45
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari ham yuqorida ko‘rsatilgandek ta’lim
muassasasi maqomiga ega. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tegishli tarmoq DTS lar asosida o‘rta
maxsus kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalarida amalga oshiriladi. O‘zbekiston
Respublikasida
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalarining quyidagi turlari faoliyat ko‘rsatadi.
1. Akademiy liseylar.
2. Kasb-hunar kolleji.
Bu ta’lim muassasalarida yoshlarga majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim negizida muddati uch yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil turdir. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishi –
akademik lisey yoki kasb-hunar kolleji o‘quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: