Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari tarkibi.
Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadiga soliq to‗lovchi olishi lozim
bo‗lgan (olgan) yoki tekinga olgan pul yoxud boshqa mablag‗lar kiradi.
Jumladan:
1) mehnatga haq to‗lash shaklida olinadigan daromadlar (172-modda);
2) jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari (176-modda);
3) jismoniy shaxslarning moddiy naf tarzidagi daromadlari (177-modda);
4) boshqa daromadlar (178-modda).
Mehnatga haq to„lash shaklida olinadigan daromadlarga jismoniy
shaxslarning mehnat shartnomasi bo‗yicha qilingan ishlardan va fuqarolik-
huquqiy shartnomalar bo‗yicha oladigan daromadlari kiradi. Bundan tashqari
mehnatga haq to‗lash tarzidagi daromadlarga rag‗batlantirish xususiyatiga ega
bo‗lgan to‗lovlar (yillik ish yakunlari bo‗yicha mukofot, bir yo‗la beriladigan
mukofotlar, maoshlarga ustamalar, ta‗tilga har yilgi qo‗shimcha haqlar, ko‗p yil
ishlaganlik uchun pul mukofoti va boshqalar), kompensatsiya to‗lovlari (tabiiy
iqlim sharoitlari noqulay bo‗lgan joylardagi ishlar bilan bog‗liq qo‗shimcha
to‗lovlar, og‗ir, zararli, o‗ta zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun
ustamalar, dam olish kunlarida va bayram kunlarida ishlaganlik uchun tarif
stavkalariga hamda maoshlarga ustamala va boshqalar) hamda ishlanmagan vaqt
uchun haq to‗lash (xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun haq
to‗lash, mehnatga layoqatini vaqtincha yo‗qotgan xodimlarga qo‗shimcha haq
to‗lash, yuridik shaxsning qarori bilan majburiy progul vaqti uchun haq to‗lash,
oliy o‗quv yurtini tamomlaganidan keyin yosh mutaxassislarga ta‗til vaqti uchun
yuridik shaxs hisobidan to‗lanadigan nafaqalar va boshqa shu kabilar) tarzidagi
daromadlar ham kiradi.
Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlariga foizlar, dvidentlar, mol-
mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar, jismoniy shaxslarga tegishli
bo‗lgan mol-mulkni sotishdan olingan daromadlar, royalti va shu kabi
qonunchilikda ko‗zda tutilgan daromadlar kiradi.
70
Do'stlaringiz bilan baham: |