Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi


Download 1.47 Mb.
bet84/93
Sana22.03.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1286934
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   93
Bog'liq
Majmua O\'rta Osiyo

Glossariy

  • Amudaryo – O‘rta Osiyoning eng katta daryosi. U Tojikiston, O‘zbekiston, Afg‘oniston o‘rtasidagi chegarada qisman, Afg‘oniston va turkmaniston chegarasida oqadi hamda Turkmaniston, Qoraqalpog‘iston hududidan o‘tib, Orol dengiziga quyiladi. Amudaryo ikki irmoqning Panj va Vaxsh daryolarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi, bu daryo Panj bilan Vaxsh qo‘shilgan joydan boshlab Amudaryo nomini oladi. Amudaryo tog‘lar orasidan chiqib, so‘ngra tekislikdan oqib o‘tib, Orol dengiziga borib quyiladi. U quyilish joyida katta delta hosil qiladi. Amudaryoning uzunligi Vaxjir irmog‘i bilan qo‘shib hisoblanganda 2620 km. ni tashkil etadi. Qadimda Amudaryoni Oks deb ham ataganlar.

  • Atrek – O‘rta Osiyodagi adaryo bo‘lib, Eronda Kopetdog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy yonbag‘irlaridan boshlanadi va Turkmanistonda Kaspiy dengiziga quyiladi.

  • Balxash – Qozog‘istondagi ko‘l, maydoni 17,3 ming km2, eng chuqur joyi 26 m, ko‘lning sharqiy qismidagi suv nisbatan sho‘r, g‘arbiy qismida esa nisbatan chuchukdir.

  • Betpak – Dala – Qozog‘istondagi plato, bu plato CHu daryosidan shimolda, Balxash ko‘li bilan Sarisuv daryosi orasida joylashgan. Maydoni 75 ming km2 ga yaqin.

  • Bolxon tog‘lari – Turkmanistondagi ikkita tog‘ gryadasi katta va kichik Bolxon tog‘lari bu tog‘lar Kaspiy dengizining markaziy qirg‘og‘i yaqinidan o‘tadi.

  • Vaxsh – O‘rta Osiyodagi Amudaryoning o‘ng irmog‘i, Qirg‘izistonning janubiy qismida Oloy vodiysidan boshlanadi. Vaxsh yuqori oqimida Qizilsuv, o‘rta oqimida Surxob deb ataladi. Uning uzunligi 690 km ga yaqin.

  • Vahsh vodiysi – Tojigistonning janubiy daryo vodiylaridan biri, bu vodiyda Vaxsh daryosi oqadi. Vahsh vodiysining shimoliy tomonini Pomir-Oloy (Hisor – Zarafshon va boshqa) tizma tog‘lari o‘rab turadi. Janub tomoni ochiq bo‘lib, bu tomondan issiq havo massasi kirib keladi. SHuning uchun ham bu erda iqlim juda issiq va quruqdir.

  • Vohan tog‘ tizmasi – Pomirning janubida bo‘lib, Tojigistonda va bir oz qismi Afg‘oniston hududidadir. Tizmaning o‘rtacha balandligi 6000 m.

  • Vohandaryo – Amudaryoning chap irmog‘i, u Afg‘onistondagi Hindiqush tog‘ tizmasining Hindistonga yaqin qimsmidan boshlanib, Pomir daryosiga qo‘shilgandan so‘ng Panj daryosini hosil qiladi.

  • Darvoz tizmasi - O‘rta Osiyoda Tojikiston hududidagi Panj daryosining (Amudaryoning yuqori qismi) har ikkala qirg‘og‘ida joylashgan Darvoz tog‘lik o‘lkasidadir.

  • Zaysan – Qozog‘istonning sharq tomonidagi oqmas ko‘l. Maydoni 1,8 ming km2, ko‘lga janubi-sharqda Qorairtish daryosi quyiladi, shimoli-g‘arbda Irtish daryosi oqib chiqib ketadi, ko‘l suvi chuchuk va tiniq.

  • Zarafshon - O‘rta Osiyodagi daryo, ilgari Amudaryoga quyilgan. Tojigistonda Pomir – Oloy tog‘ sistemasida Zarafshon muzligidan boshlanadi. Uzunligi 738 km. Zarafshon dalalarini sug‘orish uchun ishlatilib kamayib, Qizilqum mayda sho‘r ko‘llari orasida yo‘qolib ketadi.

  • Zarafshon tizmasi – Zarafshon daryosi janubda, Tojigiston bilan O‘zbekistondagi (O‘rta Osiyodagi) Pomir-Oloy tog‘ sistemasiga kiradi. SHarqdan g‘arbga tomon cho‘zilib, tizmaning eng baland joyi 5500 m etadi. Tizmadan kattagina muzliklar osilib tushgan.

  • Ili – daryo, u ikki bosh irmoq (Kunges va Tekes) qo‘shilishidan yuzaga kelgan bo‘lib, Xitoy hududida Tyan-SHan tog‘laridan boshlanadi. Qozog‘istonning Olmaota oblastida Balxash ko‘liga quyiladi. Uzunligi 1380 km bo‘lib, bir qismida kema qatnaydi. Ili so‘zi mo‘g‘ilchadan olingan bo‘lib, “jilvalanuvchi” degan ma’noni anglatadi.

  • Iliorti Olatog‘i – Qozog‘istonda g‘arbiy Tyan-SHan sistemasidagi tog‘ tizmasi, janubda Ili vodiysini o‘rab turadi. YOy shaklida 270 km gacha cho‘zilgan.

  • Issiqko‘l – Qirg‘izistonda, dengiz sathidan 1609 m ,balandlikda joylashgan. Tyan – SHandagi oqmas tog‘ ko‘li, maydoni 6,2 ming km2, eng chuqur joyi 702 m, ko‘lning shimoliy qirg‘og‘i bo‘ylab, Kungay Olatog‘, janubiy qirg‘og‘i bo‘ylab esa Terskay Olatog‘i cho‘zilib boradi. Qishi qattiq bo‘lishiga qaramay bu ko‘l muzlamaydi. Suvi sho‘rroq, ichishga yaramaydi. Bu ko‘l muzlamaganligi uchun unga Issiqko‘l nomi berilgan.

  • Katta Farg‘ona kanali – bu kanal eng yirik inshoatlardan biri bo‘lib, Farg‘ona kolxozchilarining tashabbusi bilan xalq qurilishi metodida qurilgan. Kanal Norin dayosi yaqinidan boshlanib, O‘rta Osiyoning Farg‘ona vodiysi janubiy qismidan o‘tadi. Suvini Norin daryosidan oladi. Kanalning uzunligi 330 km, kengligi 25 – 30 metr, chuqurligi 4 metr. Katta Farg‘ona kanalida juda ko‘p yirik gidrotexnika inshoatlari qurilgan.

  • Kichik Bolxon – Turkmaniston hududida, Nebetdog‘dan sharqdagi undan baland bo‘lmagan tog‘lar.

  • Kichik Bo‘rsiq qumlari – Orol dengizidan shimoldagi qumli sahro

  • Kopetdog‘ - O‘rta Osiyodagi tog‘lar, Turkmanistonning Eron bilan bo‘lgan chegarasining janubi-g‘arbiy qismidadir. Turkmaniston hududidagi qismi etaklaridan temir yo‘llari o‘tadi. Eng baland joyi Eron hdudida joylashgan bo‘lib 3117 m ni tashkil etadi.

  • Kungay Olatog‘i – Qirg‘izistonda, Tyan-SHandagi tog‘ tizmasi bahaybat tik ko‘tarilgan devordek Issiqko‘lning shimoliy sohillarini 300 km gacha masofada o‘rab turadi. Tizmaning eng baland cho‘qqisi CHo‘qtol tizmasida (4771 m) o‘ndan ortiq muzliklar bor. Nomi qirg‘izcha bo‘lib, oftobro‘y olachalpoq tog‘ demakdir.

  • Ko‘kshag‘altog‘ (Qoqsholtov) - Tyan-SHan sistemasidagi tog‘ tizmasi, Hontagri massividan to Oloy tizmasigacha, Qirg‘iziston va Xitoy chegarasi bo‘ylab janubi-g‘arb tomonga qarab cho‘zilib boradi. Eng baland joyi G‘alaba cho‘qqisi (7439 m) muzliklar bilan qoplangan.

  • Mang‘iztov – Kaspiy dengizining sharqiy qirg‘og‘idagi yarim orol, yarim orol chekkalari tik qoyalari yassi tog‘lik bo‘lib, unda jarlar ko‘p. YArim orolning sharqiy qismida Qoratog‘ hamda Oqtog‘ tog‘ tizmalari mavjud. YArim orolning sharqiy chekkasi dengizga tomon qiyadir. Er yuzasini bo‘r davri va uchlamchi davrning jinslari qoplab yotadi.

  • Mug‘ojar tog‘lari – Qozog‘iston hududidagi tog‘lardan bo‘lib, Ural tog‘larining janubiy tarmog‘idir. Mug‘ojar tog‘lari bir biriga parallel ikkita tog‘ gryadasidan iborat. SHimoldan janubga Irg‘iz daryosining yuqori oqimidan Ustyurt platosigacha 400 km masofaga cho‘zilgan. Ustyurt platosidan yon tomonga tarmoqlanib ketgan. Eng baland qismi Burgegur cho‘qqisi 656 m, o‘rtacha balandligi esa 250-350 m ga etad. Mug‘ojar tog‘lari Kaspiy bo‘yi pasttekisligining sharqiy chegarasi hamda Kaspiy dengizi bilan Orol dengizi orasidagi suvayirg‘ichdir. Mug‘ojar tog‘larining g‘arbiy yonbag‘ridan Emba va Ob daryolari boshlanadi, sharqiy yonbag‘ridan Irg‘iz daryosining irmoqlari hosil bo‘ladi.

  • Mo‘yinqum – Qozog‘istondagi qumli sahro, Qoratog‘ va CHuv tog‘ tizmalari oralig‘ida joylashgan, nomi qozoqcha bo‘yin (uzun) va qum so‘zlaridan olingan bo‘lib, uzun cho‘zilgan qum sahrosi demakdir.

  • Nurota – tog‘ tizmasi, Turkiston tog‘ tizmasining shimoli-g‘arbiy davomi, balandligi 2169 m gacha etadi.

  • Oqsuv. O‘rta Osiyodagi bir necha daryoning nomi.

  • Oqtov – pastroq tog‘ tizmalarining nomi.

  • Olako‘l – Qozog‘iston, Torbag‘otoy tog‘ tizmasi bilan oralig‘idadir.

  • Olatog‘ – O‘rta Osiyo va Sibirdagi bir necha kattaroq tog‘ tizmalarining nomi.

  • Oloy vodiysi – Oloy tog‘ tizmasi bilan Qizilsuv daryosining yuqori oqimida joylashgan vodiy.

  • Oloy tog‘ tizmasi – Turkiston tog‘ tizmasining sharqiy davomi hamda Pomir-Oloy tog‘ sistemasining shimoliy burmasining sharqiy chekkasi.

  • Oloyorti – Pomir-Oloy tog‘ sistemasiga kiradi, Qirg‘iziston va Tojigiston chegarasida qisman Xitoy hududiga ham kirib boradi. Oloy vodiysi va Qizilsuv daryosi bo‘ylab 200 km ga cho‘zilib boradi.

  • Panj - O‘rta Osiyodagi daryo, Amudaryoning chap irmog‘i, Afg‘oniston hududining Hindiqush tog‘lari sharqiy chekkasining shimoliy yonbag‘ridan boshlanadi. Uzunligi 806 km, nomi fors tilidan olingan bo‘lib, “besh daryo” ma’nosini anglatadi. Pomir, Alichur, Bartang, YAzg‘ulon va Vanch daryolari Pomirning muzliklaridan boshlanib, tog‘ning g‘arbiy etagiga bir-birlariga parallel holda oqib tushadi.

  • Pyotr1 tog‘ tizmasi – Pomir-Oloy tog‘ sistemasidagi juda baland tog‘ tizmalaridan biri. Oloyorti tog‘ tizmasining g‘arbiy davomi deyish mumkin. Bu tog‘ tizmas g‘arbdan sharqqa tomon Surxon daryosining chap qirg‘og‘i bo‘ylab 200 km masofaga cho‘zilgan. Uning g‘arbiy qismi ancha past tog‘lardan iborat bo‘lib, doimiy qor yo‘q. Lekin sharqqa borgan sari ko‘tarilib borib Pyotr1 tog‘ tizmasi bilan Fanlar akademiyasi tog‘ tizmasi tutashgan Stalin cho‘qqisiga etib boradi. Bu tog‘ tizmasini birinchi bo‘lib tekshirgan tadqiqotchi V.F. Oshanin 1878 yilda uni Pyotr1 tizmasi deb atagan.

  • Pomir-Oloy - O‘rta Osiyoda Farg‘ona vodiysining janubida joylashgan tog‘ sistemasidir. U yoy shaklida cho‘zilgan burmali ikkita uzun tog‘ sistemasi bilan boshlanib, ular geografik kenglik bo‘yicha yo‘nalgan. Ulardan birinchisi amudaryoning quyi oqimida ayrim – ayrim balandliklar tarzida boshlanadi so‘ngra Nurota tizmasi tog‘lariga undan keyin Turkiston hamda Oloy tog‘ tizmalariga tutashadi. Janubroqda unga parallel holda ikkinchi tog‘ sistemasi cho‘zilgan. Bu tog‘ sistemasi birinchi tog‘ sistemasidan ham balandroq bo‘lib, unga Zarafshon, Hisor va Pyotr1 tog‘ tizmalari kiradi. Pyotr1 tog‘ tizmasiga meridian bo‘ylab cho‘zilgan Fanlar akademiyasi tog‘ tizmasi va Orqa Oloy tog‘ tizmasi kelib tutashadi. Pyotr1 tog‘ tizmasiga Fanlar akademiyasi tog‘i kelib tutashgan joyda Stalin cho‘qqisi (7456 m), Orqa Oloy tog‘ tizmasida Lenin cho‘qqisi (7134 m) bor. Bu ikkala burmali tog‘ sistemasi juda chalkashib ketgan tog‘ uzelida bir-biri bilan qo‘shiladi, bu joyda juda katta muzlik (uzunligi 24 km) bo‘lib, bundan Zarafshon daryosi boshlanadi. Baland tog‘lardan muzliklar siljib tushib turadi. Bu burmali tog‘lardan janubda Pomir tog‘ligi joylashgan. “Pomir” tojikcha so‘z bo‘lib, “dunyo tomi” ma’nosini anglatadi.

  • Sariko‘l tog‘ tizmasi – SHarqiy Pomir, Tojigiston bilan Xitoy chegarasida joylashgan. O‘rtacha balandligi 4000 m, eng baland joyi 5909 m.

  • Sirdaryo - O‘rta Osiyoning Amudaryodan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadigan daryosi hisoblanadi. Sirdaryo Terskay Olatovi va Farg‘ona tizma tog‘laridan oqib tushadigan ikki manbadan; o‘ng irmog‘i Norin bilan, chap irmog‘i Qoradaryoning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. SHu ikkala irmoq qo‘shilgandan so‘ng daryo Sirdaryo nomi bilan yuritiladi va u Orol dengiziga borib quyiladi. Uning uzunliig Norin bilan birga 2660 km. Bu daryoda bir qancha gidrostansiyalar va suv omborlari barpo etilgan. Mirzacho‘lning asosiy qismi Sirdaryodan suv oluvchi kanallar yordamida sug‘oriladi.

  • Surxondaryo – Amudaryoning o‘ng irmog‘i, Tojigiston hududida Hisor tog‘larining yonbag‘irlaridan boshlanadi. O‘zbekiston hududida Surxondaryoning serunum vodiysidan shimoldan janubga qarab oqadi va Termizga yaqin joyda Amudaryoga quyiladi, uning uzunligi 260 km.

  • So‘x – Farg‘ona vodiysidagi daryo, Oloy tizma tog‘larining shimoliy yonbag‘irlaridagi muzliklardan, Zarafshon daryosining yuqori qismi yaqinidan Qirg‘iziston hududidan boshlanadi. Qirg‘iziston va O‘zbekiston hududidan janubdan shimolga tomon oqib o‘tadi. Tog‘ oldi mintaqalaridan tekislikka chiqqanidan so‘ng ko‘plab irrigatsiya kanallariga bo‘linib ketadi. Unumdor vohalarning erlariga suv beradi. Bu daryo Sirdaryo daryo sistemasiga kiritilsada, Sirdaryo daryosiga suvi kelib qo‘shilmaydi ya’ni etib kelmasdan qurib qoladi va sug‘orishga ishlatiladi, uning uzunligi 106 km ni tashkil etadi.

  • Tajan - daryo, Afg‘onistondagi Hindiqush tog‘ining g‘arbiy yonbag‘irlaridan boshlanadi. Afg‘onistonda bu daryo Harirud deb ataladi. Daryo Eron chegarasiga qadar g‘arb tomonga qarab oqadi, so‘ng shimol tomonga buriladi. Turon pasttekisligiga chiqib, Tajan shahri yonida tarmoqlarga bo‘linadi va qumlar orasida yo‘q bo‘lib ketadi. Paxta, sholi, bug‘doy va boshqa ekinlar ekiladigan erlarni sug‘orishda daryodan keng foydalaniladi. Uzunligi 1124 km.

  • Talas Olatovi – Qirg‘izistonning Tyan-SHan sistemasiga kiruvchi tog‘ tizmalari Talas daryosi bilan Sirdaryo havzalarining suvayirg‘ichi sifatida g‘arbdan sharqqa qarab 250 km masofaga cho‘zilgan. Talas Olatog‘ining eng baland joyi 4500 m ga yaqin.

  • Terskay Olatog‘i – Qirg‘izistondagi tog‘ tizmasi, Tyan-SHan tog‘ining burmalangan yoy shaklidagi tizmalardan biri bo‘lib, Issiqko‘lning janubiy qirg‘og‘i bo‘ylab cho‘zilib ketgan.

  • Turkiston - O‘rta Osiyo mamlakatlarining umumiy nomi, lekin Turkiston deganda qaerlarni nazarda to‘tish aniq emas. Turkiston deyilganda ko‘p hollarda Amudaryo, Sirdaryo hamda Tarim daryolarining havzalaridagi erlar tushiniladi. Uning bir qismi Rossiyaga, bir qismi Xitoyga va yana bir qismi Afg‘onistonga to‘g‘ri keladi. Birinchi qismi Rossiya Turkistoni yoki g‘arbiy Turkiston, ikkinchisi Xitoy Turkistoni yoki sharqiy Turkiston, Qoshg‘ar Pomir va Hindiqush tog‘lariga tutashgan,uchinchi qismi esa Afg‘oniston Turkistoni deb ataladi.

  • Turkiston tog‘ tizmasi – Pomir-Oloy tog‘ sistemasiga kiradi. Zarafshon daryosining yuqori oqimidan boshlanib, daryoning o‘ng qirg‘og‘iga parallel holda cho‘ziladi. O‘rtacha balandligi 2000 m, sharqiy qismi nisbatan baland (5000 m), doimiy qor va muzliklar bilan qoplangan.

  • Tyan-SHan - O‘rta Osiyodagi juda katta tog‘ sistemasi. U g‘arbdan sharqqa 1500 km dan ortiq masofaga cho‘zilgan va kengligi o‘rta hisobda 300 km ga teng. Tyan-SHan tog‘ tizmalari juda baland (4000-5000 m) qismlari doimiy qor va muzliklar bilan qoplangan. Bu sistemadagi eng katta tog‘ massivi Tangritog‘ bo‘lib, uning eng baland cho‘qqisi 7439 metrga teng bo‘lib, G‘alaba nomi bilan ataladi. Hontangri cho‘qqisi (6995 m) ikkinchi o‘rinda turadi. Tangritog‘ tog‘ tizmalari turli yo‘nalishda tarmoqlanib ketgan. Tyan-SHan so‘zi Xitoy tilida Tyan - (osmon), SHan – (tog‘lar) so‘zidan olinib, osmon barobar tog‘lar ma’nosida ishlatiladi.

  • Ustyurt – Kaspiy va Orol dengizlari orasidagi plato, u Qozog‘istonning shimoliy qismini, Qoraqalpog‘istonning shimoliy qismlarini o‘z ichiga oladi. Balandligi 150-300 m, shimoliy – sharq va janub tomoni ayrim-ayrim yoki uzunasiga ketgan egri-bugri tik jarliklar (chinklar) dan iborat. Relefi deyarli bir tekis, ba’zi-ba’zida sho‘rxok cho‘kmalar uchraydi. Bu cho‘kmalarning osti Kaspiy dengizi sathidan pastda. Oqar suvlari uchramaydi ammo, ba’zan sho‘r ko‘llar uchrab turadi.

  • Farg‘ona vodiysi - O‘rta Osiyoda Sirdaryoning o‘rta oqimida joylashgan katta kotlovina bo‘lib, shimoldan CHotqol, sharqdan Farg‘ona, janubda Turkiston va Oloy tizma tog‘lari bilan o‘ralgan. Pasttekislikdan iborat tor (eni 40 km ga yaqin) yo‘lak orqali Turon past tekisligiga tutashib go‘yo uning sharqiy tarmog‘ini tashkil qiladi. Maydoni qariyb 20 ming km2, dengiz sathidan 300-1000 m balanddadir. Er yuzasi qumli lyoss bilan qoplangan. Sirdaryo va uning tog‘laridan oqib tushadigan irmoqlardan suv ichadi. Suvning serobligi va iqlimning issiqligidan vodiyning ko‘pchilik erlari juda unumdordir. Foydali qazilmalardan neft, nodir metallar, toshko‘mir konlari mavjud.

  • Farg‘ona tog‘ tizmasi – Sirdaryoning irmoqlari Norin bilan Qoradaryo o‘rtasida joylashgan bo‘lib, Qirg‘izaston hududida Tyan-SHan tog‘ sistemasi tarkibiga kiradi. Farg‘ona vodiysini shimoli – sharq qismidan o‘rab turadi. Tog‘ tizmasining uzunligi 300 km, janubiy qismida balandligi 4500-4940 m ga etadi. Tizmaning bu qismi doimiy qorlar va bir qancha kichik-kichik muzliklar bilan qoplangan, shimoliy qismi esa ancha past 3000 m gacha boradi.

  • CHirchiq – 1) O‘rta Osiyodagi daryo, Sirdaryoning o‘ng irmog‘i, O‘zbekiston hududida oqadi. CHirchiq daryosi Talas tizma tog‘larining janubiy yonbag‘irlaridagi 4000 m dan ham ortiqroq ,balandlikdan boshlanuvchi CHotqol va Pskom daryolarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Pskom bilan birga qo‘shib hisoblanganda CHirchiqning uzunligi 336 km, daryoning yuqori va o‘rta qismlaridan gidroenergiya olish va sug‘orish uchun foydalaniladi.

  • CHuv – O‘rta Osiyodagi daryo bo‘lib, Qirg‘iziston hududida Markaziy Tyan-SHandan boshlanib, Qozog‘iston hududidan oqib o‘tadi va Betpaqdalani Mo‘yinqum sahrosidan ajratib turadi. U juda ko‘p tarmoq va shahobchalarga bo‘linadi. Savmalko‘l deb atalgan ko‘lga faqatgina bahorda quyiladi, yozda esa juda ko‘p bug‘lanishi va sug‘orish kanallariga olinishi natijasida sahroning qumlari orasida singib ketadi. CHiv daryosidan gidroenergiya olish va sug‘orish uchun foydalaniladi. Uzunligi 1030 km ga yaqin, kema qatnamaydi.

  • Qizilqum – Sirdaryo bilan Amudaryoning quyi oqim qismidagi oraliq sahro (asosan qumli sahro) maydoni taxminan 300 ming km2, er yuzasi asosan tekislikdan iborat bo‘lib, shimoli-g‘arbga tomon pasayib boradi. Sahroning markaziy qismida emirilib ketgan tog‘larning qoldiqlari bor. Iqlimi keskin kontenintal, haddan tashqari quruq.

  • Qirg‘iziston tizmasi – Tyan-SHanning Issiqko‘l bilan Talas daryosi orasida joylashgan shimoliy chekka tizmasi. SHimol tomonga qarab tik ko‘tarilib borib balandligi 4875 m ga etadi.

  • Qozog‘iston Darvozasi – Qozog‘iston Olatovi va Borliq tog‘ orasidagi tog‘ yo‘lagi.

  • Qozog‘iston Olatovi – Qozog‘istndagi tog‘ sistemasi, u Himolay chegarasida bo‘lib, Tyan-SHan tog‘larining eng shimoliy qismidir. Tog‘ cho‘qqilari 4500 m ga etadi.

  • Qozog‘iston past tog‘lari – juda emirilib ketgan keng tog‘li o‘lka bo‘lib, sharqiy Qozog‘istonning kattagina qismini ishg‘ol etadi. O‘rtacha balandligi 300-400 m, Qarqarali tog‘larining bilandligi 1559 m ge etadi. Qozog‘iston past tog‘lari er ostida turli xil qazilmalarning g‘oyat katta zahirasi mavjud. Iqlimi keskin kontenintal, quruqdir. Daryolari kam, ularning ko‘pchiligi qurib qoladi.

  • Qorabo‘g‘ozg‘ol – Kaspiy dengizining sharqiy qirg‘og‘i yaqinidagi qo‘ltiq, Turkmaniston dengizi bilan tor va sayoz bo‘g‘oz orqali tutashib turadi, maydoni 18 ming km2, chuqurligi 10 m gacha boradi va bu Kaspiy dengizining sho‘rligini kamaytirib turadi. Kuchli bug‘lanish suvning sho‘rlik darajasini ortishiga olib keladi va bu tuzlarning qo‘ltiq tagiga cho‘kishiga sabab bo‘ladi. SHu sababli Kaspiy dengizidan unga doim suv oqib kelib turadi. Qo‘ltiqdan tuz qazib olinadi.

  • Qoragiyo (Botir) – Mang‘ishloq yarimorolidagi cho‘kma, Kaspiy dengizi sharqiy sohili yaqinida okean sathidan 132 m pastda.

  • Qoradaryo – Norin daryosi bilan qo‘shilib Sirdaryoni hosil qiladi. Farg‘ona va Oloy tizmalaridan boshlanadigan Qorg‘ulja bilan Tar daryolarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi.

  • Qoraqum kanali - O‘zbekiston va Turkmanistonning janubidagi magistral sug‘oruv kanali, ettilik rejasiga muvofiq qurilib bo‘lishi kerak edi. Kanal Amudaryo yonidan boshlanib Murg‘obgacha, so‘ngra Tajang vohalarigacha etib boradi. Keyinchalik Alixabougacha etkaziladi.

  • Qorako‘l – Pomirdagi oqmsas ko‘l, Tojigistonning tog‘li Badaxshon oblastining shimoli-sharqida, 3914 m balandlikda joylashgan, maydoni 364 km2.

  • Qoratog‘ – 1) tog‘ tizmasi, Tyan-SHanning shimoli-g‘arbiy tarmog‘i, janubiy Qozog‘iston oblasti hududida ba’zi bir cho‘qqilari 2176 m gacha ko‘tariladi. Fosforit, rangdor metall rudalarining yirik konlari bor. 2) Mang‘ishloq yarim orolidagi kryajlaridan biri, balandligi 555 m ga etadi. Gilli – slanets va ohaktosh-qumtoshlardan tuzilgan.

  • G‘alaba – cho‘qqi, Tyan-SHan tog‘ sistemasining Ko‘kshag‘altog‘ tog‘ tizmasidagi cho‘qqi, bu Tyan-SHanning eng baland (7439 m) qismi ham hisoblanadi.

  • Hindiqush – Osiyodagi tog‘ tizma. Pomir tog‘larining janubiy chekkasiga yaqin erdan boshlanadi. Bu erda u Qoraqirim va Himolay tog‘lariga yondoshib keladi. Uning katta qismi Afg‘oniston doirasida shimoli-sharqdan janubi-g‘arbga deyarli 1000 km masofaga cho‘zilib borgan.

  • Alp burmalanish tog‘lari sistemasiga kiradi. Eng baland cho‘qqisi Trichmir (7960 m) dir.

  • Hisor tizma tog‘lari – O‘rta Osiyodagi Pomir-Oloy tog‘ sistemasining bir qismi bo‘lib, Hisor tizmasining janubida Hisor vodiysi bor.




Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling