Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi "iqtisodiyot nazariyasi" fanidan
3. Kreditning asosiy funksiyalari va tashkil qilish asoslari
Download 312.5 Kb.
|
70 19 To'xtayev Bunyod Kurs ishi Iqtisodiyot nazariyasidan (2)
10
3. Kreditning asosiy funksiyalari va tashkil qilish asoslari. Har qanday iqtisodiy kategoriya oʻzining funksiyalariga ega bo`lganikabi kredit ham o`zining bir qator funksiyalariga ega. Ijtimoiy iqtisodiy izimida kreditning o`rni va roli u bajarayotgan funksiyalari bilan iniqlanadi. Kreditning funksiyasi — bu kreditning iqtisodiyotda faoiyatning muayyan ravishda namoyon bo'lishidir. Kreditni tahlil qilishda, uning funksiyasi mohiyati va roli oʻrtasidagioraliq boʻgʻin sifatida ko'rib chiqiladi. Kredit tomonidan bajariladigan funksiyalar turli adabiyotlardaurlicha beriladi. Koʻpgina adabiyotlarda kreditning 4 ta funksiyasi koʻrsatilgan va asoslangan boʻlib ular quyidagilar: — kapitallarni qayta taqsimlash va foyda me'yorini tekislash (tengashtirish); — muomala xarajatlarini tejash; — kapitalning markazlashuvi; — kapitalni yigʻilishi va jamg`arish funksiyasi. Biroq boshqa koʻpgina kitoblarda kreditning boshqa 4 ta funksiyasi koʻrsatilgandir. Bu funksiyalar; — qayta taqsimlash funksiyasi: — qayta takror ishlab chiqarish funksiyasi; — muomaladagi haqiqiy naqd pul mablag'larini kredit muomala vositalari bilan almashtiradi; 11 — ragʻbatlantirish funksiyalaridir. Bu yuqorida ko'rib oʻtilgan funksiyalar yordamida kredit mamlakatdagi taqsimlangan va bo'sh turgan moddiy va pul mablag'lari o'z egalaridan vaqtinchalik boshqa mulk egalariga harakat qilishlari uchun imkon yaratadi. Kreditning qayta taqsimlash funksiyasi 2 koʻrinishda va tovar shakllarida amalga oshirilishi mumkin. Kreditning takror ishlab chiqarish funksiyasida esa kredit 2 xil koʻrinishda namoyon boʻladi: — qarz oluvchi tomonidan olingan kreditlar ularga kerakli kapital hajmini ta'minlaydi, tadbirkorlik faoliyatini olib borishiga imkon yaratiladi. — turli korxonalarga kredit berilishi natijasida jamiyat miqyosida ishlab chiqarish uchun yaxshi va yomon holatlar (sharoitlar) vujudga kelishi mumkin (sifat, tannarx, baho). Muomaladagi haqiqiy va naqd pul mablagʻlarini kredit toʻlov vositalari bilan almashtirish funksiyasida haqiqiy (oltin) pullar pul belgilari (banknotalar) bilan almashtiriladi. Bu o'z navbatida davlatni qarz majburiyatini bildiradi hamda oltin qiymat belgalarini belgilaydi. Shu bilan birga naqd pul belgilari aylanishi jarayonida pul belgilari oʻz navbatida kredit muomala vositalari-veksel, chek, plastik kartochkalari bilan almashtirilishi mumkin. Kreditning rag'batlantirish funksiyasida — kredit ishlab chiqarish va muomalaga mikro va makro darajada ta'sir koʻrsatadi. Buning natijasida mablagʻlardan tejamli 12 foydalanishga asos yaratadi. Kredit qarz oluvchidan olgan kreditlarining samarali, daromad oladigan darajada foydalanishiga, o'z vaqtida ishlatib to`liq qaytarilishiga majbur qiladi. Davlat miqyosida esa kredit miqdorini ko'paytirish yoki kamaytirish orqali iqtisodiyotga salbiy yoki ijobiy ta'sir o'tkazishi mumkin. Chunki kredit miqdorining kamayishi, ko`payishi uning ikki tomonlama ta'sirini bildiradi. Kreditning bu funksiyalari haqida olimlar oʻrtasida yagona fikr yo'q.Masalan, Rossiya iqtisodchisi O.I. Lavrushinning fikricha, kreditning funksiyalarini tahlil qilishda ikkita yechilmagan muammo mavjud: funksiyani tushunishning uslubiy asoslari; funksiyalarning tarkibi va strukturasi. Kreditning tarkibiy qismidan kelib chiqqan holda unga quyidagi munosabatlar xosdir: Kreditorning qarz oluvchi va qarzga berayotgan qiymat bilan munosabati orqali; qarz oluvchining kreditor va qarzga beriluvchi qiymat bilan munosabati orqali; qarzga beriluvchi qiymat bilan kreditor va qarz oluvchining munosabati orqali. Kreditor va qarz oluvchi o'rtasidagi munosabat shunday aniqlanadiki, bunda kreditor qarz oluvchiga resurslarni taklif qiladi, qarz oluvchi bu resurslarni ishlatadi va bunda qarzga beriluvchi qiymat kreditor va qarz oluvchi oʻrtasida aylanadi. Bu yerdan kreditning birinchi funksiyasi kelib chiqadi: 13 Qarzga beriluvchi qiymatni vaqtincha foydalanishga berish funksiyasi. Kredit va pul mablag'lari oʻrtasidagi munosabatlardan kelib chiqqan holda, kreditning haqiqiy pullarni kredit pullari bilan funksiya oldinga surilgan. Lekin bu funksiya hozirgi kunda iqtisodiy munosabatlar «saxnasidan» chikib ketgan. Tashqi muhit bilan aloqasi uning ikkinchi funksiyasini keltirib chiqaradi. Qayta taqsimlash funksiyasi. Kredit qayta ishlab chiqarish jarayonining barcha tarmoqlariga — ishlab chiqarish, taqsimlash, muomalaga iste'molga xizmat koʻrsatadi. Qayta ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq holda kredit, ishlab chiqarish, taqsimlash yoki iste'mol jarayonida kechadigan funksiyalardan farqli o'laroq qayta taqsimlash funksiyasini bajaradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ssuda kapitali bozori vaqtincha boʻshturgan moliyaviy resurslarni bir faoliyat jabhasidan boshqasiga yo'naltiruvchi va natijada kechadigan funksiyasini bajaradi. Qayta taqsimlash funksiyasi yordamida korxonalar, tashkilotlari davlat va shaxsiy sektorning bo'sh pul mablagʻlari va daromadlari ssuda kapitaliga aylantiriladi hamda vaqtincha foydalanishga, davlat va shaxsiy sektorning boʻsh pul mablag'lari hamda daromadlari ssuda kapitaliga aylantiriladi va vaqtincha foydalanishga, muayyan to'lov asosida beriladi. Bu funksiya yordamida ishlab chiqarishdagi proporsiyalar va pul kapitali harakati 14 boshqarilib turiladi. Turli tarmoqlardagi darajasiga koʻra, kredit iqtisodiy stixiyali makroboshqaruvchisi sifatida namoyon boʻladi. Ba'zi hollarda bu funksiyaning amalga oshirilishi bozor tizimiga nomutanosiblikni chuqurlashuviga olib kelishi mumkin. Xuddi shunday holat MDH davlatlarida bozor iqtisodiga o`tish bosqichida namoyon bo`lmoqda shuning uchun kredit tizimini davlat tomonidan boshqarishning muhim vazifalaridan biri bu iqtisodiy ustunlikni oqilona tavsiflash va kredit resurslarini u yoki bu tarmoqqa jalb qilishni rag'batlantirishdan iborat. Muomala harakatlarini tejash funksiyasi. Kredit vujudga kelishi davridan boshlab haqiqiy pullarni (oltin, kumush) kredit pullari —veksellar, banknotalar, cheklar bilan almashishini ta'minlab kelgan. Lekin, oltinning monetar roli yo`qolishi tufayli kredit bu funksiyasi yordamida naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirib, hisob-kitoblarni tezligini va kam xarajatliligini ta'minlamoqda. Kapitalning muomalada boʻlish vaqtining tejalishi uning ishlab chiqarishda boʻlish vaqtini oshiradi va bu ishlab chiqarishni kengaytirishga, foydaning ortishiga olib keladi. Bu funksiyaning amalga oshishi kreditning iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqqani. Uning manbayi sanoat va savdo kapitalining doiraviy aylanishi jarayonida vaqtincha bo`shagan moliyaviy mablagʻlar hisoblanadi. Xo`jalik subyektlari pul mablag'larining kelib tushishi va ishlatilishi oʻrtasidagi vaqt bo`yicha farq faqatgina ortiqcha 15 mabalag‘lar hajmini emas, balki moliyaviy mablag'larning yetishmovchiligini ham aniqlab beradi. Shuning uchun korxona va tashkilotlarning o'z aylanma mablag'larining vaqtinchalik yetishmovchiligini to`ldirish uchun ssudalar olish keng tarqalib borgan. Kapital to‘planishining jadallashuvi va konsentratsiyalashuvi funksiyasi. Kapital to`lanishi jarayoni iqtisodiy rivojlanishning barqarorlashuvi va xo'jalik yurituvchi har bir subyektning o`z maqsadiga erishishning muhim sharti hisoblanadi. Bu ishlab chiqarishni kengaytirishga, shu bilan birga qo`shimcha foyda olishga qarz mablag'laridan foydalanish imkonini yaratadi. Shuni ta`kidlab oʻtish zarurki, iqtisodiy inqiroz davrida bu resurslarning qimmatliligi ko'pchilik xo'jalik faoliyati jabhalarida kapital to'planishini jadallashtirish masalasini hal qilishda to'sqinlik qiladi. Shunga qaramasdan, koʻrib chiqilayotgan funksiya hozirgi sharoitda rejali iqtisodiyot davrida rivojlanmagan va mablag'lar bilan ta'minlanmagan faoliyat jabhalarini moliyaviy mabalag'lar bilan ta'minlash jarayonini sezilarli tezlashtiradi Muomala toʻlov vositalarini chiqarish funksiyasi. Bu funksiyaning amalga oshish jarayonida kredit faqatgina tovar emas, balki pul muomalasining jadallashuviga, undan naqd pullarni siqib chiqarib, to'lovlar aylanishining tezlashuviga ijobiy ta'sir koʻrsatadi. Kredit tufayli pul muomalasi doirasiga veksellar, chek, kredit kartochkalari kabi vositalar kiritilib, naqd pulli hisob-kitoblarni naqd 16 pulsiz operatsiyalar bilan almashtiradi. Bu esa ichki va xalqaro bozordagi iqtisodiy munosabatlar mexanizmini osonlashtiradi va tezlashtiradi. Bu masalani hal etishda ujorat krediti zamonaviy tovar almashishining kerakli elementi sitatida muhim oʻrin tutadi. Fan-texnika taraqqiyotining jadallashuvi ham kredit orqali samarali amalga oshirilishi mumkin. Urushdan keyingi yillarda fan-texnika taraqqiyoti har bir mamlakat yoki alohida xo'jalik yurituvchi subyekt iqtisodiy rivojining hal qiluvchi omiliga aylangan. Kreditning fan texnika taraqqiyotini jadallashtirishdagi rolini fan-texnika bilan shug'ullanuvchi tashkilotlarning faoliyatini moliyalashtirishda kredit resurslari ishlatilishi mumkin. Ilmiy tadqiqot ishlarini olib boruvchi markazlarning normal ishlab turishini ta'minlash uchun ham, ular faoliyatini moliyalashtirishda kredit resurslari ishlatilishi mumkin. Shuningdek, kredit innavatsion jarayonlarda ishlab chiqarishga ilmiy
Download 312.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling