Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari tarkibi


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari tarkibi. 
Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadiga soliq to‗lovchi olishi lozim 
bo‗lgan (olgan) yoki tekinga olgan pul yoxud boshqa mablag‗lar kiradi. 
Jumladan: 
1) mehnatga haq to‗lash shaklida olinadigan daromadlar (172-modda); 
2) jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari (176-modda); 
3) jismoniy shaxslarning moddiy naf tarzidagi daromadlari (177-modda); 
4) boshqa daromadlar (178-modda). 
Mehnatga haq to„lash shaklida olinadigan daromadlarga jismoniy 
shaxslarning mehnat shartnomasi bo‗yicha qilingan ishlardan va fuqarolik-
huquqiy shartnomalar bo‗yicha oladigan daromadlari kiradi. Bundan tashqari 
mehnatga haq to‗lash tarzidagi daromadlarga rag‗batlantirish xususiyatiga ega 
bo‗lgan to‗lovlar (yillik ish yakunlari bo‗yicha mukofot, bir yo‗la beriladigan 
mukofotlar, maoshlarga ustamalar, ta‗tilga har yilgi qo‗shimcha haqlar, ko‗p yil 
ishlaganlik uchun pul mukofoti va boshqalar), kompensatsiya to‗lovlari (tabiiy 
iqlim sharoitlari noqulay bo‗lgan joylardagi ishlar bilan bog‗liq qo‗shimcha 
to‗lovlar, og‗ir, zararli, o‗ta zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun 
ustamalar, dam olish kunlarida va bayram kunlarida ishlaganlik uchun tarif 
stavkalariga hamda maoshlarga ustamala va boshqalar) hamda ishlanmagan vaqt 
uchun haq to‗lash (xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun haq 
to‗lash, mehnatga layoqatini vaqtincha yo‗qotgan xodimlarga qo‗shimcha haq 
to‗lash, yuridik shaxsning qarori bilan majburiy progul vaqti uchun haq to‗lash, 
oliy o‗quv yurtini tamomlaganidan keyin yosh mutaxassislarga ta‗til vaqti uchun 
yuridik shaxs hisobidan to‗lanadigan nafaqalar va boshqa shu kabilar) tarzidagi 
daromadlar ham kiradi. 
Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlariga foizlar, dvidentlar, mol-
mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar, jismoniy shaxslarga tegishli 
bo‗lgan mol-mulkni sotishdan olingan daromadlar, royalti va shu kabi 
qonunchilikda ko‗zda tutilgan daromadlar kiradi. 


70 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling