54
Ma’lumki, har qanday ta’lim-tarbiya ishida, shuningdek kasb-hunar ta’limida o‘qituvchi
va o‘quvchilar ushbu jarayonning bevosita ishtirokchilari hisoblanadilar. Bu ishtirokchilarning
o‘zaro
hamkorligi natijasida, ya’ni ularning o‘zaro ta’sir, muloqot va munosabatlari tufayli
ta’lim-tarbiya jarayoni amalga oshadi.
Ma’lumki, kasb-hunar kollejlariga o‘quvchilar umumiy o‘rta ta’lim
maktablarining
to‘qqizinchi sinflarini bitirganlar safidan qabul qilinadi. Odatda ularning yoshi 15-18 larda bo‘lib,
o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladilar. Vatandoshimiz yetuk psixolog olim E.G‘oziyev va
uning maslakdoshlari fikricha bu yoshdagi o‘spirinlar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladilar:
“- jismoniy barkamollikning ifodalanishi;
- ruhiy jihatdan muayyan ko‘rsatkichga erishilganligi;
- xulq, faoliyat va muomala jarayonlarida
individuallikning shakllanishi;
- e’tiqod, dunyoqarash va pozisiyada barqarorlikning mavjudligi;
- bilim, ko‘nikma va malakalarni
egallashda individuallik;
- faoliyatga oid individual uslubning paydo bo‘lishi;
- kasbiy motivasiyaning ustuvorligi;
- ma’naviy ehtiyoj, barqaror qiziqishning qat’iyan yetakchiligi;
- mutaxassislikka munosabatning shaxsiy pozisiyaga bo‘ysundir-ilganligi;
- kollej va oliy maktab muhiti o‘ziga xosligining
ular shaxsiyatida ifodalanishi;
- amaliyot va muhitga moslashishning sifat jihatidan tafovutlanishi.”
Yosh fiziologiyasi va psixologiyasi fani xulosalari kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilar o‘z
xulqi va o‘quv-bilish faoliyatini boshqara olmasligini ko‘rsatadi. Bundan kasbiy ta’lim
jarayonida o‘qituvchining o‘rni muhim ekanligi kelib chiqadi.
Pedagogik jarayonning mohiyati unda ishtirok etuvchi o‘qituvchi va o‘quvchilarning
o‘zaro hamkorlik faoliyati mazmunida o‘z ifodasini topadi. Bunda o‘qituvchining faoliyati
o‘quvchilarni yo‘naltirish, safarbar etishdan iborat bo‘lib, ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi
vazifalar
bilan belgilanadi, o‘qituvchi o‘quv materialini o‘quvchining ongiga yetkazish uchun
eng avvalo (so‘z) nutqdan,
shuningdek, shart- sharoit, vaziyat, shakl, metod,
vositalardan
foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: