Guliston davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi
Ishlab chiqarish texnologiyasi
Download 192.31 Kb.
|
muhammad
1.Ishlab chiqarish texnologiyasi.
So`nggi uch bobda biz e’tiborimizni bozor talabi — iste’molchilarning afzal ko`rishlari va xatti-harakatiga qaratdik. Endi taklifga murojaat qilamiz va ishlab chiqaruvchilarning xatti-harakatini ko`rib chiqamiz. Biz firmalar qanday qilib ishlab chiqarishni samarali tashkil qila olishlarini va ishlab chiqarish omillarining hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning qiymati o`zgarishi bilan ishlab chiqarish sarflarining o`zgarishini ko`ramiz. Shuningdek, firmalar va iste’molchilar qo`llayotgan optimal echimlar o`rtasida o`xshashlik borligini ko`ramiz, iste’molchi xatti-harakatini o`rganish bizga ishlab chiqaruvchi xatti-harakatini tushunishda yordam beradi. Firmani iqtisodiy boshqarishda ishlab chiqarish va sarflar nazariyasi markaziy o`rin egallaydi. Ayrim muammolar, masalan, «General motors» kompaniyasi muntazam duch keladigan muammolar bilan tanishib chiqamiz. Yig’uv liniyalarining texnikaviy ta’minlanganlik darajasi qanday bo`lishi va uning yangi avtomobil zavodlariga qancha miqdorda mehnat resurslari jalb etilishi kerak? Agar kompaniya ishlab chiqarishni ko`paytirmoqchi bo`lsa, ishchilarni ko`proq yollashi lozimmi yoki yangi zavodlar qurish ham zarurmi? Nima maqsadga muvofiq: bitga avtomobil zavodi turli modellar ishlab chiqarganimi yoki har bir model alohida zavodda ishlab chiqarilganimi? «General motors» o`zining ishlab chiqarish sarflarini kelgusi yilda qanday rejalashtirmoqda va vaqti kelganda bu ishlab chiqarish sarflari qanday tarzda o`zgaradi, ularga ishlab chiqarish hajmi qanday ta’sir ko`rsatadi? Bu savollar faqat sanoat firmalariga qo`llanib qolmasdan, balki tovarlar ishlab chiqaruvchi, xizmatlar ko`rsatuvchi, hukumatga qarashli va notijorat muassasalarga ham tegishlidir. Ushbu bobda biz firmada ishlab chiqarish texnologiyasini o`rganib chiqamiz, bu jarayonda ishlab chiqarish omillari (mehnat va kapital kabilar) ning birgalikda amal qilishi tayyor mahsulot (avtomobillar va televizorlar) ishlab chiqarish bilan yakunlanadi. Biz buni bir nechta bosqichda amalga oshiramiz. Birinchidan, ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqarish funktsiyasi shaklida tasavvur etamiz. Keyin, ishlab chiqarish funktsiyasidan foydalanib firmada ishlab chiqarish omillari o`zgarganda mahsulot ishlab chiqarish qanday o`zgarayotganligini ko`rsatamiz. Firma faoliyatining miqyosiga alohida e’tibor qaratamiz. Firma ishlab chiqarish hajmini uning ko`lami oshgan sari ko`paytiruvchi texnologik afzalliklar mavjudmi? Shuningdek, biz ko`p tarmoqli firmalardagi ishlab chiqarishni ham o`rganamiz. Masalan, ikki xil mahsulot ishlab chiqaruvchi firma rahbari xar ikkala mahsulot ishlab chiqarish hajmini (maksimumlashtirish) uchun taqchil ishlab chiqarish omillarini qanday joylashtirishini ko`rishimiz mumkin. Nihoyat, biz firmaning ishlab chiqarish jarayoni to`g’risidagi empirik axborotni, jumladan, ishlab chiqarish miqyosining o`sishi natijasida mahsulot tannarxining pasayishi to`g’risidagi axborotni qanday olinishi va undan qanday foydalanilishini ko`ramiz. Ishlab chiqarish firma faoliyatining asosiy sohasidir. Firmalar ishlab chiqarish omillarini qo`llaydilar, bular, shuningdek, jalb etiladigan (kiritiladigan) ishlab chiqarish omillari deb ataladi. Masalan, non pishiruvchi korxona egasi kiritiladigan ishlab chiqarish omillari bo`lmish — ishchilar mehnati, un va shakardan iborat xomashyo, shuningdek, pech, xamirqorgich va boshqa asbobuskunalarga qo`yilgan kapitaldan non, gumma va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalanadi. Ishlab chiqarish omillarini yirik toifalar — mehnat, materiallar va kapitalga ajratishimiz mumkin, bularning har biri kichikroq guruhlarni o`z ichiga oladi. Masalan, mehnat ishlab chiqarish omili sifatida meqnat sig’imi ko`rsatkichi orqali ham malakali (duradgorlar, muhandislar), ham malakasiz mehnat (qishloq xo`jaligi ishchilari)ni, shuningdek firma rahbarlarining tadbirkorlik faoliyatini birlashtiradi. Po`lat, plastik ashyolar, elektr quvvati, suv va boshqa turli ashyolar borki, ular firma sotib olib tayyor mahsulotlarga aylantiradigan materiallar hisoblanadi. Binolar, uskunalar va tovar-moddiy buyumlar kapitalga taalluqlidir. Kiritiladigan omillar, ishlab chiqarish jarayoni va pirovard mahsulot yaratish o`rtasidagi o`zaro munosabat ishlab chiqarish funktsiyasi orqali ifodalanadi. Ishlab chiqarish funktsiyasi firma ishlab chiqarish omillarining har biri alohqda nisbatda qo`llanganda Q mahsulotni maksimal ishlab chiqarishini ko`rsatadi. Soddalashtirish uchun ikkita kiritiluvchan omil — mehnat L va kapital K mavjud deb faraz qilamiz. Bunda ishlab chiqarish funktsiyasini Download 192.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling