Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

- birinchidan, kasbiy-ishlab chiqarish faoliyatga moslashuv o‘quvchilarning ijodiy 
faoliyatini ifodolaydi va o‘quvchining malakasi ishlab chiqarish faoliyatining sifat ko‘rsatkichi 
hisoblanadi;
- ikkinchidan, kasbiy-ishlab chiqarish faoliyatga moslashuv o‘quvchi tafakkurining 
shakllanish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi; 
- uchinchidan, kasbiy-ishlab chiqarish faoliyatga moslashuv o‘zida nafaqat yakunni, balki
kasbiy faoliyat jarayonida o‘quvchining qayta o‘zgarishi jarayonini ifodalaydi. 
2.Kichik mutaxassislarning o‘qishni tugatgandan so‘ng korxonalarda ishlab chiqarish 
jarayonlariga kirishib ketishning psixologik jihatlari. 
V.A.Suxomlinskiy ko‘p yillik amaliy tajpibani, kasbiy-ishlab chiqarish faoliyatga 
moslashuvga oid qiziqapli fikplapni umumlashtipib va tahlil qilib bunday deb yozadi: "Agap 
o‘quvchi o‘z ishini chuqup o‘ylab tahlil qilsa, unda o‘z tajpibasini nazapiy anglashga qiziqish, 
o‘quvchilapning bilimi bilan o‘zining kasbiy-ishlab chiqarish faoliyatga moslashuvi o‘ptasidagi 
sabab-oqibat aloqalapini izohlashga qiziqish paydo bo‘lmasligi mumkin emas". Bo‘lg‘usi 
mutaxassis - o‘quvchining kasbiy tayyopgapligiga, uning yosh fiziologiyasi va psixologiyasi 
asoslapiga oid bilimlapni egallab olishiga katta ahamiyat bepib "qat’iy psixologik negizsiz kasbiy-
ishlab chiqarish faoliyatga moslashuv yo‘q", deb hisoblaydi. 
Psixolog olimlarning fikricha xar qanday shaxsning shakllanishi asosan uch sohada amalga 
oshiriladi: 
1) faaliyat sohasi, ya’ni umri mobaynida shaxs turli faoliyatlarga bevosita yoki bilvosita 
jalb etilgan bo‘lib, bu jarayonda faoliyatlar jabxasi, soxasi kengayib, boyib boraveradi. Har bir 
faoliyat turi individdan maxsus fazilatlarni, malaka va ko‘nikmalarni, bilimlarni talab etadiki, 
ularni qoniqtirish yo‘lidagi aktivligi unda o‘ziga xos ijtimoii-psixologik xususiyatlar kompleksini 
shakllantiradi; 
2) muloqot sohasi, ayniqsa maktabgacha yosh davrdagi va o‘smirlik davrlaridagi muloqot 
sistemalari bolada bir qancha ijtimoiy-psixologik xislatlarni paydo qiladiki, buning natijasida u 
faol hayotiy mavqega ega bo‘ladi, jamiyatda o‘z o‘rnini tasavvur qilishga erishadi. 
3) o‘z-o‘zini anglash sohasi, ya’ni ''Men" obrazining yil sayin o‘zgarib borishi jarayoni 
bo‘lib, avval o‘zini boshqalardan farqliligini, o‘zicha mustaqil harakat qilish, mustaqil fikr yurita 
olish qobiliyatini anglash, so‘ngra esa o‘z-o‘zini baholash, anglash, nazorat qilish- xususiyatlari 
rivojlanadiki, ular ham faol shaxs psixologiyasining tarkibiy qismidir. 
Shaxs ijtimoiylashuvining ushbu bosqichlari mavjud.
Birinchi bosqich—mehnat faoliyatigacha bo‘lgan bosqich bo‘lib, unga bolaning 
maktabgacha yosh davri hamda o‘qish yillari kiradi. Bu davrdagi ijtimoiylashuvning ahamiyati va 
o‘ziga xosligi shundaki, bu davrda asosan tashqi ijtimoiy muhit, ijtimoiy ta’sirlar faol ravishda 
ongga singdiriladi, mustaqil hayotga tayyorgarlik borasida muhim bosqich o‘tiladi.
Ikkinchi bosqich — mehnat faoliyati davri — bu davr odamning yetuklik yillari bilan 
bog‘liq bo‘lib, avvalgi davrlarda singdirgan ijtimoiy ta’sirlarni bevosita faol faoliyatda, shaxslararo 
munosabatlar sistemasida namoyon etadi. Kasbga ega bo‘lib, aniq hayot yo‘lini tanlagan, turmush 


72 
qurib, kelgusi avlodni tarbiyalayotgan shaxsda namoyon bo‘ladigan barcha ijtimoiy fazilatlar shu 
davrning mahsulidir.
Uchinchi bosqich — mehnat faoliyatidan keyingi davr bo‘lib, bunga asosan aktiv mehnat 
faoliyatidan so‘ng qarilik gashtini surayotganlar kiradi. Bu davrda ham shaxs ijtimoiylashuvi 
davom etaveradi, chunki endi ilgarigi davrlarda orttirilgan tajriba boshqalarga uzatiladi, shunga 
ko‘ra shaxs strukturasida ham xususiy o‘zgarishlar ro‘y beradi. 
Kichik mutaxassislarning o‘qishni tugatgandan so‘ng korxonalarda ishlab chiqarish 
jarayonlariga kirishib ketishning psixologik jihatlari shaxs ijtimoiylashuvining ikkinchi 
bosqichida aniq namayon bo‘ladi. 
Kichik mutaxassislarning o‘qishni tugatgandan so‘ng korxonalarda ishlab chiqarish 
jarayonlariga qay darajada kirishib ketishi ularning yuqorida ko‘rib o‘tilgan ijtimoiy sifatlaridan 
tashqari shaxsning psixologik sifatlari shaxs bo‘lgan toifalari va ularning ijtimoiy psixologik 
xarakteristikasiga ham bog‘liq. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling