Guliston davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi
Download 192.31 Kb.
|
muhammad
2.Izokvantlar
Firma ishlab chiqarishning ikkita omili — mehnat va kapitalni almashtira oladigan ishlab chiqarish texnologiyasini o`rganishdan boshlaymiz. Faraz qilaylik, oziq-ovqat mahsuloti (tayyor mahsulotlar) mehnat va kapitaldan foydalanib ishlab chiqariladi. 9.1-jadvalda ishlab chiqarish omillarining turlicha o`zaro birikishida mahsulotni maksimal ishlab chiqarish keltirilgan. 9.1-jadvalda ko`rsatilgan har bir natija mahsulot ishlab chiqarishning maksimal hajmi bo`lib, uni kapital va mehnatni tegishli nisbatga qo`llash tufayli ishlab chiqarish mumkin (masalan, kapital 2 birligi va mehnat 4 birligidan foydalanish 85 birlik oziq-ovqat mahsuloti beradi). 9.1-jadval Ishlab chiqarshp omillarini turlicha nisbatda qo`llagan chog’da mahsulot ishlab chiqarish natijasi Jadvaldagi har bir qatorga nazar tashlasak, kapital sarfi o`zgarmagan holda mehnat sarflari ko`ttaygan sari ishlab chiqarishning umumiy hajmi o`sib borishini ko`ramiz. Har bir ustunni yuqoridan pastga tomon kuzatsak mehnat sarfi o`zgarmagan holda kapital sarfi ko`paygani sari mahsulot ishlab chiqarish o`sib borishini ko`ramiz. 9.1-jadvaldagi ma’lumot izokvantlardan foydalanib, chizma shaklida qam berilishi mumkin. Izokvant egri chiziqdan iborat bo`lib, unda joylashgan ishlab chiqarish omillarining barcha nisbatlarda qo`llanishi ulardan foydalanishda bir hil hajmda mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydi. 9.1-rasmda uchta ishlab chiqarish izokvanti aks ettirilgan (Chizma o`qlarida muayyan muddatda qo`llangan ishlab chiqarish omillari joylashgan). Download 192.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling