Guliston davlat universiteti biologiya kafedrasi biotexnologiya


- ish. Amilazaning kraxmalga ta’siri


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/115
Sana04.11.2023
Hajmi3.93 Mb.
#1746747
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   115
Bog'liq
portal.guldu.uz-BIOTEXNOLOGIYA

1- ish. Amilazaning kraxmalga ta’siri 
Amilaza fermenti kraxmalni qandgacha parchalaydi. Amilaza fermentining 
muhim manbalaridanbiri dono’simliklari hisoblanadi. Ular quruo’ donda va 
ayniqsa unayotgan donlarniig tarkibida ko’p miqdorda to’planadi. Unayotgan 
donlar tarkibidagi fermentlar eng yuqori aktivlikka ega bo’ladi. 
Kraxmal yod bilan ko’k rang beradi, uning parchalanishi natijasida hosil bo’lgan 
dekstrin zarrachalar katta-kichikligiga qarab yod bilan binafsha, qo’ng’ir-qizil, 
sarg’ish va sariq ranggacha (yodning suvdagi rangi) o’zgaradi. Shuning uchun agar 
kraxmal eritmasiga amilaza fermentidan qo’shilsa ma’lum vaqt ichida yod ta’sirida 
aralashma avval ko’k keyin esa binafsha, qizil, sarg’ish va s a r i q ranggacha 
o’zgaradi. 
Ish tartibi. 9 ta probirka olib har biriga 2 — 3 ml distillangan suv va bir 
tomchidan 1 % li yod eritmasidan quyiladi. Alohida 10-probirkaga 2 — 3 ml 
kraxmalning 0,5 %li eritmasidan olib uning ustiga 1 ml ferment shirasidan 
quyiladi. Vaqtni belgilab, probirkadagi aralashmani yaxshilab chayqatiladi. 
So’ngra pipetka yordamida 1 tomchi aralashma birinchi probirkaga solinadi. 
Probirkadagi suyuqlik ko’k rang beradi. Shunday qilib, har 30 sekunddan keyin 
2,3, 4... va hokazo 9-probirkalarga bir tomchidan 10-probirkadagi aralashmadan 
solib chiqiladi. Probirkalarda gi suyuqliklar yaxshilab aralashtiriladi va tegishli 
ranglar hosil bo’ladi. Agar ikkinchi probirkadagi sug’yuqlik ko’k rang bersa, unda 
keyingi probirkalarga birmuncha uzoqroq vaqtdan keyin, masalan, har bir 
minutdan so’ng solish kerak. Bordi-yu ikkinchi probirkada binafsha yoki qizg’ish 
rang hosil bo’lsa unda vaqtni tezlatish kerak ya’ni har 15 sekundda solish kerak 
bo’ladi. Probirkalardan biridagi sariq rang o’zgarmay qolsa, bu kraxmal 
gidrolizining tugaganligini bildiradi. Tajriba natijasi quyidagi jadvalga yoziladi. 
Reaktivlar: ferment shirasi (5 — 10 gramm undan don yoki 5 kunlik don 
maysalari yaxshilab maydalanadi va kolbaga solinib ustiga 100 ml distillangan suv 
quyiladi. Yaxshilab aralashtirilib 30 minut davomida qoldiriladi, so’ngra 
filtrlanadi. Filtrdan o’tgan suyuqlik ferment shirasi hisoblanadi). Yodning 
1 % li eritmasi, kraxmalning 0,5%li eritmasi. 

Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling