Guliston davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi


Download 192.31 Kb.
bet3/9
Sana26.11.2021
Hajmi192.31 Kb.
#177945
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
muhammad

Q = F(L,K)

tarzida yozishimiz mumkin.

Tenglamadan ko`rinadiki, mahsulot ishlab chiqarish hajmi ikki ishlab chiqarish omilining miqdoriga bog’liq. Masalan, ishlab chiqarish funktsiyasi bir yilda kattaligi ma’lum bir zavodning mavjud texnologiya va yig’uv konveyerida band bo`lgan muayyan miqdordagi mehnat resurslari yordamida ishlab chiqari- 134 ladigan shaxsiy kompyuterlar maksimal sonini aniqchash imko- nini beradi. Fermer u yoki bu ob-havo sharoitida, mehnatning fondlar bilan ta’minlanganlik darajasi va ishda band ish kuchi bilan oladigan maksimal hosil hajmini hosil ishlab chiqarish funktsiyasi yordamida aniqpash mumkin. Demak, ishlab chiqarish funktsiyasi muayyan hajmda mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish omillarining turli usullarda birlashtirishni ifodalaydi.

Masalan, vinoni ko`p mehnat talab qiluvchi qo`lda tayyorlash usulida yoki uzumni ezish uchun mashina, asbob-uskunalardan foydalanib ko`p kapital sarflash usuli bilan tayyorlash mumkin. Ta’kidlash zarurki, tenglamani (9.1) ma’lum texnologiyaga (ya’ni, mahsulot ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarini o`zaro bog’lanishning turli usullari to`g’risidagi muayyan bilimga ega bulgan holat uchun) qo`llash mumkin. Chunki, texnologiya borgan sari takomillashib bormoqda, firma mahsulot ishlab chiqarish hajmini ishlab chiqarish omillarini qatiy belgilangan tarkibda ko`paytirishi mumkin

Ishlab chiqarish funktsiyasi nuqgai nazaridan «mahsulotni maksimal ishlab chiqarish» iborasi juda muhim hisoblanadi. Ishlab chiqarish funktsiyalari serchiqimlik yoki samarasiz ishlab chiqarish jarayonlariga yo`l qo`ymaydi — ular firmalarning iqtisodiy samaradorligini e’tiborda tutadi, ya’ni, firmalar ishlab chiqarish omillarining har qanday o`zaro bog’lanishidan maksimal darajada samarali foydalanadilar. Ishlab chiqarish funkdiyalari ishlab chiqarish omillarining o`zaro ma’lum nisbatda bo`lishi mahsulotni maksimal ishlab chiqarilishiga erishish bilan bog’liq bo`lgani uchun, hech qachon mahsulot ishlab chiqarishni pasaytiruvchi kombinatsiyalar qo`llanilmaydi.

Ishlab chiqarish har doim ham iqgisodiy samarali deb o`ylash hamma vaqt ham haqiqatga to`g’ri kelavermaydi, lekin shuni kutish mumkinki, maksimal foyda olish uchun intilgan firmalar hech qachon resurslarni behuda sarflamaydi.

Ko`pgina savollarni ko`rib chiqishda biz firmalar bitga aniq mahsulot turini ishlab chiqaradi, degan farazga amal qilamiz.


Download 192.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling