Guliston davlat universiteti ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti q. X. M. S va d. I. T


Download 1.01 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1580991
Bog'liq
Botanika amaliyot daftari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI


ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI
Q.X.M.S VA D.I.T yo’nalishi 26.22-guruh
-mikroguruh a’zolari tomonidan Botanika fanidan o’quv-dala amaliyot bo’yicha


YAKUNIY HISOBOT


Mikroguruh a’zolari:
Kuziyeva Umida
Murodullayeva Nilufar
Islomqulova Madina
Amaliyot rahbari: Komilov Shag'zod

GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI-2023







Atirgul (Rosa) – raʼnodoshlar turkumining xushmanzara oʻsimlik sifatida ekiladigan bir qancha turiga xalq tomonidan qoʻyilgan umumiy nom. Bu turkumning yovvoyi holda oʻsadigan turlari xalqda raʼno, naʼmatak, qirq ogʻayni va itburun nomlari bilan maʼlum. Osiyo, Yevropa, Amerika mamlakatlarida keng tarqalgan. Atirgulning Yer yuzida 250 – ZOYU turi, 25 mingdan ortiq navi bor. Oʻzbekistonda 19 turi, 600 dan ortiq navi oʻstiriladi. Bu navlar gulining katta-kichikligi, rangi, hidi, poyada oʻrnashishi, gullash davri, poyaning tikka yoki ilashib oʻsishi kabi xususiyatlari bilan farq qiladi; fasl boʻyi uzluksiz yoki takroriy gullab turadigan va poyasi ilashib oʻsadigan xillari koʻproq ekiladi. Atirgul asosan, payvand qilib, parxishlab va qalamchasini ekib koʻpaytiriladi. Payvand qilish yoʻli bilan koʻpaytirishda iyulda terilgan naʼmatak mevalaridan ajratib olingan urugʻlar nam joyda saqlanib, noyabr oxiri – dekabr boshlarida ochiq dalaga sepiladi. Urugʻ unib chiqqanidan keyin kelasi yili aprel – avg. davomida 4 – 5-marta chopiq qilinadi, 8 – 10-marta sugʻoriladi; avgust – sentabr oylarida Atirgul navi kurtaklari naʼmatakka payvand qilinadi. Kelasi yil erta bahorda payvandtag unga ulangan kurtak hammasi yolgon yuqorisidan kesib tashlanadi, payvandni bogʻlagan chipta boʻshatiladi. Yoz davomida bachki shoxchalar 1 – 2-marta yulib tashlanadi, payvandi gul 15 – 20 sm oʻsgach, uning boʻyiga choʻzilishiga va muddatidan oldin gullashiga yoʻl qoʻyilmaydi. Buning uchun payvandi gulning uchi kesilib, vaqt-vaqti bilan yon shoxlari qisqartib turiladi. Atirgulni maxsus oʻsishni faollashtiruvchi moddalar bilan ishlov berib qalamchalardan ham koʻpaytirish mumkin. Atirgul koʻchatlari gulzorlarga kuzda va bahorda oʻtqaziladi. Gulzor tuprogʻi oldindan 30 – 35 sm chuqurlikda yumshatiladi, 1 m2 yerga 5–10 kg goʻng solinadi. Koʻchat 70 x 70 sm oraliqda oʻtqaziladi. Koʻchat oʻtqaziladigan chuqurning kengligi 30 – 40 sm, chuqurligi 40 – 50 sm qilinadi. Yoz davomida gulzor 20-martagacha sugʻoriladi, 6-martagacha chopiladi, 2-marta (1m2 yerga 30 g selitra va 45 g ammoniy sulfat hisobidan) oziqlantiriladi, unshudring kasalligiga qarshi oltingugurt kukuni bilan dorilanad i, begona oʻtlardan xoli tutiladi. Kech kuzda novdalar 1 – 2 kurtak qoldirib kesiladi. Baʼzi navlarning gulbarglaridan gulqand, murabbo qilinadi. Oʻzbekiston sharoitida Atirgul ochiq yerlarda apreldan noyabrning oxirigacha ochilib turadi, issikxonalarda yil boʻyi gul olish mumkin. Fransiya, Bolgariya, Turkiya, Italiya va boshqa mamlakatlarda ayrim turlari (damashq, fransuz va boshqalar) navlaridan qimmatbaho efir moyi olinadi.
Atirgul shaklidagi bezak, amaliy bezak sanʼatida keng qoʻllanadi. Atirgul kashtachilik (jumladan, doʻppi-doʻzlik)da milliy iroqi usuli bilan tikib, zargarlik (bilaguzuk yuziga), miskarlik (mis idishlar bezagi)da oʻyib va boshqa usulda yaratiladi.
Atirgul navlari: 1–Montezuma; 2–Loriya Dey; 3–Marella; 4–Papa Meyyan[1].




Archa (lotinchaJuniperus) — sarvdoshlar oilasiga mansub doim yashil daraxt va butalar turkumi. 70 ga yaqin turi bor. Archaning bir jinslibir yoki ikki uyli, shamol yordamida changlanuvchi, ignabargli oʻsimlik. Archaning erkaklik qubbasi sargʻish, 3 — 6 changdonli qipiqsimon changchilardan tashkil topgan. Urgʻochi qubbalari yashil boʻlib, qarama-qarshi yoki ol-dinma-keyin oʻrnashgan urugʻchibarg va urugʻkurtaklardan iborat. Qubbalari yumaloq (diametri 5 — 20 mm), ichida 1 — 10 dona urugʻ bor. Archa mart-may oylarida gullaydi. Mevasi qoʻngʻir, ik-kinchi yili (sentabr — noyabrda) pishib, qish yoki bahorda toʻkiladi. Archa urugʻini yaxshi undirish uchun uni yezda stratifikatsiya qilib, kuzda sepiladi. 2 — 3 yoshli koʻchati ekiladi. Archaning koʻpchiligi oʻrta min-taqalarda oʻsadi. Baʼzi turlari tropik hududlardagi togʻlarda ham uchraydi. J. semiglobosa (sovur Archa.), J. turkestanica (oʻrik Archa.), J. sabina (qora Archa.) va J. seravschanica (Zarafshon Archasi.) kabi turlari Oʻrta Osiyo, xususan Oʻzbekiston togʻlarida tarqalgan boʻlib, maxsus archazorlarni tashkil qiladi. Archaning xoʻjalikdagi ahamiyati katta. Yogʻochi meʼmorlikda, oʻymakorlikda va qalam yasashda ishlatiladi. Baʼzi turlaridan xushmanzara oʻsimlik sifatida foydala-niladi. Qubbalaridan turli moddalar (efir moyi, qatron, qand, mum va organik kislotalar) olinadi. Qubbasining damlamasi tabobatda siydik haydovchi, balgʻam koʻchiruvchi va ovqat hazm qilishni yaxshilovchi dori sifatida ishlatiladi. Oʻrta Osiyodagi turlaridan olinadigan efir moyining sedrol fraksiyasi esa jarohatni, suyakning teshilib oqishini davolashda qoʻllaniladi.[1]



Rayhon (Ocimum) — labguldoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtlar, chala va past boʻyli butalar turkumimanzaralidorivor va ziravor ekin. 60 (ayrim maʼlumotlarga koʻra, 150) turi tropik va subtropik mintaqalarda usadi. Evgenol rayhon (Ocimum gratissimum) turi Janubiy AfrikaHindistonShri LankaGruziyaRF ning Krasnodar oʻlkasi janubida (oz miqdorda) bir yillik ekin sifatida ekiladi. Issiqsevar, namsevar, yorugʻsevar, qurgʻoqchilikka’ chidamli oʻsimlik. Bargi yirik, tuxumsimon, gullari oq yoki pushti, poya va novdalari ichida boshoqsimon toʻpgulga yigʻilgan. Yashil massasi tarkibida 0,3% efir moyi bor (efir moyining 70%'ni atirupa, oziq-ovqat sanoati va tibbiyotida ishlatiladigan evgenol modsasi tashkil etadi). Urugʻi erta bahorda issiqxona va parniklarga sepiladi, dalaga koʻchat qilib ekiladi. Hosildorligi 40—80 s/ga koʻk massa. Janubiy Osiyodan kelib chiqqan O. basilicum (oddiy rayhon) turi Oʻzbekistonda manzarali, oshkoʻk va ziravor ekin sifatida oʻstiriladi. Boʻyi 25—40 sm, gultojisi 2 labli, may—oktabr oylarida gullab urugʻlaydi, koʻchat qilib ekiladi. Bargining rangi va oʻsimlik shakliga qarab oq rayhon, osh rayhon, sada rayhon, qora rayhon, hoji rayhon kabi xillarga boʻlinadi. Ularning 300 dan ortiq navi bor.[1]




Yalpiz — labguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumidorivor va efirmoyli oʻsimlik. Shimoliy yarim sharning iliq iqlimli mintaqalarida 20-25 turi tarqalgan. Yevropa mamlakatlari, AQSHUkrainaBelarus va Shimoliy Kavkazda Yalpizning taxir (achchiq) Yalpiz va jingalak Yalpiz, XitoyHindistonBraziliya va boshqalar mamlakatlarda dalayoki suv Yalpiz turlari ekiladi. Oʻzbekistonda 4 turi: suv Yalpiz, osiyo Yalpizi, taxir (achchiq) Yalpiz va jingalak Yalpiz yovvoyi holda oʻsadi, Poyasi tik shoxlangan, boʻyi 25—100 sm gacha, barglari qarama-qarshi joylashgan, rombsimon, nashtarsimon yoki tuxumsimon, gullari chala soyabonsimon toʻpgulga yigʻilgan, binafsharang. May—oktabrda gullaydi. Yalpiz yorugʻsevar, namsevar oʻsimlik. Barglarida 2,5— 3 %, gullarida 4—6 %, poyasida 0,3 % mentol (validolning tarkibiy qismi)ga boy boʻlgan efir moyi, shuningdek, flavonoidlar, vitaminlar, oshlovchi moddalar bor. Tibbiyotda Yalpiz bargidan tayyorlangan tindirma (nastoyka) va damlamasidan koʻngil ayniganda hamda oʻt haydovchi vosita sifatida foydalaniladi. Barglari va poyasidan olingan yalpiz moyi parfyumeriya, oziq-ovqat sanoatida va tibbiyotda, bahorda yangi chiqqan barglari oshkoʻk sifatida ishlatiladi. Vegetativ (bahorda ildizini boʻlib ekish) yoʻli bilan koʻpaytiriladi. Oʻzbekistonniig barcha viloyatlarida nam yerlarda, ariq va daryo boʻylarida oʻsadi[1].
XULOSA:
Biz, ushbu guruh a’zolari Botanika va o’simliklar fiziologiyasi fanidan Dala-o’quv amaliyotini o’tadik. Bu amaliyotda biz Oliygohda olgan nazariy bilimlarimizni amaliyotda bilan chambarchas bog’langan holda mustahkamlab oldik. Ushbu amaliyotni o’tash jarayonida bizga biriktirilgan ustozimiz Komilov Shaxzod domla yaqindan ko’maklashdi. Amaliyot jarayonida biz boshqa mikroguruhlar kabi faol ishtirok etib, o’simliklar biogeografiyasi, o’sish jarayoni va qulay shart-sharoiti haqida o’z bilimlarimizni yanada amaliy jihatdan mustahkamlab oldik. Amaliyot jarayonida o’simliklardan namuna sifatida gerbariylar tayyorlab, ular haqida yanada ko’p ma’lumotlarga ega bo’ldik.
Amaliyot davomida biz o’simliklarning uch oilaga mansub bo’lgan, bir-biridan farqlanadigan turlarini o’rganib, ularning qanday hayotiy ahamiyatga ega ekanligini, ta’lim olayotgan yo’nalishimiz sohasi bo’yicha qanday muhim xususiyati mavjud ekanligini aniqlab oldik. Bu amaliyotdan biz o’zimiz uchun muhim bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldik.

Amaliyot rahbari: Komilov Sh.
Kafedra mudiri:_______________
Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling