Guliston davlat universiteti biologiya kafedrasi


Download 0.5 Mb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1545198
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5246968237635147477


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
BIOLOGIYA KAFEDRASI

Biologiya ta’lim yo’nalishi 11-20 guruh talabasi Obiddinov Oʻtkirbekning


Noyob va yo'qolib borayotgan hayvonlarni asrashga qaratilgan dastur va loyihalar” mavzusidagi


Ilmiy rahbar: Dadayev S.


Guliston-2022


Mundarija


Kirish 2
I-bob.Adabiyotlar tahlili 5
2.1.Yo'qolib borayotgan hayvon turlari 13
2.2. Noyob hayvon turlari 21
2.3. Noyob va yo'qolib borayotgan hayvonlarni asrashga qaratilgan dastur va loyihalar 29
Xulosa 38
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 40


Kirish


O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi 545-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 1, 14-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).


Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
yovvoyi hayvonlar — quruqlikda, suvda, atmosferada va tuproqda yashaydigan, xonakilashtirilmagan umurtqasizlar, baliqlar, ham quruqlikda, ham suvda yashovchi hayvonlar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar;
yovvoyi hayvonlarning yashash faoliyati mahsulotlari — yovvoyi hayvonlarning yashash faoliyati natijasida hosil bo‘lgan asal, yog‘, go‘sht, sut, tuxum, mum, uvuldiriq, zahar, safro, mo‘yna, shoxlar, patlar, terilar va boshqa mahsulotlar;
zoologiya kolleksiyasi — yovvoyi hayvonlarning ilmiy, madaniy-ma’rifiy, o‘quv-tarbiyaviy va estetik ahamiyatga molik jonsiz eksponatlarining tizimlashtirilgan to‘plami (yovvoyi hayvonlar tulumlarining va yashash faoliyati mahsulotlarining namunalari), shuningdek yarim erkin sharoitda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda (tabiiy pitomniklarda, hayvonot bog‘larida, sirklarda, terrariumlarda, akvariumlarda va boshqa joylarda) saqlanayotgan yovvoyi hayvonlarning tirik kolleksiyalari;
hayvonot dunyosi — O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtincha yashayotgan barcha turdagi yovvoyi hayvonlar majmui;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish — yovvoyi hayvonlarning barqaror yashash sharoitlarini ta’minlashga, ularning tabiiy galalari va populatsiyalarini saqlab qolishga, ularning yo‘q qilib yuborilishining yoki ularga boshqacha zararli ta’sir ko‘rsatilishining oldini olishga qaratilgan faoliyat;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bo‘yicha biotexnik tadbirlar — yovvoyi hayvonlarni saqlab qolish, tiklash va takror ko‘paytirishga, ularning yashash muhitini, urchish joylari va ko‘chib o‘tish yo‘llarini saqlab qolishga, ov qilish va baliq ovlash joylari mahsuldorligini oshirishga qaratilgan, ilmiy asoslangan tadbirlar majmui.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishga oid talablarni hisobga olmagan holda o‘simliklarni yoqish, yovvoyi hayvonlar uchun xavfli bo‘lgan materiallar, xomashyo, kimyoviy moddalar, o‘simliklarni himoya qilish vositalarini, mineral o‘g‘itlarni hamda boshqa preparatlarni saqlash va qo‘llash, maishiy hamda ishlab chiqarish chiqindilarini utilizatsiya qilish, tashish va ko‘mish taqiqlanadi. Aholi punktlarini, korxonalarni, transport magistrallarini, elektr uzatish va aloqa liniyalarini, gidrotexnika inshootlarini hamda boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish va qurish, mavjud texnologiya jarayonlarini takomillashtirish hamda yangilarini joriy etish, botqoqlashgan va butazor hududlarni xo‘jalik oborotiga kiritish, suv rejimini va suvdan foydalanish limitini belgilash, yerlarni melioratsiyalash, o‘rmondan foydalanish, geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish, foydali qazilmalarni qazib olish, qishloq xo‘jalik hayvonlarini o‘tlatish hamda haydab o‘tish joylarini aniqlash, sayyohlik yo‘nalishlarini ishlab chiqish va aholi ommaviy dam oladigan joylarni tashkil etish chog‘ida yovvoyi hayvonlarning yashash muhitini, urchish joylarini va ko‘chib o‘tish yo‘llarini saqlab qolish tadbirlari nazarda tutilishi hamda amalga oshirilishi, shuningdek yovvoyi hayvonlarning yashash muhiti sifatida alohida qimmatga ega bo‘lgan uchastkalarning daxlsizligi ta’minlanishi lozim.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling