Guliston davlat universiteti dehqonova L murodqulov o. Eski o’zbek yozuvi fanidan o’quv uslubiy majmua Guliston-2018 Dehqonova L. Murodqulov O. Eski o’zbek tili va yozuvi Gulistan, 2013


Download 0.64 Mb.
bet28/59
Sana18.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1210079
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59
Bog'liq
portal.guldu.uz-Eski yozuv majmua

O’qituvchi- talaba




5- bosqich

Yakuniy xulosalar chiqarish
Maqsad va vazifalar bajarilganligi tahlil qilinadi,tegishli takliflar beriladi,xulosalanadi.



O’qituvchi





  1. Modul. Eski o’zbek yozuvining tovushlar tizimi va yozuv.



Mavzu: Arab yozuvining o ‘ziga xosliklari.


Ajratilgan vaqt: 2 soat
Asosiy savollar:

  1. Arab yozuvi va uning tarqalishi.

  2. Arab yozuvining shakllanishi va eski o’zbek yozuvi o’qitishning muhim ahamiyati.

  3. Arab alifbosi.

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Ho’rufe mo’nfasele va mo’ttasele, madda, diakritik belgi.
Identiv o’quv maqsadlari:



    1. Arab yozuvining taraqqiyot yo’lini uch asosiy davrini ayta oladi.

    2. Eski o’zbek yozuvini o’rganish muhim ahamiyatga ega ekanligini asoslaydi.

    3. Arab alifbosini bilib oladi.

1-savolning bayoni:
1.Tarixda arab yozuvi deb nom olgan, asrlar davomida eroniy hamda turkiy xalqlarning madaniy hayotida katta o`rin tutib kelgan arab yozuvi arablarga islom dini qabul qilinishidan oldinroq nabotiy qabilalaridan o`tgan, nobotiylar uni oromiylardan, oromiylar finikiyaliklardan o`zlashtirib olgan edilar.
Nobotiylar ham, oromiylar ham arablar singari somiy tillarga mansub bo`lgani sababli ularning 22 harfli konsonint (undoshni ifodalovchi) yozuvi arab tiliga mos tushavergan. Keyinchalik islom dinining yoyilishi oldidan arablar yozuvga arab tilining o`ziga xos tovushlarni ifodalovchi 6 ta harf qo`shadilar.
O`rta Osiyo xalqlari arab yozuvini qabul qilgan vaqtda bu yozuvda 28 ta harf bo`lib, harflarning katta bir qismi ( ﺬ ﻁ ﻆ ) arab tilining maxsus tovushlarini ifodalashga xizmat qilar edi. Arablarning 28 harfli yozuvi bilan mahalliy xalqlar arabcha matnlarni o`qib chiqarishga odatlangan bo`lsalar ham, o`z tillarida fikr ifodalashga qiynaladilar.
Bu holat yozuvga yana ba'zi qo`shimchalarni ( p, ch, dj, g, ) harflarini qabul qilishga) majbur etadi. Shunday qilib, 32 harfli yozuv shakllandi.
Bu yozuvni o`rganishimiz zarur, negaki bizning madaniy merosimizning deyarli hammmasi ushbu yozuvda bitilgan, ularni o`rganish uchun esa yozuvni bilish kerak.
Arab yozuvining o’ziga xos xususiyatlari..
1.Eski o`zbek yozuvining umumiy xususiyatlari.
2.O`ngdan chapga qarab yoziladi.
3. Qisqa unlilar ifoda etilmaydi.
4. Alifdan boshqa unli tovushni ifodalovchi maxsus harf yo`q. Arabcha so`zlarning boshida va oxirida kelganda alif ( ﺍ ) ham sof unli tovushni ifoda qilmaydi, 'azat, 'ibtida' so`zlaridagi kabi hamza ( ﺀ ) bilan qandaydir bir to`siq bilan aytiluvchi chala unli tovushni bildiradi. ﻯ va ﻮ harflari ham sof unli harflar emas, balki yarim undosh, yarim unli harflardir.
4. Harflar 4 xil shaklga ega.
5. Ettita qo`shmovchi harflar bor:
6. Harflarning har biri satr chizig`iga nisbatan aniq bir yo`nalishda yoziladi:

a) chiziqning tepasidan yoziladigan harflar:


ﺐ ﺖ ﺚ ﺪ ﺬ ﻁ ﻆ ﻑ


b) chiziqning ostidan yoziladigan harflar:
ﺰ ﺮ ﻦ ﻰ
v) chiziqning ustidan boshlanib, uning ostiga qadar yoziluvchi harflar bor:

ﺝ ﺡ ﺥ ﺱ ﺵ ﺹ ﺽ ﻉ ﻍ ﻕ ﻝ ﻡ ﻬ ﻭ


7. Ayrim harflar bor - ularning har biri bir necha xil tovushni ifodalashga xizmat qiladi:


- a, e (so`z boshida i, e, u bilan ham o`qiladi);
- v, o`, u;
- y, i, e.
8. Bir necha harf guruhlari bor - ularning har biri arab tilida alohida - alohida fonemalarni ifoda etsa ham, o`zbekchada ular bir-biridan farq qilinmaydi, bir guruh bir tovushdek qabul qilinadi:




t, s


z, h


9. Tarixiy manbalar matnida o`rnida , o`rnida , o`rnida harflari qo`llaniladi.


10. Hozirgi yozuvda “nqg” birikmasi “n” ni anglatganidek, eski o`zbek yozuvida ham nun ( ﻦ ) va gof ( ﮒ ) birikmasi ( ﮖ ) “n” tovushini ifoda etgan.
11. Ayrim harflar yoki harf qo`shilmalari uslubiy jihatdan boshqa ko`rinishlarda yoziladi: ﻚ - k, g, ﮔﺎ - ga, ﻨﻰ ni, ﻻ - la.
12. Morfologik birlik sifatida so`zlar so`zdan va ba'zi yasovchi yoki o`zgartiruvchi qo`shimchalar o`zak negizdan ajratilib yoziladi:
13. So`zning qatorga sig`may qolgan qismini ikkinchi qatorga bo`lib ko`chirish odati ham bo`lgan emas. So`zning qatorga sig`may qolgan qismlari uning tepasiga bo`lsa ham sig`dirib yoziladi, sig`maydigan bo`lsa, so`z butunicha Yangi qatorga olib o`tiladi.
Muhokama uchun savollar:

    1. 1.1.Turkiy xalqlar yozuvlari haqida ma’lumot bering.

          1. 1.2. Eski o’zbek yozuvini o’rganish nima uchun talabalar uchun muhim ahamiyatga ega. Izohlang.

    2. 1.3. Eski o’zbek yozuvining o’ziga xos jihatlari haqida fikringiz?

    3. 1.4. Somoniylar davlati davrida adabiyot va san’at, ilm va ma’rifatdagi o’zgarishlar haqida so’zlang?


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling