Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Pedagogik loyihalashtirish vazifalari


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

Pedagogik loyihalashtirish vazifalari 
5-chizma 
Pedagogik vaziyat real shart-sharoitni hisobga olgan holda pedagogik jarayonni 
aniqlashtirish maqsadida loyihalashtiriladi. 
Pedagogik texnologiyalar loyihalashtirish obyekti bo‘lib, pedagog tomonidan turli metod, 
shakl va vositalardan foydalanilgan holda xatti-harakatlar ketma-ketligini belgilaydi. 
Ta’limiy makonni loyihalashtirish yangi turdagi o‘quv binolari qurish, ularni jihozlash va 
shu kabilar uchun amalga oshiriladi. 
Pedagogik loyihalashtirish texnologiyasi pedagogik tizimlar, jarayonlar, texnologiyalarni 
loyihalashtirish murakkab va ko‘p bosqichli faoliyatdir. V.S. Bezrukova fikricha u: 1) 
modellashtirish, loyihalashtirish va konstruksiyalashtirish bosqichlaridan iborat. 
Pedagogik modellashtirish obyektning ideal obrazini shartli ravishda ishlab chiqish bo‘lib, 
uning muhim jihatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Modellar yozma, matn, grafik va faraziy 
Pedagogik loyihalashtirish vazifalari
Pedagogik 
jarayon sa- 
maradorli- 
gini oshi- 
rish
Ta’lim- 
tarbiya jara- 
yonini texno- 
logiyalash- 
tirish
Shaxsning 
rivojlani-shini 
oldindan 
bashorat 
etish 
Pedagogika 
nazariyasi 
va amaliyo- 
tini bog‘- 
lovchi zveno


58 
bo‘lishi mumkin. Ularda pedagogik maqsadlar, vazifalar, samarali shart-sharoit, obyektning 
tarkibiy qismlari va ularning faoliyat ko‘rsatish usullari o‘z aksini topadi. 
Loyihalashtirishning ikkinchi bosqichi loyiha tuzish bo‘lib, bunda model pedagogik 
faoliyatda foydalanish mumkin bo‘lgan darajaga yetkaziladi. Pedagogik loyihalashtirishning 
uchinchi bosqichi konstruksiyalash bo‘lib, unda loyiha batafsil qismlarga bo‘linadi, real shart-
sharoitga yaqinlashtiriladi, ya’ni bunda asosan metodik ishlar bajariladi. 
Pedagogik loyihalashtirishning asosiy prinsiplari: shaxsiy ustuvorlik prinsipi bo‘lib, 
o‘quvchi shaxsiga yo‘nalganlik, ularning qiziqishi, qobiliyati va imkoniyatlari hisobga olinganligi 
bilan etiborga molikdir. Loyihada umumpedagogik, ya’ni tabiiylik, insonparvarlik kabi prinsiplar 
amalga oshirilishi zarur. 
O‘z-o‘zini rivojlantirish prinsipi- dinamik rivojlanuvchan sharoitga moslashuvchan 
pedagogik obyektlar tizimini ko‘zda tutadi. 
Reallik prinsipi - amalda shunday obyektdan foydalanish mumkinligini anglatadi.
Pedagogik loyihalashtirishda quyidagi tartibdagi xatti-harakatlar bajariladi: I. Tayyorgarlik 
ishlari: loyihalanadigan obyektni tahlil etish, loyihalash shaklini tanlash, loyihalashtirishni nazariy 
va uslubiy ta’minlash, loyihalashtirishni makon, vaqt nuqtai nazaridan ta’minlash, 
loyihalashtirishni moddiy-texnik va huquqiy-meyoriy ta’minlash; II. Loyiha ishlab chiqish: tizim 
hosil qiluvchi omillar tanlashning tarkibiy qismlarining o‘zaro uyg‘unlashtirish, loyihalash 
hujjatlarini tuzish; III. Loyiha sifatini tekshirish: loyihani fikran tajriba – sinovdan o‘tkazish. 
Loyihani ekspert baholash, o‘zgartirishlar kiritish, loyihadan foydalanish mumkinligi haqida qaror 
qabul qilish kabilar. Yuqorida zikr etilgan har bir xatti-harakatlar o‘z navbatida aniq maqsad va 
nisbatan kichik mantiqiy ketma-ket xatti-harakatlardan iborat bo‘lishi tabiiy hol. 
Loyihalash obyektini tahlil qilish. Eng avvalo uning tuzilmasini ko‘rish, tarkibiy 
qismlarining har birini alohida qarab, holatini va o‘zaro aloqalarini aniqlash kabi juda muhim 
bo‘lgan amallar nazarda tutiladi. 
O‘qituvchiga qo‘yilgan talablar:
K
asb ta’limi o‘qituvchisining vazifasini kasbiy pedagogik 
va ijtimoiy o‘ziga xosligi har doim o‘z shogirdlari, ota-onalar, keng jamoatchilik nigohida bo‘lishi, 
ular shaxsiga, axloqiy qiyofasiga yuqori talablar qo‘yadi. O‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar qat’iy 
kasbiy sifatlar tizimi bo‘lib, kasbiy pedagogik faoliyatning muvaffaqiyatini belgilaydi. 
Eng avvalo, shuni unutmaslik zarurki, amaliy pedagogik faoliyatning faqatgina yarmi 
oqilona texnologiyaga asoslanib quriladi. Qolgan yarmisi esa, san’atdir. Shuning uchun ham 
pedagog kasbiga qo‘yilgan birinchi talab pedagogik qobiliyatlarning mavjudligidir. Bunday 
yondashuvga asoslanib biz pedagogda maxsus pedagogik mahorat mavjudmi, degan savolni 
qo‘yishga majbur bo‘lamiz. Pedagogik qobiliyatlar bolalar bilan ishlashga moyillik, bolajonlik, 
ular bilan muloqot va munosabatda bo‘lib, qoniqish hosil qilish kabilarning mujassamligini 
ko‘rsatuvchi shaxsiy fazilatlardir. 
Ko‘pchilik hollarda pedagogik qobiliyatni chiroyli gapirish, ashula ayta olish, rasm chizish, 
bolalarni tashkillashtirish kabi tor doiradagi xatti-harakatlarni bajarishga almashtiriladi. Olimlar 
tomonidan pedagoglarni quyidagi bosh qobiliyatlari ajratilgan: 
1.Tashkilotchilik – o‘quvchilarni o‘zaro jipslashtirish, ularning shaxsiy burchlarini bilish, 
ishlarini rivojlantira olish, bajarilgan ishga yakun yasash kabi o‘qituvchilik malakalarida ko‘zga 
tashlanadi. 
2. Didaktik – o‘quv materiali, ko‘rsatmali qurollar, jihozlarni tanlay olish va tayyorlash, 
aniq, lo‘nda, tushunarli va ketma-ket bayon eta olish, o‘qib-o‘rganish va ma’naviy qoniqish hosil 
qilishga qiziqtira olish, o‘quv-bilish faolligini oshirish kabilar. 
3. Perseptiv – o‘quvchilar qalbiga yo‘l topa olish, ularning emosional holatlarini obyektiv 
baholay olish, psixikaning o‘ziga xos jahatlarini aniqlay olish kabilarda namoyon bo‘ladi. 
4. Kommunikativ – o‘qituvchining o‘quvchilar, ularning ota-onalari, o‘zining kasbdoshlari, 
ta’lim muassasalari rahbarlari bilan maqsadga muvofiq pedagogik munosabatlar o‘rnata olishida 
o‘z aksini topadi. 
5. Suggestiv – o‘quvchilarga emosional irodaviy ta’sir ko‘rsata olish. 
6. Tadqiqotchilik – pedagogik vaziyat va jarayonlarni bilish va obyektiv baholay olish 
qobiliyati. 


59 
7. Ilmiy bilish – tanlagan sohadagi ilmiy bilimlarni o‘zlashtira olish qobiliyati. 
Yuqorida zikr etilgan va shu kabi boshqa qobiliyatlar pedagogning amaliy faoliyatida 
birday muhimlik darajasiga egami? So‘nggi yillarda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar pedagogik 
qobiliyatlarning “asosiy” va “ikkinchi darajali yordamchi” turlarga ajratishga imkon beradi. Ko‘p 
sonli so‘rovlar natijasida muhim pedagogik qobiliyatlar sirasiga pedagogik kuzatuvchanlik, 
didaktik, tashkilotchilik, ekspressiv qobiliyat kabilarning kirishi haqida fikrlar bildirilgan.
Pedagogik ta’lim muassasalariga qabul qilishda shu paytgacha pedagogik iste’dod 
(qobiliyat, o‘quv) hisobga olinmay, umumiy tanlovga asoslanildi. Shuning uchun ham ta’lim 
muassasalariga tasodifiy shaxslar kelib qolmoqda.
Albatta, ideal holatda pedagogik faoliyat bilan ma’lum iste’dodga ega bo‘lgan kishilar 
shug‘ullanishi zarur. Lekin pedagog kasbi ommaviy kasbga aylangan. Faqatgina O‘MKHT tizimi 
uchun zarur bo‘lgan 160000 nafar iste’dodli pedagoglar qayerdan olinadi? Ko‘p sonli 
mutaxassislar fikricha, yorqin pedagogik qobiliyat mavjud bo‘lmagan holda, mehnatsevarlik, o‘z 
burchiga sodiqlik, o‘zi ustida muntazam ishlash kabi kasbiy fazilatlar ularning o‘rnini to‘ldirishi 
(qoplashi) mumkin.
Pedagoglik kasbini muvaffaqiyatli egallash uchun pedagogik qobiliyatning mavjudligi juda 
muhim, lekin bu hamma narsaning yechimi topilganligini anglatmaydi. Qanchadan-qancha fan 
nomzodi, professorlar amalda pedagogik mahorat cho‘qqisini egallay olmaganlar.
Ana shu bois ham, biz pedagogning muhim kasbiy fazilatlari sifatida mehnatsevarlik, 
ishchanlik, tartib intizomlilik, javobgarlik, o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘ya olishlik, unga 
erishishda oqilona yo‘llarni tanlay olish, tirishqoqlik, kasbiy mahorat darajasini muntazam oshira 
borishlik, mehnati sifatini oshirishga intiluvchanlik kabi kasbiy fazilatlarni e’tirof etamiz. Zikr 
etilgan talablar orqali pedagog o‘zi bajaradigan burchini ishchi sifatida amalga oshiradi. Ko‘z 
o‘ngimizda bozor munosabatlarining yo‘ldoshi hisoblangan o‘zgarishlar shu jumladan 
raqobatbardoshlik rivojlanmoqda. Bunday sharoitda pedagogning insoniy (odamiylik) fazilatlari 
kasbiy muhim ahamiyat kasb etib, ta’lim-tarbiya jarayonida ijobiy munosabatlarning vujudga 
kelishiga asos bo‘ladi. Ular: odamiylik, mehribonlik, sabr-toqatlilik, tartib-intizomlilik, halollik, 
to‘g‘rilik, poklik, javobgarlik, vijdoniylik, saxiylik, mehr-muruvvvatlilik, yuksak axloqiylik, 
kelajakka ishonch, emosional bosiqlilik, muloqotchilik, o‘quvchilarga nisbatan qiziquvchanlik, oq 
ko‘ngillik, o‘z-o‘zini tanqid qilishlik, do‘stlik, o‘zini tuta bilishlik, prinsipiallik, emosional 
madaniyatlilik va ko‘plab shu kabilardir. 
O‘qituvchi uchun shart bo‘lgan fazilat insonparvarlikdir. O‘qituvchi har doim faol, ijodkor 
shaxs bo‘lishi zarur. A.S. Makarenko o‘zini tuta bilmaydigan o‘qituvchini tormozsiz mashinaga 
o‘xshatgan edi. Chunki bunday mashina albatta halokatga olib keladi. 
Pedagogik takt o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘lganda amal qilinadigan his-tuyg‘udir. 
O‘quvchi shaxsiga nisbatan hurmat uning o‘zagini tashkil etadi. 
O‘qituvchining shaxsiy va kasbiy fazilatlarini bir-biridan ajratish mumkin emas. Chunki 
ular yaxlitlikni tashkil etadi. Bunday fazilatlar kasbiy tayyorgarlik jarayonida, ya’ni o‘qitadigan 
predmetini, o‘qitish metodikasini bilish, keng ko‘lamda madaniy dunyoqarash, pedagogik mahorat, 
pedagogik mehnat texnologiyalarni bilishi, notiqlik san’ati va boshqalar vositasida shakllanadi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling