Muhokama uchun savollar:
1. ﺡ shakldagi harflar bir-birlaridan nimasi bilan farqlanadi?
2. Bu harflar o`zbek tilidagi qanday tovushlarni ifodalaydi?
3. Yozma shakllarining qanday o`ziga xos belgilari bor?
4. O`tilgan harflar ishtirokida qanday so`z va bo`g`inlar tuza olasiz?
Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
ﺡ harflari ishtiroki etgan 10 tadan so`z yozing;
ﺡ shakldagi harflarning yozilish shakllarini 4 qatordan mashq qilib yozing.
Mavzu bo’yicha asosiy xulosalar:
MAVZUGA OID ADABIYoTLAR:
1. Jumaniyozov R. Eski o`zbek tili va yozuvi Toshkent 1989
2. Abdullayev S., Oqilov M. O`qish kitobi Toshkent 1994
3. Isoqov F. Eski o`zbek tili va yozuvi Toshkent 1995
4. Kollektiv O`qish kitobi Toshkent 1994
5. Kollektiv Eski o`zbek tili va yozuvi praktikumi Toshkent 2006
Mavzu: “ ﺪ (dol) va ﺪ (zol) harflarining yozilishi va o`qilishi”
Mavzu: “ ﺪ (dol) va ﺬ (zol) harflarining yozilishi va o`qilishi”
Darsning maqsadi: Talabalarda ushbu harflarning o`ziga xos xususiyatlari haqida bilim hosil etish hamda yozish ko`nikmalarini shakllantirish.
REJA:
1. ﺪ (dol) va ﺬ (zol) harflari tavsifi.
2. Bosma, yozma shakllari haqida ma’lumot.
3. O`tilgan harflar ishtirokida mashq yozish.
ﺪ (dol) – o`zbek tilidagi “d” tovushini ifodalaydi. Bir tomondan qo`shiladi, ya’ni o`ng tomondan kelgan harfga qo`shiladi, chap tomondan kelgan harfga qo`shilmaydi. Yozuvda ikki xil ko`rinishda keladi:
1. Alohida shakli: ﺬ
2. Qo`shilgan shakli:
Bosmada dol harfining ustki qismi ko`proq egik xolatda bo`ladi. Masalan: “dalda” so`zining bosma va yozma holatda yozilishiga e’tibor bering. Bosma: yozma: ﺪ ﻟﺪ ﺍ
ﺬ (zol) – tish oralig`ida talaffuz qilinuvchi tovush, u faqat arab tilidan kirib kelgan so`zlarda uchraydi. O`zbek tilidagi “z” harfiga yaqin keladi. Yozuvda ifodalanishi “dol”ga o`xshaydi. O`zidan oldin kelgan harfga qo`shiladi. Ikki xil shaklda keladi: Satr chizig`ida yoziladi, ustida bitta nuqtasi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |