Muhokama uchun savollar:
1. ﻝ (lom) harfining yozilishi haqida gapiring.
2. ﻢ (mim) harfini ta’riflab bering.
3. ﻥ (nun) harfining yozma shakli qanday yoziladi?
4. Mustaqil ravishda so`z topib, arab alifbosida yoza olasizmi?
Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
1) Mazkur harflardan foydalanib so`zlar yasang:
2) Quyidagi so`zlarni eski o`zbek alifbosi asosida yozing: malol, mahkam, rahm, amal, kamol, meros, tamosha, malham, komil, jamol.
3) ﻝ (lom), ﻢ (mim) va ﻦ (nun) harflarining turli shakllarini uch qatordan yozib chiqing.
Mavzu bo’yicha asosiy xulosalar:
ﻝ (lom), ﻢ (mim) va ﻦ (nun) ﻤﺘﺼﻝ (muttasil) harflar guruhiga kiradi
ﻝ (lom), ﻢ (mim) va ﻦ (nun 4 xil ko’rinishga ega
Bosma xat turida lom harfi alif bilan bog`langan holatda yozma nusxadagi ko`rinishlari ﻝ dan farq qiladi ﻻ
MAVZUGA OID ADABIYoTLAR:
1. Jumaniyozov R. Eski o`zbek tili va yozuvi Toshkent 1989
2. Abdullayev S., Oqilov M. O`qish kitobi Toshkent 1994
3. Isoqov F. Eski o`zbek tili va yozuvi Toshkent 1995
4. Kollektiv O`qish kitobi Toshkent 1994
5. Kolltktiv Eski o`zbek tili va yozuvi praktikumi Toshkent 2006
Mavzu: “ ﻮ (vov) va ﻯ (yo) harfining yozilishi va o`qilishi”
Darsning maqsadi: Talabalarni ﻮ (vov) va ﻯ (yo) harfining o`ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism.
2. Uy vazifasini so`rash
3. Yangi mavzu bayoni.
4. Darsni mustahkamlash.
5. Uyga vazifa berish.
REJA:
1. ﻮ (vov) va ﻯ (yo) harflarining o`qilishi.
2. Bosma va yozma shakllari.
3. Harfning tovush bildirish xususiyatlari.
4. Lug`at yozish.
ﻮ (vov) harfi o`zidan oldingi harfga qo`shiladi, keyingisiga qo`shilmaydi. Ikki xil ko`rinishga ega: alohida - ﻮ , bog`langan – ﺑﻮ
Satr chizig`idan pastga tushirib yoziladi. Bir necha tovushni ifodalaydi:
1. So`z boshida yakka o`zi kelganda hamma vaqt, so`z orasi va oxirida unlidan keyin “v” undoshini bildiradi:
2. So`z orasi va oxirida undoshdan keyin kelib qattiq va yumshoq “u – u”, “o` – e” unlilarini ifodalaydi:
3. ﻮ (vov) harfi so`z boshida “u” va “o`” unlilari vazifasida kelganda vov harfi oldida ﺍ (alif) yozilishi shart. Masalan:
ﺍﻮ u ﺍﻮﺮﻮﺶ urush
ﻮ (vov) harfi qo`lyozma asarlarda ko`pincha dolga o`xshaydi.
ﻯ (yo) harfi o`zbek tilidagi “y” undoshni, “i”, “e” unlilarni “iy” tovush birikmasini hamda “ye”, “yo”, “yu”, “ya” harflarini ifodalashga xizmat qiladi.
Har ikkala tomondan qo`shiladi, 4 xil shakli mavjud: ﻴﻴﻰ ﻯ
1. So`z boshida yakka o`zi kelsa, “y”, “e”, “ya” harflarini ifodalaydi:
ﻴﺨﺷﻰ yaxshi, ﻴﺎﻠﻴﻢ yolim, ﻴﻮﻞ yo`l
“e” (ye) unlisini hamda “yi” (yoki “iy”) harf birikmasini ifodalasa ikki tishli qilib ham yozilishi mumkin:ﻴﻠﻴﻢ- (y) elimﻴﻴﻞ- yil, ﻴﺘﻴﻡ - etim
“e”, “y”, “ya” harflari so`z o`rtasi va oxirida kelganda to`g`ridan - to`g`ri
(yo) harfining o`zi qo`shimcha belgilarsiz yoziladi: ﻮﻴﺴﺮ - muyassar
ﺘﻴﺮﻴﻢ - terim
2. So`z boshida “i” yoki “e” vazifasida kelganda, oldidan “alif” yozilishi shart. Ko`pincha yozuvda (alifdan) keyin (yo) tushib qoladi, lekin o`qishda, albatta (yo) talaffuz qilinadi.
ﺍﻨﮐﺎﺮ - inkor, ﺍﻘﺮﺍﺮ - iqror ﺍﻴﺮﺘﮎ - ertak
“i” va “e” so`z o`rtasi va oxirida kelganda “alif” tushib qolib, o`zi yoziladi:
ﻤﻴﻥ - men, ﺘﻴﺮﻴﮎ tirik
3. e (ye) ﻴ ﻴﺎ yo (yo)
ﻴﻪ ya(ya) ﻴﻭ yu (yu)
4. iy – tovush birikmasini anglatadi:
ﻤﻨﻔﻴﻰ - manfiy, ﻋﻟﻣﻰ - ilmiy, ﺴﻴﺎﺴﻰ - siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: |