zg`olishi aholining katta qismi davlatning ijtimoiy himoyasi va ko`magiga muhtojligni his qilishiga olib keldi.
Ijtimoiy ishning dunyoviy amaliyotiga bo`lgan qiziqish O`zbekiston sharoitida chet el ijtimoiy texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan ijtimoiy sohadagi muammolarning tub mohiyatini tushunib yetish uchun boy manba olishning asosi hisoblanadi. Kurs ishini maqsadi, vazifasi va tuzilishi: Kurs ishining asosiy maqsadi – Nogironlikni tushunishga genetik yondashuv , tadqiqot metodlari va u bilan bog`liq yangiliklar haqidagi bilimni shakllantirish orqali professional kompententlik (chuqur bilimga ega bo`lish) va tenglikni talabalar ongida rivojlantirish. Kurs ishining vazifasi: 1. Ijtimoiy ishning ahamiyatini faoliyatning asosiy turi sifatida ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy ishni rivojlanishining qisqacha tarixini qamrab olgan holatda o`zlashtirish; 2. Ijtimoiy ishning asosiy nazariyalarini ijtimoiy ishchi (amaliy sohadagi ishchi) amaliy faoliyati orqali ko`rib chiqish; 3. Ijtimoiy ish nazariyalarini amaliyotda qo`llash orqali yangilikka erishish; 4. Dalillarga asoslangan amaliyotning ahamiyatini, ijtimoiy ishdagi asosiy tadqiqot metodlarini ko`rib chiqish va tadqiqot yangiliklarini tinglovchilarda rivojlanishiga yordam berishdan iborat. Ijtimoiy ishning nisbatan umumiyroq ta’rifi – bu individ, guruh yoki jamoa hayotida pozitiv o`zgarishlarni amalga oshiruvchi, ijtimoiy ko`makni amalga oshirish faoliyati. Ijtimoiy ko`mak nima? Keng ma’noda aytganda ijtimoiy ta’minot tushunchasi aholini xotirjamligini ta’minlashga yo`naltirilgan barcha tashkiliy muammolarni o`z ichiga oluvchi faoiyat. U o`z ichga ta’lim, sog`liqni saqlash, reablitatsiya, kattalar va bolalarga ijtimoiy himoya, ijtimoiy ko`mak, ijtimoiy sug`urta, kishilarga moddiy yoki ma’naviy xizmat ko`rsatish, psixoterapiya, konsultatsiya va aholini xotirjamligini ta’minlovchi boshqa barcha sohalarni oladi. Bu holatda ijtimoiy ish va ijtimoiy ta’minot tushunchalari turlicha ma’nolarni anglatadi1. Ijtimoiy ish ensiklopediyasida P.Nelson Reyd (Reid 1995) ijtimoiy ta’minotni inson faoliyati va borlig`i, muxtojlik va tajovuzkorlikda aqliy xavfsizlikni ta’minlab berish uchun kerak bo`ladigan jamiyat deb ta’riflaydi. Individual xizmatlarni adolatlilik bilan baholaydigan jamiyat iqtisodiy samarador va stabil hisoblanadi. Ijtimoiy ta’imot g`oyasi kishilik jamiyati shakllanishi va boshqarilishi, ishlab chiqarishi va xizmat ko`rsatishi mumkinligiga asoslanadi, shuning uchun bu maqsadga yo`naltirilgan va ma’nan boyitilgan jamiyatni rivojlantirishni oxirigacha olib borish kerak2. Farqli tomoni shundaki, ijtimoiy ish – bu, kasb, fan va ta’lim beruvchi alohida fan sohasi, ijtimoiy ta’minot esa – keksalikda, kasal bo`lganda, mehnatga layoqadlilikni to`liq yoki qisman yo`qotganda, boquvchisini yo`qotganda, shuningdek “farzand”li oilali fuqarolarga moddiy ta’minot va xizmat ko`rsatish sistemasi sifatida qaraladi. Ijtimoiy ta’minotning maqsadi shundan iboratki u jamiyatdagi barcha kishilarning ijtimoiy, iqtisodiy, sog`liqni saqlash va boshqa ta’minlanmagan ehtiyojlarini qondirishdan iborat. Ijtimoiy ta’minot barcha yoshdagi guruhlarni, boy va kambag`allarni ijtimoiy faoliyat yuritishini kengaytirishga yo`naladi. Bizning jamiyatimizda ijtimoiy ta’minotni amalga oshirish va ijtimoiy ta’minotni faoliyatini boshqarish zarur ijtimoiy institut sifatida qaraladi, bilamizki bozor iqtisodiyoti va oilani shakllantirish hozirgi kunda kishilar va kishilar guruhining aosiy ehtiyojlarini qondirishga yo`naltiradi. Bizning jadal o`zgarib borayotgan jamiyatimiz – ijtimoiy nochorlikni va uysizlar soni, jinoyat darjasini ortishi, davriy energetik tanqislik, terrorizm, biz yashab turgan muhitni buzilishi kabi yangi muammolarni keltirib chiqarmaslik kerak. Jenevada bo`lib o`tgan 2002-yil iyul oyidagi ijtimoiy ishchilarning Xalqaro Federatsiyasining yillik uchrashuvida quyidagilar qabul qilindi: Ijtimoiy ish kasbi ijtimoiy o`zgarishlar, kishilar orasidagi munosabatlardagi muammolarni hal etish, kishilar va guruhlarni ularning xotirjamligi uchun safarbar qilish va ozod etish kabi vazifalarni bajaradi. Odamlar xulqi va ijtimoiy sistemalar haqida nazariyalar qabul qilinganda ijtimoiy ish odamlarning atrof muhit bilan munosabatlariga albatta aralashadi. Ijtimoiy ishning fundamental asosi inson huquqlari va ijtimoiy odillik tamoyillari hisoblanadi. Ijtimoiy ishning eng umumiy maqsadi – o`z mijozlarini ehtiyojini qondirish. Unga mijozlarning erkinlik darajasini oshirish, kelib chiqqan muammolarni hal etish qobiliatini kengaytirish, mijozlarni ularga qonunan tegishli bo`lgan barcha narsalarga erishishga sharoit yaratish. Bundan tashqari kishilarni jamiyatda mijozning ijtimoiy ishchi ko`magiga muxtojlik kamayishi natijasida adaptatsiya yoki readaptatsiyalanishiga yordam berish ham shu maqsadlardan biri qatoriga kiritiladi. Ijtimoiy dasturlar va xizmatlarga misollar – asrab olingan oilada tarbiyalanish, o`g`il qilib boqib olish, kunduzgi qarov, imtiyozlar, sinovli va ma’lum vaqtga ozod qilish, kam oylik oluvchi ota-onalarga va ularning farzandlariga moddiy yordam berish dasturi, uysizlarga xizmat ko`rsatish, sog`liqni saqlash xizmati, seksual terapiya, o`z joniga qasd qilishda ko`rasatiladigan yordam, Boy, Scouts va YWCA kabi ko`ngil ochar dasturlar, veteranlarga xizmat ko`rsatish, maktabga ijtimoiy ta’minot, tibbiyot xizmatlari va kambag’allarga yuridik xizmat ko`rsatish, oilani tashkillashtirishga k`omak berish, g`ildirakli tushlik, shaxsiy davolanish xizmati, bolalar bilan qo`pol munosabatda bo`lishni cheklash va uarni asrash, tasdiqlovchi ta’lim dasturlari, guruhlar bilan uchrashmoq va sezuvchanlikka o`rgatmoq, umuiy yashash binolari proyektini tuzish, oilaviy maslahatlar, anonym alkogoliklar, uzluksiz xizmatlar, rivojlanmay qolgan kishilarga xizmat k`orsatish va qayta tiklash xizmatlari. Shu tariqa, shaxsning ijtimoiy mavqeini qayta tiklash, jamiyatda ijtimoiy adaptatsiyani ta’minlash, moddiy erkinlikka erishish ijtimoiy ishning maqsadi hisoblanadi. Bu maqsadga subyektning barcha faoliyatlari bo`ysunadi, shunga mos ravishda mazmunan taxlam vujudga keladi, boshqaruvchanlik tashkillashtiriladi, vosita tanlanadi, ish shakli va usullari ishlab chiqiladi. 4. Ijtimoiy ish: faoliyatning asosiy ko`rinish. Ijtimoiy ish – ijtimoiy ta’minot – muxtojlarga, hayotdagi muammolarini mustaqil hal eta olmaydigan, ko`pgina holatlarda mustaqil yashay olmaydigan kishilarga ko`mak berish prinsiplarini amalga oshirishga yo`naltirilgan faoliyatning asosiy ko`rinishi. Ijtimoiy zaif kishilar guruhi – keksalar, nogironlar, ijtimoiy zaif oilalar, qiyin hayotiy holatda turgan kishilar, shu o`rinda bolalar bilan ishlashning jahon amaliyotida mavjud holat ijtimoiy ishchilar, ya’ni mutaxasisslar tomonidan tashkillashtiriladi va amalga oshiriladi. Ijtimoiy ish o`zining amaliy faoliyatida boshqariladigan ijtimoiy ta’minot prinsplari asosida tashkil etiladi. Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi 1948-yilda ijtimoiy ta’minotning asosiy prinsplarini qabul qildi – ular, har bir jamiyat a’zosining ijtimoiy ta’minotga huquqliligi, shuningdek, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda shaxs rivojlanishi va yetilishining kerakli shart sharoitlarini yaratish. Ijtimoiy ish jamaot birlashmasi sifatida keng ma’noda jamiyatda ma’lum tarixiy davr asosida amalga oshadigan, ijtimoiy, siyosiy va madaniy rivojlanish o`ziga xosligi bilan ajralib turadigan ijtimoiy ko`makning o`ziga xos modeli ko`rinishida namoyon bo`ladi. Qisqacha qilib aytganda ijtimoiy ish odamlarga yordam beradigan, ijtimoiy guruhlarga shaxsiy muammolarni va ijtimoiy qiyinchiliklarni yengib o`tishda ko`maklashishga yo`naltirilgan ijtimoiy-zarur faoliyat turi hisoblanadi. “Ijtimoiy ish” – butun dunyoda qabul qilingan tushuncha bo’lib, inson - inson odamiylik munosabatlarini aks ettiradigan tushuncha, insonning jamiyatga muvoffaqqiyatsiz ko`nikma hosil qilishini yengillashtirishga yo`naltirilgan faoliyat turi hisoblanadi. Download 57.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling