Guliston davlat universiteti dehqonova L murodqulov o. Eski o’zbek yozuvi fanidan o’quv uslubiy majmua Guliston-2018 Dehqonova L. Murodqulov O. Eski o’zbek tili va yozuvi Gulistan, 2013


Download 0.64 Mb.
bet35/59
Sana18.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1210079
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   59
Bog'liq
portal.guldu.uz-Eski yozuv majmua

Muhokama uchun savollar:
1. ﺪ (dol) va ﺬ (zol) harflari haqida so`zlab bering.
2. Bu harflar bosma shaklining yozma shaklidan qanday farqi bor?
3. Mustaqil holda so`z topib yozing.
Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
1) ﺪ (dol) va ﺬ (zol) harflar ishtirokida so`z va bo`g`inlar tuzing
2) O`zingiz mustaqil ravishda ﺪ (dol) va ﺬ (zol) harflari ishtirok etuvchi so`zlarni yozishni mashq qiling.
Mavzu bo’yicha asosiy xulosalar:

  • ﺪ (dol) va ﺬ (zol) harflari ﻤﻨﻔﺻﻝ (munfasil) harflar guruhiga kiradi

  • ﺪ (dol) va ﺬ (zol) harflari 2 xil ko’rinishga ega

  • ﺬ (zol) faqat arab tilidan kirib kelgan so`zlarda uchraydi.

MAVZUGA OID ADABIYoTLAR:
1. Jumaniyozov R. Eski o`zbek tili va yozuvi Toshkent 1989
2. Abdullayev S., Oqilov M. O`qish kitobi Toshkent 1994
3. Isoqov F. Eski o`zbek tili va yozuvi Toshkent 1995
4. Kollektiv O`qish kitobi Toshkent 1994
5. Kolltktiv Eski o`zbek tili va yozuvi praktikumi Toshkent 2006


Mavzu: “ (re), (ze), (je) harflari va ularning xususiyatlari”


Darsning maqsadi: Talabalarga ushbu harflar xususida bilim berish, yozish va o`qish ko`nikmasini shakllantirish.
REJA:
1. ﺮ (re), (ze), (je) harflari tavsifi.
2. Yuqoridagi harflarning bosma, yozma shakllari haqida.
3. Lug`at yozish.

ﺮ (re) harfi o`zbek tilidagi “r” tovushini ifodalaydi. O`zidan oldingi harfga qo`shiladi, keyingisiga qo`shilmaydi. Ikki xil ko`rinishda yoziladi: yakka xolda - ﺮ bog`langan holda ﺮ


ﺯ (ze) harfi o`zbek tilidagi “z” harfini ifodalaydi. Ustida bitta nuqtasi bor. O`zidan oldingi harfga qo`shilib, keyingisiga qo`shilmaydi. Ikki xil ko`rinishda yoziladi: yakka xolda - ﺯ bog`langan holda ﺯ
Qo`lyozma kitoblarda “ze” harfi o`zidan oldingi harfga bog`lanib kelganda, ko`pincha o`ng tomonga sal og`dirilgan alif harfiga o`xshab ketadi. Masalan: jazo so`zining yozilish shaklini ko`raylik: ﺠﺯﺍ - jazo
ﮋ (je) harfi ﮋﻭﺮﻨﻝ “jurnal” so`zidagi “j” tovushiga mos keladi. Forslar tomonidan kiritilgan. Ustida uchta nuqtasi bor. O`zidan oldingi harfga qo`shilib, keyingisiga qo`shilmaydi. Ikki xil ko`rinishda yoziladi: yakka xolda - ﮋ bog`langan holda - ﮋ Satr chizig`idan pastga tushirib yoziladi.



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling