Kreditning ta'minlanganligi. Bu tamoyil yordarnida
xalq xo'jaligining rivojlanishida qiymat va moddiy ishlab chiqarish oʻrtasida boʻlishi zarur boʻlgan proporsiyalarning bir me'yorda bo`lishi ta'minlanadi. Bu tamoyilning asosiy mohiyati shundaki, bunda xo'jalik aylanishida ishtirok etuvchi bank mablagʻlarining har bir so'miga muayyan boyliklarning bir so`mi qarama-qarshi turishi kerak. Banklar tomonidan xaiq xo'jaligi tarmoqlariga berilgan kreditlar toʻliq tovar moddiy boyliklari va ma'lum xarajatlar bilan ta'minlangan bo`lishi kerak. Tarmoqlarga ta'minlanmagan kreditlarning berilishi bank kreditlarining bankka qaytib kelmasligiga asos hisoblanadi. Bu o`z navbatida bankning limidliligiga va pul muomalasiga katta ta'sir ko`rsatadi. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar tomonidan beriladigan kreditlarning tovar moddiy boytiklar va xarajatlar bilan ta'minlangan boʻlishiga alohida e'tibor berilmoqda. Hozirgi sharoitda bu jarayonning amalga oshirilishini quyidagicha ifodalash mumkin.
Kredit olayotgan korxona bankka tovar yoki tovar hujjatlarini, boshqa biror shakldagi mulkni garovga qo'yadi
21
va bank bergan kredit qarz oʻrnini qoplash huquqiga ega
bo`ladi. Ba'zida kredit varrant asosida ham berilishi
mumkin (Varrant — garov uchun xizmat qiluvchi hujjat). Bunda kreditorning berayotgan krediti tovar-inoddiy boyliklar bilan ta'minlanganligiga ishonch hosil qilish kerak.
Bank ssudalarini tovar-moddiy boyliklar bilan to`liq ta'minlanganligi pul muomalasining barqarorligini ta'minlaydi chunki bankda pullarning naqd pulga va aksincha aylanishi transformatsiyalanib turadi.
Xulosa qilib aytganda, kreditning ta`minlanganlik ta'moyili qarz oluvchi oʻziga olgan majburiyatlarni buzish sharoitida qarz beruvchiningmulkdorlik manfaatlarini himoya qilishni ta'minlaydi va oʻzining amaliy aksini kreditni biror garov yoki moliyaviy kafolat asosida berishda topadi. Bu umumiqtisodiyot barqarorlikka erishish davrida ayniqsa muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |