Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Moddiy naf tarzidagi daromadlar jumlasiga yuridik shaxs tomonidan 
jismoniy shaxs manfaatlarini ko‗zlab, tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini, mulkiy 
huquqlarni to‗lash, shu jumladan: jismoniy shaxslarning bolalarini maktabgacha 
ta‗lim muassasalarida o‗qitish, tarbiyalash; kommunal xizmatlar, xodimlarga 
berilgan uy-joy haqini, uy-joydan foydalanish xarajatlari yotoqxonadagi joylar 
haqini yoki ularning o‗rnini qoplash qiymatini to‗lash; oziq-ovqat, oylik yo‗l 
chiptalari yoki ularning o‗rnini qoplash qiymatini to‗lash; sanatoriy-kurortlarda 
davolanish yo‗llanmalari qiymatini, dam olish, statsionar va ambulatoriyaga 
qatnab davolanish haqini yoki ularning o‗rnini qoplash qiymatini to‗lash kabilar 
kiradi. 
Jismoniy shaxslarning boshqa daromadlari jumlasiga esa davlat 
ijtimoiy sug‗urtasi bo‗yicha nafaqalar, ishsizlik nafaqalari, ijtimoiy nafaqalar va 
pensiyalar; stipendiyalar; donorlik uchun pul mukofotlari; alimentlar; 
musobaqalarda, ko‗riklarda, tanlovlarda sovrinli o‗rinlar uchun beriladigan 
sovrinlar, pul mukofotlari; yutuqlar; grantlar; jamg‗arib boriladigan majburiy 
pensiya badallari, ular bo‗yicha olingan foizlar va boshqa daromadlar kiradi.
Nazorat savollari: 
1. Jismoniy 
shaxslardan 
olinadiga daromad solig‘ining mohiyatini 
tushuntirib bering? 
2. Qanday shaxslarni jismoniy shaxslar deb atashadi? 
3. Jismoniy shaxslardan olinadiga daromad solig‘ining o‘ziga xos 
xususiyatlari nimada? 
4. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari tarkibi? 
2-asosiy savol bo‟yicha dars maqsadi: Talabalarda jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad soliq stavkalari va soliqdan imtiyozlar qo‘llash haqida 
tushunchalar hosil qilish. 
Identiv o‟quv maqsadlari: 
2.1. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soliq stavkalarini aniqlay oladi. 
2.2. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni 
qo‘llay biladi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling