Guliston davlat universiteti dehqonova L murodqulov o. Eski o’zbek yozuvi fanidan o’quv uslubiy majmua Guliston-2018 Dehqonova L. Murodqulov O. Eski o’zbek tili va yozuvi Gulistan, 2013


Download 0.64 Mb.
bet43/59
Sana18.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1210079
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   59
Bog'liq
portal.guldu.uz-Eski yozuv majmua

Muhokama uchun savollar:
1. ﻮ (vov) harfining yozilishi haqida so`zlab bering.
2. ﻮ (vov) harfi so`z boshida qanday tovushni ifodalaydi?
3. ﻮ (vov) harfi so`z o`rtasi va oxirida qanday tovushni ifodalaydi?
4. ﻮ (vov) harfi qo`lyozma asarlarda qanday qanday ko`rinishda uchraydi?
1. ﻯ (yo) harfining so`z boshida yozilishi haqida so`zlang.
2. ﻯ (yo) harfining so`z o`rtasida yozilishiga misollar keltiring.
3. ﻯ (yo) harfining so`z oxirida kelishiga misollar keltiring.
4. ﻯ (yo) harfining o`ziga xos xususiyatlari haqida so`zlang.
Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
1) Quyidagi so`zlarni o`qing:
ﺍﻠﺣﺎﺮﺯﻣﻲ ﺘﺎﻛﻴﺪ ﻤﺿﻣﻭﻧﺎ ﻭ ﺼﻝ
2) So`z boshida “u” va “o`” qatnashgan 6 ta so`z yozing.
3) So`z oxirida (vov) qatnashgan 6 ta so`z yozing.
Mavzu bo’yicha asosiy xulosalar:

  • ﻮ (vov) harfi ﻤﻨﻔﺻﻝ (munfasil) harflar guruhiga kiradi

  • (yo) harfi ﻤﺘﺼﻝ (muttasil) harflar guruhiga kiradi

  • (yo) harfi 4 xil ko’rinishga ega

  • (yo) harfi so`z boshida “i” yoki “e” vazifasida kelganda, oldidan “alif” yozilishi shart.

MAVZUGA OID ADABIYoTLAR:
1. Jumaniyozov R. Eski o`zbek tili va yozuvi Toshkent 1989
2. Abdullayev S., Oqilov M. O`qish kitobi Toshkent 1994
3. Isoqov F. Eski o`zbek tili va yozuvi Toshkent 1995
4. Kollektiv O`qish kitobi Toshkent 1994
Mavzu: “ (hoyi havvaz) harfining yozilishi va o`qilishi”


Darsning maqsadi: Talabalarga (hoyi havvaz) harfining yozilish shakllari va o`qilishi haqida ma’lumot berish.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism.
2. Uy vazifasini so`rash
3. Yangi mavzu bayoni.
4. Darsni mustahkamlash.
5. Uyga vazifa berish.
REJA:
1. ﻩ (hoyi havvaz) harfining tavsifi.
2. Yozma manbalarda ﻩ (hoyi havvaz) harfining ifodalanishi.
3. Lug`at ustida ishlash
ﻩ (hoyi havvaz) harfi – o`zbek tilidagi “h” va “a” harflarini ifodalaydi. Har ikkala tomondan qo`shiladi. 4 xil ko`rinishga ega: ﻩ ﻫﻬﻪ
Satr chizig`ida yoziladi.
1. So`z boshida, o`rtasida kelganda “h” tovushini ifodalaydi:
ﻫﻤﻴﺸﻪ hamisha, ﻣﻬﺮ mehr, ﻘﻬﺮ qahr
2. So`z oxirida kelganda ham arab va fors-tojik tillaridan o`zlashgan so`zlarda “h” tovushini ifodalaydi:
ﺸﺎﻩ shoh, ﻤﺎﻩ moh, ﺘﻮﺠﻪ tavajjuh
3. So`z oxirida kelganda ko`pincha “a” unlisini ifodalab keladi, bunda u “alif” Bilan bir xil vazifa o`taydi:
ﻨﺎﺪﻴﺭﻩ nodira, ﭘﺎﺭﻩ pora, ﻨﺎﻟﻪ nola, ﮐﻮﻠﭼﻪ kulcha.
4. So`z oxirida kelganda hozirgi tilimizdagi fors tili orqali kirib kelgan ba’zi so`zlarda “i” (aslida “e”) harfini ham ifodalab kelishi kuzatiladi:
ﭼﻮﻨﻜﻰ chunki, ﮐﻴﻣﻜﻰ kimki, ﺒﻟﮐﻰ balki
Hoyi havvaz harfining bosma va yozma shakllari bir-biridan farq qiladi. So`z boshidagi bosma shakli: ﻩ
Yozma holda: ﮩ ﮨ ﮧ ﮨﭹﺭﺍﻥ - hijron kabi.
So`z o`rtasidagi shakli bosmada: ﻬ
Yozma xolatda: ﮩ ﻨﮩﺮ nahr
So`z oxiridagi shakli bosmada: Yozma holatda: ﺒﺎﻠﻪ bola

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling