Muhokama uchun savollar:
1. ﻁ (to) harfini ta’riflab bering.
2. ﻇ (zo) harfining tovush xususiyatlarini gapiring.
3. ﻁ (to) ning ﺖ (te) harfidan qanday farqli jihati bor?
4. ﻇ (zo) harfi ﺯ (ze) harfidan qanday farq qiladi?
Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
1) tos tib tarroh tarab so`zlarini arab imlosida yozing.
2) ﻁ va ﻇ harflarining har bir ko`rinishini uch qatordan yozing.
3) ﻇ va ﻁ harflarini alif, te va re harflari bilan bog`langan holda bir necha qatordan yozib chiqing.
Mavzu bo’yicha asosiy xulosalar:
ﻁ (to) va ﻇ (zo) ﻤﺘﺼﻝ (muttasil) harflar guruhiga kiradi
ﻁ (to) va ﻇ (zo) 4 xil ko’rinishga ega
ﻁ (to) va ﻇ (zo) arab tilidan o`zlashgan so`zlarda uchraydi.
MAVZUGA OID ADABIYoTLAR:
1. Jumaniyozov R. Eski o`zbek tili va yozuvi Toshkent 1989
2. Abdullayev S., Oqilov M. O`qish kitobi Toshkent 1994
3. Isoqov F. Eski o`zbek tili va yozuvi Toshkent 1995
4. Kollektiv O`qish kitobi Toshkent 1994
5. Kollektiv Eski o`zbek tili va yozuvi praktikumi Toshkent 2006
MAVZU: Arab alifbosidagi o‘zbek tiliga xos bo‘magan tovushlarni
ifodalovchi harflar
“ ﻉ (ayn) va ﻍ (g`ayn) harflari”
Darsning maqsadi: Talabalarga ﻉ (ayn) va ﻍ (g`ayn) harflarning yozilish shakllari va o`qilishi haqida ma’lumot berish.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism.
2. Uy vazifasini so`rash
3. Yangi mavzu bayoni.
4. Darsni mustahkamlash.
5. Uyga vazifa berish.
REJA:
1. ﻉ (ayn) harfining ta’rifi va tavsifi.
2. ﻍ (g`ayn) harfining yozilishi va o`qilishi.
3. Bosma va yozma shakllari haqida.
4. Lug`at ustida ishlash
ﻉ (ayn) harfi – o`zbek tilidagi “ a’ I’ u’ ” tovushiga mos keladi. Har ikkala tomondan qo`shiladi. Satr chizig`ida yoziladi. 4 xil shaklda yoziladi: ﻋﻌﻊ ﻉ
1. So`z boshida, o`rtasida kelganda “ a o I u ” tovushlarini ifodalaydi:
2. So`z oxirida kelganda ham arab va fors-tojik tillaridan o`zlashgan so`zlarda “a’ I’ u’ ’ ” tovushlarini ifodalaydi:
3. So`z oxirida kelganda ko`pincha “a” unlisini ifodalab keladi, bunda u “alif” bilan vaziafa o’taydi.
4. Ba’zi so`zlarda “o” tovushini ifodalaydi, buning uchun yozuvda aynga alif harfi qo`shib yozilishi shart:
Bunda ko`pincha bajaruvchi: ﻋﺎﻠﻡ olim, ﻋﺎﺪﻞ oqil, ﻋﺎﺸﻖ oshiq
ﻋﺎﺴﻰ osiy (gunohkor), ﻋﺎﺮﺯ oraz (yuz), ﻋﺎﻣﻰ omi (savodsiz),
ﻋﺎﺮﻑ orif (dono, bilimdon)
Ayn so`z ichida “a” va “i” unlisidan keyin kelsa ham ayirish belgisini ifodalaydi:
ﻣﻌﺮﻔﺖ ma’rifat, ﻨﻌﻣﺖ ne’mat, ﻋﻴﺪ ‘iyd (hayit)
ﻋﺴﺎ a‘so (hassa)
Ayn so`z tarkibida yopiq bo`g`indan keyin kelsa, ko`pincha bo`g`inni oldingisidan ajratadi va hozirgi yozuvda ayirish belgisi bilan (‘) ko`rsatiladi.
ﺴﺮﻋﺖ sur’at, ﺑﺪﻋﺖ bid’at, ﺴﻨﻌﺖ san’at, ﺣﻠﻌﺖ xil’at,
ﺴﻨﻌﻰ sun’iy
So`z oxirida kelgan ayn esa talaffuz etilmaydi:
ﻣﻨﻊ man’, ﺸﻣﻊ sham, ﺘﺎﺑﻊ tobe, ﺘﻣﻊ tama, ﺠﺎﻣﻊ jome’
ﻣﺎﻨﻊ mone’, ﺘﺎﻠﻊ tole’, ﻨﻔﻊ naf’, ﺠﻣﻊ jam’.
ﻍ (g`ayn) harfi – o`zbek tilidagi “g`” tovushini ifodalaydi. ﻉ (ayn) ning ustiga bir nuqta qo`yilsa, ﻍ (g`ayn) hosl bo`ladi.
Har ikkila tomondan qo`shiladi: to`rt xil yozilish shakli mavjud:ﻏﻐﻎ ﻍ
Eski o`zbek tilida hozir q harfi bilan yoziladigan so`zlar g` talaffuz qilingan va yozilgan:
ﺍﭼﻴﻖ achchig` (q), ﺑﻠﻴﻖ balig` (q), ﻘﺘﺘﻴﻖ qattig` (q)
Do'stlaringiz bilan baham: |