Guliston davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi
Download 192.31 Kb.
|
muhammad
6. Ko`lam samarasi
Firmaning uzoq muddatli strategiyasini tahlil qilish xususiy tadbirkorlikdan to jamoat maktablarigacha, kommunal va xususiy xizmat hamda korxonalar faoliyatini tartibga solish kabi vaziyatlar uchun juda muhim. Masalan, o`rta maktab ishini tahlil qilish shunday xulosaga olib kelishi mumkinki, agar maktab tizimida uchta kichik, har birida 1000 tadan o`quvchi bo`lgan maktab o`rniga bitga katta 3000 o`quvchisi bor maktab bo`lsa, maktabda o`qitash dasturlari samaraliroq (fanlar ko`p va asbob uskunalar hamda qo`llanmalari yaxshi) bo`ladi. Telefon kompaniyalari faoliyatini o`rganish asosida taxmin qilish mumkinki, hududiy telefon kompaniyalari mahalliy telefon xizmatini yagona milliy telefon kompaniyasiga qaraganda yaxshiroq ko`rsatishi mumkin. Uzoq muddatli tahlilni firma faoliyati ko`lamidan boshlagan yaxshiroq. Ishlab chiqarish hajmi ko`payishi barcha omillardan foydalanishga bog’liqligi firmaning uzoq muddatdagi faoliyatidagi ayrim xususiyatlarini ochib beradi. Foydalanilgan ishlab chiqarish omillari mutanosib tarzda oshganda firmaning mahsulot ishlab chiqarishi qanday o`zgaradi? Masalan, agar omillardan foydalanish ikki baravar ko`paysa mahsulot ishlab chiqarish ham ikki marta ko`payadimi yoki u ko`proq yoki ozroq ko`payadimi? Agar mahsulot ishlab chiqarish hajmi ikki baravardan ortiq ko`paysa (ishlab chiqarish omillari ikki marta ko`paygan holda), bunday o`sish ko`lamning musbat samarasi deyiladi. Ishlab chiqarish shuning uchun o`sadiki, katga ko`lamdagi ishlab chiqarish rahbarlarga va ishchilarga o`z vazifalarini bajarishda ixtisoslashuvni chuqurlashtirish va yanada murakkabroq hamda quvvatliroq asbob uskunalardan foydalanish imkoniyatini beradi. Avtomobil yig’uv konveyerining ijobiy samarasi ko`lami mashhur misol hisoblanadi. Daalat siyosatini ishlab chiqishda ko`lam musbat samarasini hisobga olish zarur. Agar ijobiy musbat ko`lam samarasi amal qilayotgan bo`lsa, unda mahsulot ishlab chiqaruvchi ko`pgina mayda firmalardan ko`ra (nisbatan ko`p sarfli) bitga yirik firmaga (nisbatan kam xarajatli) ega bo`lish iqgisodiy jihatdan foydaliroq bo`ladi. Bunday yirik firma o`zi belgilagan narxni nazorat qilishi mumkin va shu munosabat bilan narxlarni tartibga solish uchun kompaniyalar faoliyatiga davlatning aralashuvi kerak bo`lib qoladi. Masalan, elektr energiyasini ishlab chiqarishda ko`lam ijobiy samarasi mavjudligi yirik energetika kompaniyalari faoliyatini tartibga solib turishda davlatning aralashuviga sabab bo`ldi. Ishlab chiqarish ko`lami o`sishi ta’sir etishning ikkinchi toifasi ishlab chiqarish omillari ikki marta ko`payganda mahsulot ishlab chiqarish hajmi ham ikki baravar o`sishidir. Bunda, ishlab chiqarish ko`lam samarasi o`zgarmagan sharoitda amalga oshadi. Ko`lam samarasi o`zgarmas bo`lgan sharoitda firma faoliyatining miqyosi foydalaniladigan omillar mahsuldorligiga ta’sir qilmaydi. Firmaning ishlab chiqarish omillarining o`rtacha va chegarali unumdorligi katga korxonalar uchun ham, mayda korxonalar uchun ham o`zgarmas bo`lib qolaveradi. Ko`lam samarasi o`zgarmas bo`lganda ma’lum texnologiyadan foydalanuvchi bitga zavodning o`rniga, ikki marta ko`p mahsulot ishlab chiqaradigan ikkita zavod qurish mumkin. Misol uchun, yirik sayohat idorasi bir mijozga hisoblagavda kichik turistik korxonasi bilan bir xilda sarflar va bir xil kapital (boshqaruv binosi) bilan mehnat (xodimlari) nisbatiga ega bo`lishi mumkin. Nihoyat, ishlab chiqarish omillari ikki baravar ko`payganda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2 martadan kamroq o`sishi mumkin. Bunday holatda biz manfiy (teskari) ko`lam samarasiga duch kelamiz, uni har qanday yirik firmalarda qo`llash mumkin. Yirik firmalardagi boshqaruv qiyinchiliklari va murakkab jarayonlarni amalga oshirshtsdagi sarflar kapital va mehnat qaytimining pasayib ketishiga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, ko`lamning manfiy samarasi vazifalarni uyg’unlashtirish muammolari va rahbariyat bilan ishchilar o`rtasidagi munosabatlarning ta’minlanishi bilan bog’liq. Ko`lamning musbat va manfiy samarasi 6.9-rasmda ko`rsatilgan. Ishlab chiqarish jarayoni kapital va mehnatdan ishlab chiqarish omili sifatida foydalanish bo`lib, bunda 1 mashina-soat vaqtga 4 soat mehnat sarfi to`g’ri keladi. OR taraladigan chiziqda mehnat bilan kapitalning turlicha bog’lanishini aks ettiradi, ulardan ishlab chiqarish omillari o`zgarmas nisbatini ta’minlagan holda mahsulot ishlab chiqarishda foydalanish mumkin. iqarish uchun ishlab chiqarish funktsiyasi musbat ko`lam samarasini namoyish etadi. Ishlab chiqarish omillari nisbati — 5 soat mehnat va 1 soat mashina vaqgi bo`lganida (chizmaning pastki qismida ko`rsatilgandek) 10 birlik mahsulot ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish omillari ikki baravar ko`payganda mahsulot chiqarish 3 marta (Yudan 30 gacha) ko`payadi. Ishlab chiqarish omillari yarmiga ko`payganda (mehnat 10 dan 15 gacha va mashina vaqgi 2 dan 3 gacha) mahsulot ishlab chiqarish 2 marta ko`payadi (30 dan 60 birlikkacha). AR kesmada ko`rsatilganidek, nisbatan katta hajmda mahsulot chiqarish uchun ishlab chiqarish funktsiyasi manfiy ko`lam samarasini namoyish etadi. Omillar nisbati U3 gacha ko`tarilganda (mehnat 15 dan 20 soatgacha) va mashina vaqgi (3 dan 4 soatgacha) ko`payganda mahsulot ishlab chiqarish faqat 1/6 gacha (60 dan 70 donagacha) ko`payadi. Ishlab chiqarish omillari 50%ga (mechnat 20 dan 30 soatgacha) va mashina vaqti 4 dan 6 soatgacha ko`payganda mahsulot ishlab chiqarish a (70 dan 80 donagacha) o`sadi, xolos Rasmdan ko`rinadiki, ko`lam samarasi musbat bo`lganda agar foydalanilgan omillar mutanosib oshsa izokvantlar bir-biriga juda yaqinlashadi. Ammo, ko`lam samarasi manfiy bo`lganda izokvantlar bir-biridan uzoqlashadi, chunki borgan sari ko`proq miqtsorda ishlab chiqarish omillari kerak bo`ladi. Ko`lam samarasi o`zgarmas bo`lganda izokvantlar teng masofada joylashgan bo`ladi (6.9-chizmaga qarang). Butun dunyoda firmalar uchun ko`lam samarasi muhim ahamiyatga ega. Boshqa tamoyillarni hisobga olmaganda ko`lam samarasi katta bo`lgan sanoat tarmoqlarida yirik firmalar faoliyat yurgizadi. Odatda sanoatning ishlab chiqaruvchi tarmokdari xizmat ko`rsatuvchi soha tarmoqlariga qaraganda katta ko`lam samarasiga ega bo`ladi, chunki firmalar eng samarali faoliyat yuritishi uchun ishlab chiqarishdagi asbob-uskunalarga yirik miqdorda kapital qo`yish kerak bo`ladi. Xizmat ko`rsatuvchi soha tarmoqlari sermehnat bo`lganlari uchun odatda ham katga hajmdagi, ham kichik hajmdagi sarflarning samarali bo`lishini ta’minlaydilar. Ko`pchilik ishlarda (kitoblarda) «ishlab chiqarish ko`lami o`sishi bilan bog’liq bo`lgan tejash» tushunchasini «ko`lam samarasining o`sib borish» 150 tushunchasiga sinonim sifatida foydalaniladi. Biroq, birinchi tushunchani qo`llash mumkin, qachonki, firmaning faoliyat qo`lami o`sib borsa va unga etarli vaqt (aytaylik bir yoki ikki yil) berilsa, toki u kiritiladigan omillarni almashtirish yo`li bilan ishlab chiqarishni arzonlashtira olsin. Ko`lam samarasi ishlab chiqarishni kengaytirish bilan bir xil bo`lishi mumkin, qachonki kiritilayotgan omillar mutanosib ravishda o`zgarmasdan qolsalar. Shunday qilib, firma barcha omillarni ikki martadan kamroq oshirib mahsulot ishlab chiqarishni ikki marta ko`laytirishi mumkin. Bu bilan, ko`lam samarasining oshib borishiga erishish mumkin. Ishlab chiqarish ko`lamini o`stirish orqali erishilgan tejam tarkibiga demak, alohida holat sifatida oshib borayotgan ko`lam samaradorligi kiradi. Biroq, umumiyroq shaklda ko`lam samaradorligi mahsulot ishlab chiqarish hajmi o`zgarishi bilan barcha kiritilgan omillarning o`zaro nisbati o`zgarishiga yo`l beradi. Ishlab chiqarish funktsiyasi foydalanilgan ishlab chiqarish omillarining har bir muayyan nisbati mavjud bo`lganda firma ishlab chiqarishi mumkin bo`lgan mahsulot hajmini ifodalaydi. Izokvanta egri chiziq bo`lib, ma’lum hajmda mahsulot ishlab chiqarish imkonini beruvchi ishlab chiqarish omillarining ma’lum nisbatda o`zaro bog’likdigini ko`rsatadi. Firmaning ishlab chiqarish funktsiyasi gurli darajada ishlab chiqarish hajmi bilan bog’liq bo`lgan bir guruh izokvantlar bilan berilishi mumkin. Qisqa muddatli davrda hech bo`lmaganda bitta ishlab chiqarish omili o`zgarmay (doimiy) qoladi, uzoq muddatli davrda esa barcha ishlab chiqarish omillari o`zgaradi. O`zgarib turuvchi bir omil vositasida (mehnat bilan) amalga oshgan ishlab chiqarishni mehnatning o`rtacha mahsuloti (o`rtacha ishchining mehnati unumdorligini aks ettiruvchi) va mehnatning chegarali mahsuloti (bu ishlab chiqarish jarayoniga qo`shilgan oxirgi ishchining mehnat unumdorligini aks ettiruvchi) tushunchalaridan foydalangan holda ifodalash mumkin. Bir yoki undan ko`p ishlab chiqarish omillari doimiy bo`lganda o`zgarib turuvchi omil (odatda mehnat sarflari) chegarali mahsulotga ega bo`lishi zarur, bu esa o`zgarib turuvchi omildan foydalanish o`zgarib borgan sari qisqaradi. Kamayib boruvchi qaytim qonuni ishlab chiqarish jarayonida chegarasi mahsulotning kamayib borishini bildiruvchi umumiy tendentsiyani aks ettiradi. Izokvantlar hamma vaqt pastga og’gan bo`ladi, chunki barcha ishlab chiqarish omillarining chegarali mahsulotlari musbatdir. Har bir izokvantning shakli uning har bir nuktasida texnik o`rnini bosishning chegarali me’yori vositasida ko`rsatilishi mumkin. Mehnatni kapital bilan texnologik almashtirishning chegarali me’yori (MRTS) shunday mikdorki, qo`shimcha mehnat birligi foydalanilgan vaktda unga teng mikdorda kapital sarflari kamayishi mumkin, mahsulot ishlab chiqarish esa o`zgarmasdan qolaveradi. MRTS firmaning 151 bir ishlab chiqarish omilini boshqalari bilan almashtirish imkoniyatlarini ko`rsatadi. Mamlakat aholisining turmush darajasi shu mamlakatdagi mehnat unumdorligi darajasi bilan chambarchas bog’liq. Rivojlangan mamlakatlarda mehnat unumdorligi o`sishi sur’atlarining pasayishi, qisman, kapital qo`yishlarni etarli ravishda o`smaganligi bilan izoxdanadi. Har bir ishlab chiqarish funktsiyasi uchun ishlab chiqarish jarayonida bir ishlab chiqarish omilini boshqasi bilan almashtirish imkoniyati turlicha: bu omillarni almashtirish imkoniyati nihoyatda mukammal bo`lgan funktsiyadan tortib, to ishlab chiqarish omillaridan foydalanish nisbatlari o`zgarmaydigan funktsiyagacha (omillardan foydalanish tarkiban o`zgarmagan holda ishlab chiqarish funktsiyasi) boradi. Uzoq muddaatli taxdilda biz e’tiborni firma faoliyatining zarur bo`lgan ko`lamini yoki miqyosini tanlab olishga qaratdik. Ko`lamning o`zgarmas samarasi shuni bildiradiki barcha ishlab chiqarish omillaridan foydalanishning ikki baravar o`sishi mahsulot ishlab chiqarishning ikki marta ko`payishiga olib keladi. Ko`lamning musbat samarasi mahsulot ishlab chiqarishning ikki martadan ko`proq o`sganligini anglatadi, ko`lamning kamayib boruvchi samarasi esa mahsulot ishlab chiqarishni ikki baravardan kamroq o`sganini anglatadi. ________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Download 192.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling