Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig„i


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig„i 
STAVKALARI
12
 
 
Jami daromad miqdori 
Soliq summasi 
eng kam ish haqining besh baravari 
miqdorigacha 
daromad summasining 10 foizi 
eng kam ish haqining besh baravari 
miqdoridan (+1 so‗m) o‗n baravari 
miqdorigacha 
eng kam ish haqining besh baravari 
miqdoridan olinadigan soliq + besh 
baravardan oshadigan summaning 
16 foizi 
eng kam ish haqining o‗n baravari 
miqdoridan (+1 so‗m) va undan yuqori 
summadan 
eng kam ish haqining o‗n baravari 
miqdoridan olinadigan soliq + o‗n 
baravardan oshadigan summaning 
22 foizi 
Norezident jismoniy shaxslarning doimiy muassasa bilan bog‗liq 
bo‗lmagan holda O‗zbekiston Respublikasidagi manbadan olgan daromadlariga 
ularni to‗lash manbaida chegirmalarsiz, quyidagi stavkalar bo‗yicha soliq 
solinadi: 

dividend va foizlar - 10 foiz; 

xatarni sug‗urtalash yoki qayta sug‗urtalashga to‗langan sug‗urta 
mukofotlari - 10 foiz;

O‗zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar o‗rtasida harakat 
qatnovida xalqaro aloqa uchun telekommunikatsiyalar yoki transport xizmatlari 
(fraxtdan daromadlar) - 6 foiz; 
12
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 24 dekabrdagi PQ-1449-sonli qaroridan olingan. 


72 

royalti, ijaradan kelgan daromadlar, xizmatlar ko‗rsatishdan kelgan 
daromadlar, shu jumladan boshqaruv bo‗yicha xizmatlar, maslahatlarga oid va 
boshqa daromadlar - 20 foiz; 
To‗lov manbaida soliq solish, to‗lov O‗zbekiston Respublikasi ichida yoki 
undan tashqarida amalga oshirilganidan qat‗i nazar, qo‗llaniladi. 
Jismoniy shaxslarga to‗lanadigan dividendlar va foizlarga 10 foizlik stavka 
bo‗yicha to‗lov manbaida soliq solinadi. 
Bunda soliq solish maqsadida dividendlarga aktsiyalar bo‗yicha hamda 
qimmatli qog‗ozlardan olinadigan daromadlar kiradi. Foizlarga qarz 
majburiyatlari va xo‗jalik yurituvchi sub‗ektning ustav sarmoyasida ulushbay 
ishtirokidan keladigan daromadlar va boshqalar kiradi.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 maydagi 
250-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, 
kasblar, lavozimlar va ko‗rsatkichlarning 1, 2 va 3-son ro‗yxatlariga kiritilgan 
o‗ta zararli, o‗ta og‗ir, zararli va og‗ir sharoitli ishlarda band bo‗lgan 
xodimlarning daromadlariga belgilangan stavkalar bo‗yicha soliq solinadi. 
Bunda yuqorida aytib o‗tilgan fuqarolar toifalaridan daromad solig‗i olish 
darajasi 
20 
foizdan oshmasligi, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining ko‗rsatib o‗tilgan qarori bilan tasdiqlangan 1-son ro‗yxatning 3-
qismi hamda 2-son ro‗yxatning 1-qismida qayd etilgan ishlarda band bo‗lgan 
ayollarning daromadidan soliq olish darajasi ham 20 foizdan oshmasligi lozim. 
O‗ta zararli, o‗ta og‗ir, zararli va og‗ir sharoitli ishlarda band bo‗lgan 
xodimlarning daromadlariga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish belgilangan 
tartibga muvofiq amalga oshiriladi. 
Noqulay tabiiy-iqlim sharoitlari bilan bog‗liq bo‗lgan qo‗shimcha 
to‗lovlarga (ish stajiga ustamalar, baland tog‗lik, dasht va suvsiz tumanlardagi 
ishlar uchun belgilangan koeffitsientlar bo‗yicha to‗lovlarga) eng kam stavka 
bo‗yicha soliq solinadi. Bundan tashqari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar 
tomonidan vaqtinchalik qishloq xo‗jaligi ishlariga yuborilgan jismoniy 
shaxslarning shu ishlarni bajarishdan olingan daromadlariga ham eng kam 
stavka miqdorida soliq solinadi.
Jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarishda 
dividendlar va foizlar bo‗yicha daromadlar, qo‗shimcha to‗lovlar jami daromad 
tarkibidan hisobdan chiqariladi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling