Muhokama uchun savollar:
1. ﺏ se shakldagi bir xil o`zakli harflar bir-birlaridan nimasi bilan farqlanadi?
2. Bu harflar o`zbek tilidagi qanday tovushlarni ifodalaydi?
3. Yozma shakllarining qanday o`ziga xos belgilari bor?
4. O`tilgan harflar ishtirokida qanday so`z va bo`g`inlar tuza olasiz?
Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
1.O`qilishi va yozilishi tanish bo`lgan harflar ishtirokida bo`g`inlar va so`zlar tuzishga harakat qiling;
2.yuqoridagi harflarning yozilish shakllarini 4 qatordan mashq qilib yozing.
Mavzu bo’yicha asosiy xulosalar:
ﺏ o`zakli harflar 4 ta ﺐ (be) ﭗ (pe) ﺖ (te) ﺚ (se)
ﭗ (pe) harfi forslar tomonidan kiritilgan harf
ﺚ (se) harfi arabcha so`zlarga xos
ﺖ harfi ham 4 xil shaklda keladi, nuqtalari 2 ta bo`lib harfning ustiga qo`yiladi
MAVZUGA OID ADABIYoTLAR:
1. Jumaniyozov R. Eski o`zbek tili va yozuvi Toshkent 1989
2. Abdullayev S., Oqilov M. O`qish kitobi Toshkent 1994
3. Isoqov F. Eski o`zbek tili va yozuvi Toshkent 1995
4. Kollektiv O`qish kitobi Toshkent 1994
5. Kollektiv Eski o`zbek tili va yozuvi praktikumi Toshkent 2006
Qo`shimcha adabiyotlar:
1. O.Nosirov, M.Yusupov Eski o`zbek tili va yozuvidan amaliy mashg`ulotlar. 1990 y.
2. Juvonmardiyev A. Harflar raqamlarga aylanganda. Toshkent, 1966
3. Juvonmardiyev A. Harflar va raqam. Toshkent, 1971
4. Jumaniyozov R. Eski o`zbek tili va yozuvidan amaliy mashg`ulotlar o`tkazish bo`yicha tavsiyalar. Toshkent, 1989
5. Imomxo`jayev R. Umarov I. Arab – o`zbek yozuvi. Toshkent, 1993
6. Shukurov Sh. Alif va uning vazifalari. O`zbek tili va adabiyoti, 1990, 5-son
7. Habibullo Solih. Alifbo. Toshkent, 1989
Mavzu: “ ﺡ “ shaklidagi harflari va ularning xususiyatlari”
Darsning maqsadi: Talabalarga hoyi hutti shakldagi harflar bilan tanishtirish, o`qish va yozish ko`nikmasini oshirish.
REJA:
1. ﺡ shakldagi harflarning bosma va yozma ko`rinishlari haqida.
2. Har bir harfning so`z boshida, o`rtasida va oxirida kelishi haqida ma’lumot berish.
3. Ushbu harflar ishtirokida so`z yozish.
ﺝ (jim) harfi o`zbek tilidagi jo`ra, jun so`zlaridagi “j” harfiga mos keladi. Har ikki tomondan qo`shiladi, 4 xil ko`rinishga ega:
Bosma shakli: ﺟﺟﺞ ﺝ yozma shakli
ﭺ (chim) o`zbek tilidagi “ch” harfiga mos keladi. Forslar tomonidan kiritilgan ikkinchi harf. To`rt xil ko`rinishda keladi:
Chim harfining nuqtalari dastxatda quyidagicha shakllarda ifodalanadi:
Eski o`zbek imlosida ﭺ (chim) harfi juda kam qo`llanilib, uning o`rniga, asosan ﺝ (jim) harfi ishlatilgan, lekin aksari hollarda mazmuniga qarab “ch” o`qilavergan.
ﺡ (hoyi huttiy yoki he) harfi
O`zbek tilidagi h tovushiga yaqin keladi. Bu harf faqat arab tilidan o`tgan so`zlarda uchraydi. Ikki tomondan qo`shiladi. To`rt xil ko`rinishda keladi:
ﺥ (xe) harfi o`zbek tilidagi “x” tovushini ifodalaydi. Ikki tomonidan qo`shiladi, 4 xil shaklda keladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |