Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan
Kimlar o‘qituvchilik kasbini tanlashi mumkin?
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogning kasbiy imkoniyatlari (potensiali) tuzilmasi 12 - jadval
Kimlar o‘qituvchilik kasbini tanlashi mumkin?
Bolalarga nisbatan mehr-muhabbat o‘qituvchilik ishining asosidir. Pedagogning fazilatlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq yaxlit, majmuaviy tizimdir. O‘qituvchilik mahoratining tizimlilik harakteri pedagogning kasbiy potensiali (imkoniyatlari) tushunchasida o‘z ifodasini topib, turli yo‘nalishlarda va darajalardagi faoliyat hamda tayyorgarlikni o‘zida mujassamlashtiradi. Qandaydir kasbga nisbatan qo‘yiladigan fazilatlar ro‘yxati professiogramma deb atalishi qabul qilingan kasbiy imkoniyat (potensial-lotincha potencia umumlashgan qobiliyat, imkoniyat, kuch ma’nosini anglatadi) pedagogning bosh tasavvuridir. Bu qobiliyat tabiiy va o‘zlashtirgan fazilatlari tizimiga birlashtirilib, pedagogga berilgan shart-sharoitda o‘z burchini bajara olish qobiliyatini belgilaydi. 60 Kasbiy imkoniyat tizim sifatida kasbiy tayyorgarlik jarayonida quyidagi tenglik vositasida aniqlanishi mumkin. Pedagogning kasbiy potensiali (PKP) formulasiga binoan shaxsning o‘zgarmaydigan tug‘ma qobiliyatlari (tq) dan, qisman o‘zgaradigan shaxsning maxsus qobiliyati (qo‘mq) dan, maxsus tayyorgarlik jarayonida tarkib topadigan qobiliyatlar (mtjttq) dan va pedagogning amaliy faoliyatida o‘zlashtiriladigan (afo‘q) qobiliyatlar yig‘indisi ekanligini ko‘p sonli tadqiqotlar tasdiqlagan. Kasbiy potensial tushunchasining umumiy tuzilmasi yetarli darajada murakkab va ko‘p qirrali uni I.P. Podlasiy quyidagicha tasavvur etish mumkinligini ko‘rsatadi. Pedagogning kasbiy imkoniyatlari (potensiali) tuzilmasi 12 - jadval Bir so‘z bilan aytganda, professionalizm kasbiy nuqtai nazardan fikrlash va ta’sir ko‘rsatish demakdir. Ideal pedagogning mutaxassis, ishchi, inson tekisliklarida quyidagicha tasavvur etish mumkin (13 jadvalga qarang). Demak, o‘qituvchilik mahorati integrativ fazilat (sifat) bo‘lib, yuqori darajadagi madaniyat, bilim, malaka, amaliy qobiliyatlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Y.P. Azlarovning fikricha, pedagogik mahorat cho‘qqisiga yetishish juda mushkul va uzoq vaqt talab etadigan jarayondir. Haqiqiy usta o‘qituvchi bo‘lish uchun inson tug‘ma qobiliyatga ega bo‘lishi zarur, degan fikrlar ham mavjud. F. Gallning fikricha, inson bosh suyagi bilan insonning aqliy va axloqiy fazilatlari orasida bog‘liqlik mavjud. “Frenologiya” - bosh suyakning tashqi shakli bilan inson aqliy va axloqiy fazilatlarining bog‘liqligini o‘rganuvchi fandir. U avstriyalik vrach F. Gall tomonidan ilgari surilgan. Bunday qiziqarli faraz vositasida kimning bosh suyagi ensa gardan qismiga bo‘rtiq (do‘nglik) mavjud bo‘lsa, u o‘qituvchilik kasbini tanlashi mumkinligiga ishora qilinadi. N.V. Kuzmina o‘qituvchi mehnatining turli jihatlarini psixologik nuqtai nazardan tadqiq etib, faqatgina 12 foizgina o‘qituvchilar tom ma’noda kasbiy pedagogik mahorat sohibi ekanligi, aksariyat o‘qituvchilar esa ta’lim-tarbiya usullarini yaxshi egallaganliklari va buning natijasida yuqori samaradorlikka erishganlarini ko‘rsatadi. YE.A. Klimovning fikricha pedagog kasbi sohiblarining mehnat predmeti inson-texnika, ishlab chiqarish texnologiyasi, ya’ni uning asosiy mazmuni insonlarning o‘zaro bog‘liq munosabatidan iborat bo‘ladi. Pedagogik kasb sohibi quyidagi xislatlarga ega bo‘lishi kerak: (14- jadvalga qarang) Kasbiy tayyorgarlik Pedagogik ijodkorlik Pedagogning kasbiy mahorati Pedagogik madaniyat Kasbga yo‘naltirish Pedagogik Intellekt Innovasion faoliyat Pedagogik tafakkur yuritish (fikrlash stili) Kasbiy kamol topish Kasbiy layoqat (kompetentlik) Gumanistik (insonparvar lik) yo‘nalishi Pedagogik texnika Kasbiy yo‘nal ganlik Faoliyati jarayonida yangiliklarga intiluvchanlik Kasbiy rivoj- lanish Muloqot mahorati Pedagogik mehnatga tayyorgarlik Mehnatga ijodiy Munosabat Kasbiy nuqtai nazar Ijtimoiy faollik Kasbiy moyil lik Ijodiy tashabbuskor Lik Kasbiy faollik Metodik mahorat 61 insonparvarlik, gumanizm, faoliyatining jamoaviy va ijodiy xarakterga egaligi kabilar. Shuningdek, pedagogning mehnati aqliyligi, yuksak his-tuyg‘u (emosional)ga egaligi va fuqarolik burchini his etishi bilan ham farqlanadi. Pedagogning insonparvarlik xislatlari o‘zining shogirdlari, atrofidagilarga yordam ko‘rsatishga doim tayyorligida, ularga nisbatan diqqat-e’tibor berishida, hurmatida namoyon bo‘ladi. Pedagog (murabbiy)lar o‘z shogirdlari bilan o‘zaro munosabatni ularning qiziqishlari, qobiliyatlari, xususan individual yosh xususiyatlariga bevosita bog‘liq bo‘lgan tafakkurlash xususiyatlariga ko‘ra tashkil etadi (quradi). Pedagogik faoliyatning yana bir muhim jihati ijodkorlik hisoblanadi. Pedagoglarga nisbatan ijodkorlik muntazam o‘zgaruvchan sharoitda kasbiy masalalarning yechimini topishni talab etadi. Pedagogning faoliyati jamoaviy xarakterga ega bo‘lib, pedagogik faoliyat natijalariga boshqa o‘qituvchilarning ishlari, oila, shuningdek, boshqa omillar ta’sir ko‘rsatadi. Albatta, pedagogning mehnatidagi muvaffaqiyat to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita jamoadagi psixologik iqlimga, o‘qituvchilarning hamkorlik darajasiga, ularning ruhiy va jismoniy his-tuyg‘ulariga bog‘liq. Moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishning barcha sohalari kabi ta’lim sohasida ham kasb ichida tabaqalanish, ya’ni ixtisoslikka ajralish jarayoni kechmoqda. Shu bois ham kasb-hunar pedagogikasi mutaxassislar tayyorlashning mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqqan. Amaldagi oliy ta’limning tayyorlov yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va ixtisosliklar tasniflagichiga binoan umumlashgan holda “ta’lim” nomi bilan yuritilgan guruhga kiritilgan. Kasb ta’limi o‘qituvchilari tayyorlash yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustidagi № 343- sonli qarori bilan tasdiqlangan bo‘lib, murakkab kasblar turkumiga mansub. Chunki u bir vaqtning o‘zida ikki: “inson-inson”, “inson-texnika” tizimida faoliyat ko‘rsatishni talab etadi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling