Muhokama uchun savollar:
1. ﺮ (re), ﺯ (ze), ﮋ (je) harflarini tavsiflab bering.
2. ﮋ (je) bilan ﺝ (jim) harfining bir-biridan farqi nimada?
3. Bu harflar muttasil harflarmi yoki munfasil harflarmi?
Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
1) Mazkur harflardan foydalangan holda so`z yasang.
2) harflari ishtirokidagi so`zlardan toping, arab alifbosida yozing.
3) (dol) bilan (re) hamda (zol) bilan (ze) harflarining turli ko`rinishlarini o`zaro qiyoslagan holda ikki qatordan yozing.
Mavzu bo’yicha asosiy xulosalar:
ﺮ (re), ﺯ (ze), ﮋ (je) harflari ﻤﻨﻔﺻﻝ (munfasil) harflar guruhiga kiradi
ﺮ (re), ﺯ (ze), ﮋ (je) 2 xil ko’rinishga ega
ﮋ (je) harfi Forslar tomonidan kiritilgan.
MAVZUGA OID ADABIYoTLAR:
1. Jumaniyozov R. Eski o`zbek tili va yozuvi Toshkent 1989
2. Abdullayev S., Oqilov M. O`qish kitobi Toshkent 1994
3. Isoqov F. Eski o`zbek tili va yozuvi Toshkent 1995
4. Kollektiv O`qish kitobi Toshkent 1994
5. Kollektiv Eski o`zbek tili va yozuvi praktikumi Toshkent 2006
MAVZU: Arab alifbosidagi o‘zbek tiliga xos bo‘magan tovushlarni ifodalovchi harflar
“ ﺱ (sin) ﺶ (shin) ﺺ (sod) va ﺾ (zod) harflari”
Darsning maqsadi: Talabalarni ﺱ (sin) ﺶ (shin) ﺺ (sod) va ﺾ (zod) harflarining yozilishi va o`qilishi bilan tanishtirish; qo`lyozma asarlarni o`qish malakasini oshirish.
REJA:
1. ﺱ (sin) ﺶ (shin harflarining tavsifi.
2. ﺺ (sod) va ﺾ (zod) harflarining tavsifi.
3. Ushbu harflarning bosma va yozma shakllari.
4. Lug`at ustida ishlash.
ﺱ (sin) harfi o`zbek tilidagi “s” tovushini ifodalaydi. Har ikkala tomondan qo`shiladi, 4 xil ko`rinishda keladi:
Sin harfi qo`lyozmalarda ikki holatda uchraydi: tishli - ﺱ hamda tishsiz - ya’ni bir chiziq holatda.
Sin harfi qo`lyozma kitoblarda ba’zan ostiga uch nuqta qo`yilgan holda yoziladi: - husn.
Ko`pincha bir tomondan qo`shiluvchi harflarning ustiga mindirib yoziladi:
ﻗﻴﺎﺱ - qiyos, ﻴﻮﻟﺑﺱ - yo`lbars.
ﺶ (shin) harfi o`zbek tilidagi “sh” harfiga to`g`ri keladi. Har ikkala tomondan keluvchi harflarga bog`lanadi, 4 xil yozilish shakliga ega:ﺸﺸﺶ ﺵ ﺑﺸﺮ- bashar SHin harfi qo`lyozma asarlarda ko`pincha tishsiz yoziladi: ﭘﺸﺎﻤﺎﻦ - pushaymon
Shin harfining uchta nuqtasi qo`lyozma asarlarda quyidagicha ifodalanadi: - shamol ﻞ ﺸﻤﺎ
ﺺ (sod) harfi – o`zbek tilidagi “s” tovushiga yaqin keladi. Arab tilidan kirib kelgan so`zlarda uchraydi, til orqa undoshi. Har ikkala tomondan qo`shiladi. 4 xil shaklda keladi:
ﺺ Sodning so`z boshidagi va so`z o`rtasidagi shakllari satr chizig`ida yoziladi. Qolgan ko`rinishlari satr chizig`idan pastga tushadi. Sod harfining bosma va yozma shakllarida unchalik farq yo`q.
ﺽ zod) harfi – o`zbek tilidagi “z” tovushiga yaqin keladi. Ustidagi nuqtasi bilan sod harfidan farq qiladi. Bu ham til orqa tovushi bo`lib, arab tilidan o`zlashgan so`zlarda uchraydi. Har ikkala tomondan
Sod va zod harflarining yozma va bosma shakllari bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Ko`pincha bir tomondan qo`shiluvchi harflarga mingashtirib yoziladi. – xos.Eslatma: ﺺ (zod) harfini arablar ﺽ (zod) deb yuritishadi va
(dz) tarzida talaffuz qilishadi: ﺿﺮﺏ - dzarb, ﺿﺮﺏ -dzaraba.
Do'stlaringiz bilan baham: |