Guliston davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi


Download 192.31 Kb.
bet1/9
Sana26.11.2021
Hajmi192.31 Kb.
#177945
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
muhammad


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM

VAZIRLIGI

GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

IQTISODIYOT KAFEDRASI

FAN:Mikroiqtisodiyot

5230100-Iqtisodiyot sirtqi ta’lim yo’nalishi

6-19-guruh talabasi Abdullayev Muhammadning

’’Ishlab chiqarish nazariyasi’’



KURS ISHI

Ilmiy raxbar:Raxmatov K.O’

Guliston-2020

MUNDARIJA

Kirish ________

Ishlab chiqarish nazariyasi

1 Ishlab chiqarish texnologiyasi.

2.Izokvantlar

3.Qisqa va uzoq muddatli ishlab chiqarish

4.O`rtacha va chegarali mahsulot.

5.Ishlab chiqarish omillari bir-birining o`rnini bosishi

6 Ko`lam samarasi

Xulosa_______________

Foydalanilgan adabiyotlar______________

Kirish

Hozirgi sharoitda mamlakatimiz ta’lim tizimida yuz berayotgan o`zgarishlar tayyorlanayotgan yosh mutaxassislarni jahon talablariga javob beradigan darajada bo`lishini talab etmoqda. Ayniqsa, bu iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyot sohasidagi mutaxassisliklarni tayyorlashda oliy ta`lim muassasalarida o`qitiladigan iqtisodiy fanlar muhim o`rin tutadi. 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo`nalishlarda ko`zda tutilgan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish, yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo`shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o`tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish, printsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o`zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini

ta’minlash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag’batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o`rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish1 kabi vazifalar belgilangan bo`lib, bu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ko`p jihatdan mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining birlamchi bo`g’ini hisoblangan firmalar faoliyati, iste’molchilar hatti-harakati hamda turli resurslar va tovarlar bozorlari holatini alohida olingan tarzda tahlil qilish, ularni rivojlantirish omillaridan samarali foydalanish yo`llarini o`rganish kabi jarayonlarni tadqiq qilishga bog`liqdir. Shunday jarayonlarni tadqiq qiluvchi fan sifatida “Mikroiqtisodiyot” fani qatnashadi. Talabalarga mazkur fan xususiyatlari doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalarini aks ettiruvchi materiallar, qoidalar va xulosalarni puxta o`zlashtirishlari, kelgusi faoliyatida samarali foydalanishlari hamda ijodiy yondoshishlarini ta’minlash fanni o`rganish oldida turgan asosiy vazifalaridan biridir.

“Mikroiqtisodiyot” fanini o`qitishning maqsadi bakalavriat yo`nalishlarida ta’lim oluvchi talabalarda alohida firmalar faoliyati, iste’molchilar hatti-harakati hamda turli resurslar va tovarlar bozorlari holatini alohida olingan holda tahlil etish, ular dinamikasini qiyosiy taqqoslash, davlatning firmalar faoliyatiga bog’liq siyosatini muvofiqlashtirgan holda qo`llash va bu boradagi strategiyani to`g’ri asoslay olish ko`nikmasini shakllantirishdan iborat. Fanning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda mazkur o`quv qo`llanma talabalarga mikroiqtisodiyotdan turli mavzular, ularga oid masalalarni hal etish uchun ko`nikmalarni shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir. Bu o`quv qo`llanmani tayyorlashda jahonnning yetakchi universitetlarida keng miqyosda foydalanib kelinayotgan adabiyotlar G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics”) hamda R.Pindayk va Rubinfeldning “Mikroiqtisodiyot” kitobidan foydalanilgan va ulardagi asosiy mavzular ushbu o`quv qo`llanmaning asosini tashkil etgan. Mazkur o`quv qo`llanmadan barcha qiziquvchilar: talabalar, dars olib boruvchi professor-o`qituvchilar foydalanishlari mumkin.




Download 192.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling