Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi "iqtisodiyot nazariyasi" fanidan


2. Ssuda kapitali manbasi va ssuda foizi, mohiyati


Download 312.5 Kb.
bet3/16
Sana09.01.2022
Hajmi312.5 Kb.
#255350
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
70 19 To'xtayev Bunyod Kurs ishi Iqtisodiyot nazariyasidan (2)

8
2. Ssuda kapitali manbasi va ssuda foizi, mohiyati.

Ssuda kapitali — bu faoliyat ko'rsatuvchi kapital aylanishiga xizmat qiluvchi va foiz keltiruvchi ssudaga (qarzga) beriladigan pul kapitalidir.

Ssuda kapitalining manbalari — bu sanoat va savdo kapitallari aylanishi jarayonida boʻsh qoladigan pul kapitalidir. Pul kapitalining bo'shashi quyidagi omillarga asosan yuzaga keladi:

— asosiy kapital oboroti (aylanishi)ning xarakteridan. Tovarlarni sotgandan so'ng asosiy kapitalning eskirgan qismi amortizatsiya zaxirasi sifatida asosiy kapitalning yangilanish muddati kelgunga qadar yigʻilib turadi;

- oborot jaylanma) kapitalning domiy qismi aylanish xarakteridan. Tayyor tovarlarni sotish Va xomtasiiyo va materiallarni yangi tovarlar ishlab chiqarish maqsadida xarid qirish oralig'ida ma'lum bir muddat oʻtadi. Shuning uchun tayyor tovarlarni sotishdan tushgan pul tushumi vaqtinchalik bo'sh pul kapitali sifutida boʻsh boʻlib qoladi;

— tovarlarni sotish davri (vaqti) bilan shu haqini toʻlash davri orasidagi vaqtinchalik uzilishning mavjudligi;

— ishlab chiqarish hajmini kengayurish talablari darajasida zarur boʻlgan pul shaklidagi qo`shimcha qiymatni jamg'arish (yigʻish) zarurati va boshqa holatlar.

Shunday qilib, vaqtinchalik pul kapitalining boʻshashi obyektiv zaruriyatdir. Biroq bunday holda bekor turadigan

9

pullar doimiy harakatda boʻladigan kapital qiymati talabiga



qarshi ishtirok etadi. Bunday qarama-qarshilik kreditlarni berish orqali hal qilinadi, ya'ni vaqtinchalik bo`lmaydigan pul kapitali qarzga beriladi.

Ssuda kapitali o'ziga xos tovar sifatida gavdalanar ekan, u holda undan foydalanishda toʻlanadigan foiz kapital «baho»si boʻlib ishtirok etadi. Ammo bu o'ziga xos baho, tovarning pul shaklidagi qiymatini aks ettirmaydi, balki kapitalning tovar shaklidagi iste'mol qiymatini- foyda keltirish qobiliyatini aks ettiradi.

Foiz me'yori- ssuda kapitaliga olinadigan yillik daromadni, qarzga (ssudaga) berilgan kapital summasiga nisbatidir. Masalan, 100 ming so'mlik kapital ssudaga berilgan boʻlsa, yillik foiz daromadi 4 ming so'mga teng boʻlsa, u holda foiz me'yori 494 foizga teng boʻladi.



Download 312.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling