Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


-diagramma. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig„ini


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

1-diagramma. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig„ini 
davlat byudjeti daromadlarida tutgan o„rni
11
 
 
Bu ko‗rsatkichlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗ini 
byudjet daromadlari tarkibida ahamiyatli ekanligidan darak beradi.
Soliq kodeksiga ko‗ra moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega 
bo‗lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqni 
to‗lovchilar hisoblanadi. 
Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslar rezidentlar va norezidentlarga 
bo‗linadi. 
O‗zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki moliya yilida 
boshlanadigan yoxud tugaydigan o‗n ikki oygacha bo‗lgan istalgan davr 
mobaynida 183 kun yoki undan ko‗proq muddatda O‗zbekistonda turgan 
jismoniy shaxs O‗zbekiston Respublikasining rezidenti deb qaraladi. 
O‗zbekiston Respublikasining rezidenti bo‗lgan jismoniy shaxslarga 
ularning O‗zbekiston Respublikasidagi, shuningdek undan tashqaridagi faoliyati 
manbalaridan olingan daromadlari bo‗yicha soliq solinadi.
11
Moliya vazirligi yillik hisobot materiallari asosida tuzilgan. 


69 
O‗zbekiston Respublikasining rezidenti bo‗lmagan jismoniy shaxslarga 
O‗zbekiston Respublikasi hududidagi manbalardan olingan daromadlar bo‗yicha 
soliq solinadi.
Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi soliq solish ob‗ekti hisoblanadi. 
Soliqqa tortiladigan baza bo‗lib, jismoniy shaxslarning jami daromadidan soliq 
qonunchiligiga ko‗ra belgilangan chegirmalarni ayirib tashlagandan keyingi 
qoldiq summa hisoblanadi.
O‗zbekiston 
Respublikasidan 
tashqarida 
to‗langan, 
O‗zbekiston 
Respublikasining rezidentlari bo‗lgan jismoniy shaxslarning daromad solig‗i 
summalari O‗zbekiston Respublikasida soliqni to‗lashda O‗zbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq hisobga olinadi. 
Hisobga 
olinadigan 
summalarning 
miqdori 
jismoniy 
shaxslarning 
O‗zbekiston Respublikasida amal qilayotgan stavkalar bo‗yicha hisoblab 
chiqarilgan daromad solig‗i summasidan oshmasligi lozim. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling