Guliston” asaridagi āvardan fe’li bilan yasalgan qo‘shma fe’llarning funksional-stilistik xususiyatlari


Download 98.5 Kb.
bet2/2
Sana29.03.2023
Hajmi98.5 Kb.
#1305754
1   2
Bog'liq
Turdaliyev Olimjon. chiqqan

Aning bu so‘zidin lashkarning hayrat va tahavvuri ziyoda bo‘lib, barcha birdin ittifoq bila hamla urub, dushmanga shikast berib, zafar toptilar [19.b].
Ushbu holatda sof fe‘l shakli fe‘lning vazifaviy shakllaridan biri ravishdosh orqali tarjima qilingan, asl variant va Ogahiy tarjimasidagi variant o‘rtasida morfologik nomuvofiqlik yuzaga kelgan:
Hamla + ovar + and (III shaxs, ko‘plik, shaxs-son).
hamla + ur + ub (o‘tgan zamon ravishdosh shakli).
“Guliston” matni musajja san‘atining yuksak namunasidir. Ba‘zi o‘rinlarda aynan mana shu badiiy san‘atning talabi bilan ritmni ushlash, ohangdorlikni ta’minlash, takrorlardan qochish maqsadida ham kardan fe’lining muqobili sifatida āvardan fe’lining qo‘llanganini kuzatish mumkin:
شبانگاهی که دزدان باز ﺁمدند سفر کرده و غارت ﺁورده سلاح از تن بگشادند [9.b].
Vaqtiki, o‘g‘rilar toroj-u g‘orat qilib, makoniga kelib, g‘animatlarin qo‘ydilar va tanlarin salohlarin chechtilar [20.b].
Ushbu o‘rinda ġārat āvarde fe‘liga ekvivalent sifatida Ogahiy g‘orat qilib so‘zini qo‘llaydi. Mazkur holatda fe’lning ravishdosh shakli tarzida tarjima qilingan va morfologik jihatdan to‘liq ekvivaletlik yuzaga kelgan:
ġārat + āvard + e (o‘tgan zamon ravishdoshi)
g‘orat + qil + ib (o‘tgan zamon ravishdoshi).
Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, qo‘shma fe‘llarning katta qismini “ism+komponent fe‘l” modelidagi fe‘llar tashkil qiladi. “Guliston” matnida āvardan fe‘li bilan hosil qilingan, fors tilida kam uchraydigan “fe’l infinitiv+fe‘l” modelidagi qo‘shma fe‘lni ham uchratish mumkin:
دشمنی که بر سر ایشان تاختن ﺁورد خواب بود. [9.b]
Ul dushmanki, alarg‘a chopdi uyqu erdi [20.b]
Ushbu misolda ham āvardan fe‘li qo‘shma fe‘lning komponenti sifatida o‘zining leksik ma‘nosini saqlamagan. Tāxtan āvardan fe‘lining umumiy ma‘nosida birinchi komponent tāxtan fe‘lining leksik ma‘nosi semantik yadro vazifasini o‘tagan. Dehxudo lug‘atida tāxtan sodda fe‘lining “chopmoq, yugurmoq, yelmoq, sakramoq” [3; 1365] ma‘nosi, “Farhangi Muiyn”da esa “hujum qilmoq, hamla qilmoq, bostirib bormoq” hamda “ayblamoq”, ma’nolari ham keltirilgan. Kontekstning umumiy mazmuniga e‘tibor beradigan bo‘lsak, mazkur o‘rinda tāxtan āvardan fe’lining ekvivalenti sifatida chopmoq so‘zidan ko‘ra hujum qilmoq, bostirib bormoq so‘zlarini ishlatish ma‘qulroq ekanligi ko‘rinadi. Mazkur fe’l “Dehxudo” lug‘atida quyidagi “qisqa infinitiv+fe‘l” modelida berilgan: Tāxt +āvardan [3; 1365].
Āvardan fe’li bilan hosil qilingan ba’zi qo‘shma fe’llarda umumiy semantik ma’no komponentlarning ma’nosi orqali yuzaga chiqmaydi:
باری پدر به کراهت و استحقار در او نظر می کرد. پسر بفراست استبصار به جای ﺁورد و گفت... [Guliston, 4.b]
Bu jihatdin otasi anga karohat va haqorat bila nazar qilur erdi. Shahzoda bu holni farosat va basorat bila bilib, dedi. [Ogahiy, Tanlangan asarlar. I jild 17.b]
Be jāy āvardan fe’li Dehxudo lug‘atida murakkab masdar sifatida qayd etilib, misollar orqali beshta ma’nosi ko‘rsatiladi [4; 935 ]. Ushbu jumlada tushunmoq, bilmoq ma’nosida kelgan (so‘zma-so‘z “o‘rniga, joyiga keltirmoq”). Yuqoridagi misoldan ham ko‘rinadiki, be jāy āvardan fe’lining morfem strukturasida taksonomik birlik sifatida ishtirok etgan āvardan fe’li “keltirmoq”, jāy so‘zi esa o‘rin, joy, makon” semantik ma’nolarini, be predlogi esa “yo‘nalish” grammatik ma‘nosini saqlamagan. Ogahiy tomonidan be jāy āvardan qo‘shma fe’lining funksional–semantik muqobili sifatida tarjimada “bilmoq” sodda fe‘li berilgan.
“Guliston” matnida āvardan fe’li bilan hosil qilingan, komponentlari o‘zining leksik ma’nosini qisman saqlagan qo‘shma fe’llarni ham uchratish mumkin. Bunda hosilaning umumiy ma’nosi komponentlar ma’nosidan kelib chiqadi:
شنیدم که ملک را در ﺁن قرب دشمنی صعب روی نمود. چون لشکر از هر دو طرف روی در هم ﺁوردند [5.b]. Eshitdimkim, ittifoqo, hamul ovonda podshohga ulug‘ dushman paydo bo‘lub, ikki lashkar ikki tarafdan saf chekib urush maydonin orosta qildilar [18.b].
Ushbu jumlada ruy darham āvardan fe’lining funksional semantik muqobili sifatida tarjimada saf chekmoq qo‘shma fe’li keltirilgan. Ruy darham āvardan – so‘zma-so‘z tarjimasi “yuzni bir-biriga keltirmoq”. Mazkur holatda ushbu ularga kontekstual muqobillar sifatida qarash lozim. Chunki saf chekmoq fe‘lining ruy darham āvardan fe’liga funksional muqobil bo‘lishida kontekst tarkibidagi boshqa lisoniy birliklar ko‘maklashadi. Ular konteksdan tashqarida muqobil bo‘la olmaydi. Kontekstning mazmunidan kelib chiqib, ushbu fe’l ru be ru šo‘dan (yuzma-yuz bo‘lmoq) fe’li bilan sinonim bo‘ladi.
Āvardan fe‘li bilan hosil qilingan ba‘zi qo‘shma fe‘llarning ma‘nosi shu fe‘lning o‘z ma‘nosiga ham to‘g‘ri keladi. Mazkur holatda esa fe’l qism ham, ism qism ham o‘z leksik ma‘nosini to‘la saqlaydi, ammo fe’l qism qo‘shma fe‘lning umumiy semantik strukturasida yadro vazifasini bajaradi. Ism qism esa yordamchi komponent vazifasini o‘taydi: بامدادان به درگاه ملک حاضر ﺁوردند. [9.b].
Tong otgandan so‘ng podshohning dargohiga olib bordilar [20.b].
Mazkur fe’lga sinonim sifatida “Dehxudo lug‘atida” hozer kardan, hozer soxtan fe’llari keltiriladi [4, 522 6.jild]. Āvardan fe‘lini qo‘shma fe‘lning komponenti sifatida ba‘zi frazeologik xarakterga ega bo‘lgan ko‘p komponentli birikmalar tarkibida ham uchratish mumkin:
ﺁر و داد خلق بده ز گوش پنبه برون
و گر تو می دهی داد روز دادی هست [21.b].
Bas, emdi sen bolub ogoh, xalq dodin ber,
Yo‘q ersa, sendin alar dodini olur dovar [27.b].
Mazkur holatda frazeologik xususiyat kasb etgan “zi gush panbe birun ovardan” birikmasi tarkibidagi barcha so‘zlar o‘z leksik ma‘nosini to‘la saqlagan: zi (predlog) – dan, guš – quloq, panbe – paxta, birun ovardan – tashqariga chiqarmoq. Ushbu frazeologik xarakterdagi birikmaning so‘zma-so‘z tarjimasi “quloqdan paxtani tashqariga keltirmoq”dir. Lekin birikma tarkibidagi so‘zlar ko‘chma ma‘noli xarakter kasb etib, kontekstda bir ma‘noni – “eshitmoq”ni obrazli va yanada ta‘sirliroq ifodalash funksiyasini bajargan. Ogahiy mazkur birikmani semantik usulda tarjima qiladi va muallif nazarda tutgan ma’noni bera oladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, “Guliston” matnida uchraydigan āvardan fe’li bilan hosil qilingan qo‘shma fe’llarning aksariyat qismida kardan fe’li āvardan fe’lining ekvivalenti sifatida qo‘llana oladi. Ba’zi o‘rinlarda kardan fe’li o‘rnida āvardan ning qo’shma fe’l komponenti sifatida uchrashi ritmni ushlash va takrordan qochishga intilishning natijasidir. Āvardan fe’li asosan badiiy uslubga xos bo‘lgan matnlarda qo‘shma fe’llarning komponenti sifatida uchraydi. Aynan shuning uchun ham uning badiiy matnlarda qo‘llanish o‘rni yuqori bo‘lib, tantanavorlik ruhini oshirishga xizmat qiladi. Āvardan fe’li bilan hosil qilingan qo‘shma fe’llarda ko‘pincha ismiy qism semantik yadro vazifasini bajaradi. Fe’liy komponentning ma’nosi, asosan, o‘zgargan holatda bo‘ladi. Modellashgan qo‘shma fe’llarni tarjima qilishda Ogahiy fe‘llarning ism qismini aksariyat holatda tarjimasiz qoldiradi yoki uning o‘zbek tilidagi sinonimini keltiradi. Ba’zi o‘rinlarda esa kontekt mazmunidan kelib chiqib erkin tarjimani amalga oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Arifjanov Z. Fors tilida yordamchi fe’llarning variantlari. O‘zbek sharqshunosligi: bugun va ertasi. – Toshkent: 2015.

  2. Mottaqiy J. va Lotfiy A.R. Allomorphy in Persian past stems.

  3. Ю. А. Рубинчик. Основы фразеологии современного персидского языка. – Москва: Наука, 1981.

  4. علی اکبر ده خدا لغتنامه ده خد.

  5. خانلری پرویز ناتل. تاریخ ربان فارسی . جلد ۲تهران.۱۹۸۷.

Download 98.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling