Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Byudjet tushumlari, ushbu soliq 
turi umumdavlat soliqlari tarkibiga kiradi. Soliq jisminy shaxslarning bevosita 
daromadlaridan olinadi.. 
Mavzuda ko‟rib chiqiladigan muammolar: 
1. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining mohiyati va 
ahamiyati. Shunga siz qanday fikr bildirasiz? 
2. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari va soliqdan 
imtiyozlarni qanday qo‘llaysiz? 
3. Jami yillik daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalarni qanday 
izohlaysiz? 
4. Soliqni hisoblab chiqarish va byudjetga to‘lash jarayonini qanday 
aniqlaysiz?
1-savol bo‟yicha dars maqsadi: Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad 
solig‘i to‘g‘risida talabalarga tushuncha berish. 
Identiv o‟quv maqsadlari: 
1.1. 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini tushuntira oladi. 
1.2.Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblashda jami 
yillik daromadlarni aniqlay oladi. 
1.3.Soliq stavkalarini qo‘llay oladi va soliqni hisoblab chiqara oladi. 
1-asosiy savol bayoni: 
Ma‗lumki, soliq qonunchiligida soliqqa tortish maqsadida soliq to‗lovchilar 
ikkiga bo‗lingan, ya‗ni yuridik va jismoniy shaxslarga.
Jismoniy shaxslarga – yuridik shaxs maqomini olmagan O‗zbekiston 
Respublikasi fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‗lmagan shaxslar 
kiradi.
Jismoniy shaxslar to‗layotgan soliqlar ichida byudjet tushumlaridan 
salmoqli o‗rinni egallaydigan soliq bu – jismoniy shaxslardan olinadigan 
daromad solig‗idir.


68 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i – davlat byudjeti 
daromad manbalaridan biri bo‗lib, u umumdavlat soliqlari tarkibiga kiradi. 
Uning o‗ziga xos xususiyati shundaki, soliq jismoniy shaxslarning bevosita 
daromadlaridan olinadi.
Bugungi kunda jismoniy shaxslar to‗layotgan soliqlar va yig‗imlar byudjet 
daromadlarining qariyib 15-20 foizini tashkil etmoqda.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i 1991 yilda byudjet 
tushumlarining 6,7 foizini tashkil etgan bo‗lsa, 2009 yilda 13,1 foizni tashkil 
etgan. 2011 yilgi davlat byudjeti parametrlari bo‗yicha ushbu soliq davlat 
byudjeti daromadlarining 15 foizini, to‗g‗ri soliqlar ichida esa 57,7 foizini 
tashkil etishi prognozlashtirilgan.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling