Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Nazorat savollari: 
1. Yuridik shaxslarning jami daromadlari tarkibiga nimalar kiradi? 
2. Yuridik shaxslarning boshqa daromadlari tarkibiga nimalar kiradi? 
3. Yuridik shaxslarning jami daromadlaridan chegirmalarni aniqlang?
4-asosiy savol bo‟yicha dars maqsadi: Talabalarda yuridik shaxslardan 
undiriladigan foyda soliq stavkalari va soliqdan imtiyozlar qanday qo‘llanilishi 
to‘g‘risida tushunchalar hosil qilish. 
Identiv o‟quv maqsadlari: 
4.1. Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda soliq stavkalari aniqlay 
oladi. 
4.2.Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘iga imtiyozlarni qanday 
qo‘llanilishi biladi. 
4-asosiy savol bayoni: 
Yuridik shaxslarning foyda solig‗i stavkalari har yili O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidentining keyingi yil uchun makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar 
prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‗g‗risidagi qarori bilan tasdiqlanadi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‗i stavkasi 1998 yilda 36 foizni 
tashkil etgani holda 2001 yilda 26 foizga tushgan. 2002 yilga esa 24 foiz, 2003 
yilda 20 foiz, 2004 yilda 18 foiz, 2005 yilda 15 foiz, 2006 yilda 12 foiz va 2007 
yilda 10 foiz, 2010 yildan boshlab 9 foiz qilib belgilangan, 2011 yilda mazkur 
miqdor saqlanib qolgan.
Quyidagi jadval ma‗lumotlarida 2011 yilda yuridik shaxslarning foydasiga 
soliq stavkalari keltirilgan. 
 
2-jadval 
Yuridik shaxslar foydasiga solinadigan soliq 
stavkalari
9
 
 
№ 
To„lovchilar 
Soliq solinadigan 
bazaga nisbatan 
%da soliq 
stavkalari 
9
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 24 dekabrdagi PQ-1449-sonli qarori. 


59 
1 Yuridik shaxslar (2-3 bandlardagidan tashqari) 

2 Tijorat banklari
15 

Auktsionlar o‗tkazishdan, gastrol-kontsert faoliyati bilan 
shug‗ullanishga litsenziyasi bo‗lgan yuridik va jismoniy
shaxslarni (shuningdek, norezidentlarni) jalb etish yo‗li 
bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan 
daromad oluvchi yuridik shaxslar
35 

O‗zi 
ishlab 
chiqargan 
tovarlar 
(ish, xizmatlar) 
eksportining erkin almashtiriladigan valyutadagi hissasi 
quyidagi miqdorlarni tashkil etadigan eksport qiluvchi 
korxonalar 
uchun 
(O‗zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 1997 yil 12 oktyabrdagi PF-1871 soni 
farmoni 
bilan 
tasdiqlangan 
xom-ashyo 
tovarlari 
ro‗yxatidagilar bundan istisno): 
sotishning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foizgacha 
belgilangan 
stavka 30% ga 
pasaytiriladi 
sotishning umumiy hajmida 30 foiz va undan yuqori 
belgilangan 
stavka 50% ga 
pasaytiriladi 

1-bandda 
ko‗rsatilgan 
xizmat 
ko‗rsatish 
sohasi 
korxonalari uchun, plastik kartalar qo‗llab haq to‗langan 
ko‗rsatilgan xizmatlar hajmi bo‗yicha 
belgilangan 
stavka 10% ga 
pasaytiriladi 
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‗ini 2006 yildagi 12 foizdan 
2010 yilda 9 foizga tushirilishi korxonalar ixtiyorida taxminiy hisob-kitoblarga 
ko‗ra qo‗shimcha 37 mlrd. so‗mni tejash imkonini beradi va u korxonalarning 
investitsion faolligini yanada aktivlashtirishga xizmat qiladi.
Amaldagi soliq qonunchiligiga ko‗ra norezident soliq to‗lovchining 
daromadini chet elga o‗tkazilayotganda 10 foiz miqdorida foydaga soliq 
undiriladi. 
Doimiy muassasa bilan bog‗liq bo‗lmagan O‗zbekiston Respublikasida 
faoliyat olib borgan norezidentning daromadi hech qanday chegirmasiz daromad 
manbaida quyidagi stavkalarda soliqqa tortiladi:

dividendlar va foizlardan – 10 foiz; 

sug‗urta mukofotlari, sug‗urtalash va qayta sug‗urtalash – 10 foiz; 

O‗zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar bilan Xalqaro aloqa uchun 
telekommunikatsiya va transport xizmati (fraxta daromadi) – 6 foiz; 

royalti, ijara daromadlari, xizmat ko‗rsatish, shu jumladan boshqaruv 
xizmati, maslahatlar va boshqa daromadlar – 20 foiz. 
Yuridik shaxslarga to‗lanadigan dividendar va foizlar to‗lov manbaida 10 
foizli stavka bilan soliqqa tortiladi.


60 
Soliqqa tortish maqsadida dividend deb, aktsiyalardan va boshq a xo‗jaliklar 
sub‗ektlarining ustav kapitalidagi qatnashish ulushidan olgan daromadlari 
tushuniladi. 
Foizlarga esa depozit qo‗yilmalar, qarz majburiyatlari va boshqa qimmatli 
qog‗ozlardan olgan daromadlar kiradi. 
Manbaida soliqqa tortilgan va dividend, foiz olgan norezident jami 
daromadidan tegishli tartibda belgilangan hujjatlarni taqdim etgan taqdirda 
chegirma olish huquqiga ega bo‗ladi. 
Soliq kodeksining 158-moddasiga ko‗ra yuridik shaxslardan olinadigan 
foyda solig‗ini to‗lashdan quyidagi yuridik shaxslar ozod etiladi: 
1) nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg‗armasi va 
«O‗zbekiston chernobilchilari» assotsiatsiyasi mulkida bo‗lgan, ishlovchilari 
umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941–1945 yillardagi urush va 
mehnat fronti faxriylari tashkil etgan yuridik shaxslar, bundan savdo, 
vositachilik, ta‗minlash-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‗ullanuvchi 
yuridik shaxslar mustasno. Mazkur imtiyozni olish huquqini belgilayotganda 
xodimlarning umumiy soniga shtatda turgan xodimlar kiritiladi; 
2) davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari; 
3) jazoni ijro etish muassasalari; 
4) ichki ishlar organlari huzuridagi qo‗riqlash bo‗linmalari. 
Yuridik shaxslarning quyidagi foydasi yuridik shaxslardan olinadigan 
foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi: 
1) protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab
chiqarishdan, 
shuningdek 
nogironlarga 
ortopedik 
protezlash 
xizmati 
ko‗rsatishdan, nogironlar uchun mo‗ljallangan protez-ortopediya buyumlari va 
inventarlarni ta‗mirlash hamda ularga xizmat ko‗rsatishdan olingan foydasi; 
2) shahar yo‗lovchilar transportida (taksidan, shu jumladan yo‗nalishli 
taksidan tashqari) yo‗lovchilarni tashish bo‗yicha xizmatlar ko‗rsatishdan 
olingan foydasi; 
3) tarix va madaniyat yodgorliklarini ta‗mirlash hamda qayta tiklash 
ishlarini amalga oshirishdan olingan foydasi
4) investitsiya fondlarining xususiylashtirilgan korxonalar aktsiyalarini sotib 
olishga yo‗naltiriladigan foydasi; 
5) Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg‗arib boriladigan 
pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‗lardan foydalanishdan olingan foydasi. 
Soliq kodeksining 159-moddasiga ko‘ra yuridik shaxslarning soliq 
solinadigan foydasi quyidagi summaga kamaytiriladi
1) ekologiya, sog‗lomlashtirish va xayriya jamg‗armalari, madaniyat, xalq 
ta‗limi, sog‗liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy 
tarbiya va sport muassasalariga, fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlariga 
beriladigan badallar summasiga, biroq soliq solinadigan foydaning ikki foizidan 
ko‗p bo‗lmagan miqdorda; 
2) O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida 
kollejlar, akademik litseylar, maktablar va maktabgacha tarbiya ta‗lim 


61 
muassasalari qurilishiga yo‗naltirilgan mablag‗lar summasiga, lekin soliq 
solinadigan foydaning 30 foizidan ko‗p bo‗lmagan miqdorda; 
3) asosiy ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab 
chiqarish maqsadida foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruktsiya 
qilishga, shuningdek ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlarni uzishga 
yo‗naltiriladigan mablag‗lar summasiga, tegishli soliq davrida hisoblangan 
amortizatsiyani chegirib tashlagan holda, biroq soliq solinadigan foydaning 30 
foizidan ko‗p bo‗lmagan miqdorda; 
4) ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatdan 
qayta jihozlashga, yangi texnologik jihozlar xarid qilishga, ushbu maqsadlar 
uchun berilgan kreditlarni uzishga, lizing ob‗ekti qiymatining o‗rnini qoplashga, 
tegishli 
soliq 
davrida 
hisoblangan 
amortizatsiyani 
chegirgan 
holda 
yo‗naltiriladigan mablag‗lar summasiga.
Soliq solinadigan bazani kamaytirish yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan xarajatlar 
amalga oshirilgan soliq davridan e‗tiboran, texnologik jihozlar bo‗yicha esa u 
foydalanishga topshirilgan paytdan e‗tiboran uch yil ichida amalga oshiriladi. 
Yangi texnologiya jihozlari ular olingan (import qilingan) paytdan e‗tiboran uch 
yil ichida realizatsiya qilingan yoki tekin berilgan taqdirda, mazkur imtiyozning 
amal qilishi foydadan olinadigan soliqni to‗lash bo‗yicha majburiyatlar 
tiklangan holda, imtiyoz qo‗llanilgan butun davr uchun bekor qilinadi;
5) yosh oilalar toifasiga kiruvchi xodimlarga ipoteka kreditlari 
badallari to‗lashga va (yoki) mulk sifatida uy-joy olishga tekin yo‗naltiriladigan 
mablag‗lar summasiga, biroq soliq solinadigan bazaning 10 foizidan oshmagan 
miqdorda; 
6) diniy va jamoat birlashmalarining (kasaba uyushmalari, siyosiy 
Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling