Muhokama uchun savollar:
1. ﺱ harfini ta’riflab bering.
2. ﺶ harfining xos xususiyatlari haqida gapiring.
3. Bosma va yozma shaklidagi farqini tushintirib bering.
4. ﺺ va ﺽ harflarini tavsiflab bering.
5. Arablar bu tovushni qanday talaffuz qiladilar?
6. Bosma va yozma shakllari qanday yoziladi?
Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
1) O`tilgan harflar ishtirokida o`nta so`z toping va eski o`zbek alifbosida yozing.
2) ﺱ (sin) va ﺶ (shin) harflarining qo`lyozma kitoblarga xos shakllarini 4 qatordan yozib chiqing.
3) Ushbu harflarni o`zaro bog`lagan holda so`zlar yasang:
4) Lug`atdan foydalangan holda sod va zod harflari ishtirok etuvchi so`zlardan o`ntasini yozib oling.
5) ﺺ va ﺽ harflarining turli xil yozilish shakllarini uch qatordan yozib mashq qiling.
Mavzu bo’yicha asosiy xulosalar:
ﺱ (sin) ﺶ (shin) ﺺ (sod) va ﺾ (zod) harflari ﻤﺘﺼﻝ (muttasil) harflar guruhiga kiradi
ﺱ (sin) ﺶ (shin) ﺺ (sod) va ﺾ (zod) harflari 4 xil ko’rinishga ega
ﺺ (sod) til orqa tovushi bo`lib, arab tilidan o`zlashgan so`zlarda uchraydi.
MAVZUGA OID ADABIYoTLAR:
1. Jumaniyozov R. Eski o`zbek tili va yozuvi Toshkent 1989
2. Abdullayev S., Oqilov M. O`qish kitobi Toshkent 1994
3. Isoqov F. Eski o`zbek tili va yozuvi Toshkent 1995
4. Kollektiv O`qish kitobi Toshkent 1994
5. Kollektiv Eski o`zbek tili va yozuvi praktikumi Toshkent 2006
Mavzu: “ ﻁ (to) va ﻇ (zo) harflari”
Darsning maqsadi: Talabalarga ﻁ (to) va ﻇ (zo) harflarning yozilish shakllari va o`qilishi haqida ma’lumot berish.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism.
2. Uy vazifasini so`rash
3. Yangi mavzu bayoni.
4. Darsni mustahkamlash.
5. Uyga vazifa berish.
REJA:
1. ﻁ (to yoki itqi) harfining tavsifi.
2. ﻇ (zo yoki izg`i) harfining tavsifi.
3. Bosma va yozma shaklidagi farqi.
4. Lug`at ustida ishlash.
ﻁ (to yoki itqi) o`zbek tilidagi t harfiga yaqin keladi. O`ng va chap tomondan kelgan harflarga bog`lanadi. Satr chizig`ida yoziladi. Arab tilidan kirib kelgan so`zlarda uchraydi. To`rt xil shaklda keladi:
ﻃﻃﻃ ﻁ
ﻇ (zo yoki izg`i) o`zbek tilidagi z harfiga yaqin keladi. Har ikki tomondan kelgan harflarga qo`shiladi. To`rt xil shaklda keladi:
ﻆﻆﻆ ﻇ
Bu harf ham til orqa undoshi, u arab tilidan kirgan so`zlardagina ishlatiladi. Bu harf ham satr chizig`idan yoziladi:
ﻇ
To dan farqli o`laroq zo harfining ustiga bir nuqta qo`yiladi. To va zo harflarining tik tushgan chizig`i qo`lyozma manbalarda harfning asosiy qismi bilan bog`lanmasdan yozib ketiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |